Murodulla mirzaev


Sevr shartnomasiga ko'ra Usmoniylardan


Download 1.97 Mb.
bet75/95
Sana05.01.2022
Hajmi1.97 Mb.
#220417
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   95
Bog'liq
O'quv qo'llanma-3

Sevr shartnomasiga ko'ra Usmoniylardan

olib qo'yilgan hududlar


Hududga ega bo'lgan davlatlar

Maydoni

Aholisi

Buyuk Britaniya

915 000 км²

3 900 000

Frantsiya

160 000 км²

3 000 000

Armaniston

95 000 км²

1 400 000

Gretsiya

29 000 км²

950 000

Smirna (Izmir)

20 000 км²

1 000 000

Jami

1 219 000 км²

10 250 000

1920-yil 22-noyabrda AQSh Prezidenti Vudro Vilьson Turkiyaning Armanistonga 103 599 km² maydonni berishi masalasini ittifoqchilar e'tiboriga havola qilgan. Bu hududlarga Van viloyatining 2/3 qismi, deyarli butun Erzurum, portni qo'shib hisoblaganda Trapezundning katta qismi kirgan edi. Bu holda Kavkazortidagi Armaniston Respublikasiga qo'shilgan holda Birlashgan Armaniston davlati tashkil etilib, 150 ming km² maydonni egallagan holda, Qora dengizga chiqish imkoniyatiga ega bo'lgan bo'lar edi. Biroq bu qaror ahamiyatini yo'qotgan edi. 1920-yil sentyabrda Turkiya Armanistonga qarshi keng miqyosli hujum boshlaydi. Mustafo Kamol Otaturk qo'shinlari Kars hamda Adrianopolni egallab, shu yil noyabrda Armanistonning o'ziga xavf sola boshlagan. Keyingi ikki yil davomida turklar Rossiya bolьsheviklari dastagida mavqelarini yanada mustahkamlab olgan. Dastlab, Kichik Osiyodan greklarni quvib chiqargan, Armanistonga yangi hujum uyushtirgan, kurdlarning qarshiligini sindirgan, frantsuzlarni Kilikiyadan siqib chiqargan. Bu paytda Italiya bilan “kamolchilar” ittifoq tuzib, mamlakatning janubi-g'arbiy chegaralaridan chiqib ketgan, ularning Konstantinopolda qolgan hukumati harakatsiz holda qolgan.

1922-yilda Mudanьya shahrida Turkiya bilan Antanta o'rtasida yangi kelishuv imzolangan. Unga Usmoniylar hukumati taklif ham qilinmagan. Shu yili 1-noyabrda Usmoniylar sultonligi bekor qilingan. Sulton Mexmet IY musulmonlar rahbari sifatida xalifa unvoni bilan qolgan. Biroq hech qancha o'tmay, 17-noyabrda inglizlarning “Malayya” kemasida mamlkatni tashlab chiqib ketgan. Ertasi kuni uning xalifa unvoni ham bekor qilingan.

Sevr shartnomasi shu tariqa 1923-yil 24-iyulda Buyuk Britaniya, Frantsiya, Italiya, Yaponiya, Gretsiya, Ruminiya hamda Serb, xorvat va sloveniya Qirolligi bir tomondan, Turkiya ikkinchi tomondan imzolagan Lozanna tinchlik shartnomasi bilan amal qilishdan to'xtagan. Bu shartnoma Sevr shartnomasini almashtirgan. Lozanna shartnomasiga ko'ra Turkiya chegaralari belgilab berilgan. Shu bilan birga, bu shartnoma bilan Usmoniylarning davlat sifatida barham topgani, Turkiyaning hozirgi hududi rasman qayd etilgan. U quyidagi xaritada aks etgan.



Lozanna tinchlik shartnomasini imzolash uchun Turkiya delegatsiyasini Ismet Inyonyu boshqargan. Shartnomaning Turkiya uchun tahqirlovchi ekanligi sababli, u boshliq delegatsiya imzolashdan bosh tortib, konferentsiyani tashlab chiqib ketgan.

Turkiyaning Lozanna tinchlik shartnomasi tufayli erishgan eng katta yutug'i shu bo'ldi-ki, Sevr shartnomasi belgilagan deyarli barcha shartlar jumladan, Turkiya ustidan o'rnatilgan xalqaro moliyaviy nazorat bekor qilingan. Urushda mag'lub bo'lgan davlat urush qonunlariga ko'ra g'alaba qozongan tarafga yetkazilgan zararlarni qoplash uchun reparatsiya to'laydi. Usmonlilar ham istisno emas. Ular urushda so'zsiz taslim bo'lgan davlat sifatida g'alabaga erishgan davlatlarga to'laydigan qarzi belgilangan edi. Ana shu qarzning o'zi uchun tegishli qismini Turkiya bo'yniga olgan. Usmoniylar qarzining qolgan qismi 1912-1923 – yillarda Usmoniylar bilan urushgan va g'alaba natijasida o'z ulushini olgan davlatlar zimmasiga yuklangan edi. Bu qarzlar 20 yilda to'lab bo'linishi kerak edi. E'tiborli joyi shundaki, to'lovlarning ma'lum qismini zimmasiga olgan Gretsiyaning shu paytdagi og'ir ahvolini hisobga olib, Turkiya reparatsiyadan voz kechgan.


Download 1.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling