Murodulla mirzaev


Download 1.97 Mb.
bet79/95
Sana05.01.2022
Hajmi1.97 Mb.
#220417
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   95
Bog'liq
O'quv qo'llanma-3

Tashqi siyosat

XX asrning 30-yillari Turkiya tashqi siyosatida beqarorlik davri bo'lganligi bilan xarakterli. Bu davr tashqi siyosati ko'p ham milliy manfaatlarga javob beravermagan. Ko'p hollarda u Otaturkning shuxsiy obro'si va qarashi nuqtai nazaridan belgilangan, ba'zan halokatli oqibatlarga olib kelish xavfi ham tug'ilgan.

Milliy inqilob yillari Turkiya va sovet davlati o'rtasidagi iliq va do'stona munosabatlar 1925-yil 17-dekabrda ikki davlat o'rtasida do'stlik va betaraflik haqidagi shartnomaning imzolanishiga olib kelgan edi.

1935-1936 – yillarga kelib, Mustafo Kamol Otaturkning sog'ligi yomonlashgan bir paytda, Turkiya tashqi siyosatida keskin o'zgarish ro'y bergan. Avval, Ikkinchi jahon urushi yaqinlashayotgan vaziyatda Turkiya harbiy dengiz bazalari va portlaridan manfaatdor bo'lgan Angliya bilan yaqinlashish siyosati qo'llanligan. Angliya va Turkiya yaqinlasha boshlagan. Bir vaqtning o'zida Angliya diplomatiyasi zo'r berib Turkiyani Italiya xavfidan xalos etuvchi yagona dengiz davlati sifatida targ'ib qildi va bunga Turkiyani ishontirishga harakat qildi. Bu holat Turkiya va SSSR o'rtasidagi “do'stlik shartnomasini qurbon qilgan”. 1937-yilda Turkiya Angliyadan 3 mln. funt sterling miqdorida zayom (qarz) olgan. 1938-yilda 16 mln. funt sterling miqdorida ikkinchi bor zayom olgan. Usmonli sulton Abdulhamid II davrida bo'lganidek, yana mamlakat hayotiga ingliz iqtisodchilari, muhandislari, ekspertlari kabi missiyalar aralasha boshlagan.




Download 1.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling