Murodulla mirzaev


Sevr tinchlik shartnomasi


Download 1.97 Mb.
bet74/95
Sana05.01.2022
Hajmi1.97 Mb.
#220417
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   95
Bog'liq
O'quv qo'llanma-3

Sevr tinchlik shartnomasi

Birinchi jahon urushi tugagandan keyin dunyoda tartib o'rnatgan tizim sifatida tarixga kirgan Versalь-Vashington tizimi doirasidagi shartnomalardan biri – Sevr tinchlik shartnomasidir. U 1920-yil 10-avgustda Frantsiyaning Sevr shahrida Antanta va unga qo'shilgan davlatlar: Italiya, Yaponiya, Belьgiya, Gretsiya, Polьsha, Portugaliya, Ruminiya, Serblar, xorvatlar va sloveniyaliklar Qirolligi, Xijoz qirolligi (1916-yilda Usmoniylardan mustaqil davlat sifatida ajralib chiqqan Xoshimiylar sulolasi qirolligi) va Chexoslovakiya bir tomondan, Usmoniylar imperiyasi ikkinchi tomondan o'rtasida imzolangan. Shartnoma imzolanayotgan vaqtda Usmoniylar hududining katta qismi Antanta davlatlari tomonidan bosib olingan bo'lgan.



Mazkur xaritada Sevr shartnomasi bilan Usmoniylarni parchalashga oid belgilab berilgan hududlar aks etgan. Och-sariq rang – Usmoniylarga, to'q-sariq rang – Kurdistonga, havo rang – Armanistonga va ko'k rang – Gretsiyaga tegishli hudud sifatida ko'rsatilgan. Qizil shtrixlangan hudud – Buyuk Britaniyaga, binafsha rang – Frantsiyaga, yashil rang – Italiyaga ajratilib, bo'g'ozlarning qurolsizlangan zonasi aks etgan. Mazkur shartnoma Usmoniylar tomonidan qabul qilinmagan va 1923-yil Lozanna konferentsiyasida qayta ko'rib chiqilgan.

Sevr tinchlik shartnomasiga 1916-yil 16-maydagi Sayks-Pikoda imzolangan ingliz-frantsuz kelishuvi va 1920-yilgi San-Remodagi yirik davlatlar konferentsiyasi qarorlari asos qilib olingan. Sayks-Pikoda Angliya, Frantsiya, Rossiya va keyinroq Italiya davlatlari o'rtasida maxfiy ravishda Birinchi jahon urushidan keyingi ta'sir doiralari haqidagi kelishuv imzolangan. San-Remoda 1920-yil 19-26 – aprelda Antanta va ularga qo'shilgan davlatlar ishtirokida konferentsiya bo'lib o'tgan. Konferentsiyada boshqa masalalar bilan bir qatorda, Usmoniylar imperiyasiga tegishli Yaqin Sharq hududlarining Millatlar Ligasi tomonidan boshqarilishiga doir mandatlar taqsimlangan.

Sevr tinchlik shartnomasiga binoan turk qo'shini soni 50 mingdan oshmasligi belgilab qo'yildi. Usmonlilarning moliyasi ustidan xalqaro nazorat o'rnatilgan. Shuningdek, saljuqiylar va usmoniylar tomonidan bosib olingan quyidagi hududlar turklar nazoratidan chiqarilgan:

- Usmoniylarning Yevropa hududlari (Sharqiy Frakiya, Adrianopolь va Gallipoliy yarim oroli) va Egey dengizi orollari (Dodekanes - istisno), Kichik Osiyodagi qator anklavlar (boshqa davlatlar ichidagi hududlar) Gretsiyaga berilgan;

- Kichik Osiyodagi Smirna (Izmir) va uning atrofida Gretsiya ma'muriyati o'rnatilgan. Besh yildan keyin bu hududning kimga tegishil bo'lishi masalasi referendum orqali hal qilinishi belgilangan;

- Shimoliy Epir Italiya protektorati o'rnatilgan holda Albaniyaga qo'shilgan;

- Konstantinopolь va Qora dengiz atrofi qurolsizlangan zona deb e'lon qilingan va xalqaro boshqaruv joriy etilgan;

- Suriya va Livan hududlari - Frantsiyaga berilgan;

- Falastin va Iordaniya, Mesopotamiya hududlari - Buyuk Britaniyaga berilgan;

- Dodekanes – Italiyaga berilgan;

- Usmoniylar Arabiston yarim oroli (Hijoz) va Shimoliy Afrikadagi davlatlaridan voz kechishi hamda Misr ustidan o'rnatilgan Angliya protektoratini va Angliyaning Kiprni 1878-yilda bosib olganligini tan olishi kerak bo'lgan;

- Tunis va Marokashning Frantsiya tomonidan bosib olinishini e'tirof etishi;

- mustaqil Hijoz davlatining tashkil etilishini, erkin va mustaqil davlat sifatida Armanistonni tan olishi;

- Turkiya va Armanistonning Van, Bitlis, Erzurum va Trapezund viloyatlaridagi chegaralar arbitraji bo'yicha AQSh prezidenti Vudro Vilьsonga bo'ysunishi va uning Armanistonning Qora dengizga Batum orqali dahldorligini qabul qilishi;

- Armaniston, Gruziya va Ozarbayjon o'zaro to'g'ridan-to'g'ri muzokaralar orqali chegaralarini kelishib olishlari, agarda bu yo'l bilan amalga oshmaydigan bo'lsa, ittifoqchi davlatlar bilan kelishgan holda hal etishi;

- mustaqil Kurdiston davlatini tuzish va uning chegaralarini Angliya, Frantsiya va Turkiya hamkorligida belgilash, shuningdek, Usmoniylarning arab va yevropa yerlarini ham taqsimlash qarori qabul qilingan edi. Mazkur tinchlik shartnomasi Usmoniylar tomonidan adolatsiz va kolonial hujjat sifatida qabul qilingan. Sulton Mexmet IY ning milliy manfaatlarni himoya qilish qobiliyati yo'qligining ifodasi bo'lgan bu shartnomani 1920-yil aprelda Anqarada ta'sis etilgan Turkiya Buyuk Millat Majlisi ratifikatsiya qilishdan bosh tortgan.


Download 1.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling