Murodulla mirzaev


Download 1.97 Mb.
bet78/95
Sana05.01.2022
Hajmi1.97 Mb.
#220417
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   95
Bog'liq
O'quv qo'llanma-3

Turkiya ta'lim tizimi

1924-yil 3-martda qabul qilingan ta'limni yagona tizimga keltirishga qaratilgan “Ta'lim haqida”gi 430-qonunga ko'ra, barcha maktablar Ta'lim vazirligi ixtiyoriga berilgan. Vazirlikka zamonaviy ta'limni tashkil etish va boshlang'ich hamda o'rta maktablarni ochish, boshqa ta'lim institutlari hamda kurslarni joriy etish orqali bu sohadagi davlat siyosatini hayotga tatbiq etish vazifalari yuklatilish bilan bir qatorda, ta'limni din ta'siridan xalos etish vazifasi ham yuklatilgan edi.

1926-yil 22-martda “Ta'limni tashkil etish haqida”gi 789-qonunga ko'ra Vazirlikka faoliyat ko'rsatayotgan yoki yangi ochiladigan davlat va nodavlat ta'lim muassasalari maqomini aniqlash va tenglashtirish vazifasi yuklatilgan.

1923-1924 – yillarda Turkiyada 7 ming atrofida o'rta maktab bo'lib, jami o'quvchilar soni 18 mingni tashkil etgani holda, ularning yuqori sinflarida 3 ming o'quvchi o'qigan. Bundan tashqari, 2 ming o'quvchi o'rta maxsus ta'lim muassasalarida o'qigan. Bu yillarda Turkiya aholisi soni 13-14 mln. atrofida bo'lgan.

1928-yil 1-noyabrda lotin yozuvini joriy etish haqidagi 1353-qonun qabul qilingan. 1931-yilda Turkiya tarixi, 1932-yilda turk tili assotsiatsiyalari tashkil etilgan. Milliy tilni chet tillari ta'siridan himoya qilish, uni ilm tiliga aylantirish va uni suiiste'mol qilishga yo'l qo'ymaslik Turk tili assotsiatsiyasining asosiy vazifasi hisoblangan.

Respublika tashkil etilgandan keyin bu Vazirlikning tuzilishi ta'lim sohasini rivojlantirishda katta ahamiyatga ega bo'lgan. Vazirlik rivojlana borib, 1933-yilda qabul qilingan 2287-qonunga ko'ra qayta tashkil etilgan. U bir necha bor nomini o'zgartirgan.




Download 1.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling