Murodulla mirzaev


Turkiya Birinchi jahon urushi yillarida


Download 1.97 Mb.
bet71/95
Sana05.01.2022
Hajmi1.97 Mb.
#220417
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   95
Bog'liq
O'quv qo'llanma-3

Turkiya Birinchi jahon urushi yillarida

Birinchi jahon urushining bosh sababi ikki harbiy-siyosiy guruh o'rtasida bo'lingan dunyoni qayta bo'lib olish edi. Dunyoning yetakchi davlatlari yovuz maqsadlari yo'lida ma'naviy tubanlikka ketib, boylik orttirish uchun millionlab insonlarni qurbon qilishga bel bog'lagan. 1914-yil 28 iyulda serb millatchisi Printsip tomonidan Sarayevoda Avstriya-Vengriya taxti vorisi Frants Ferdinand o'ldirilgan. Avstriya-Vengriya hukumati shu munosabat bilan Serbiyaga juda haqoratli talablar qo'yilgan ultima'tum yuboradi. Serbiya hukumati ultima'tumning faqat bitta talabiga, ya'ni suiqasd yuzasidan o'tkaziladigan tergov ishlarini Avstriya-Vengriya davlat huquqiy idoralari olib borishiga rozilik bermagan. Bu, Avstriya-Vengriyaning 28-iyulda Serbiyaga urush e'lon qilishiga bahona bo'lgan. Serbiya ittifoqchisi Rossiya bunga javoban 29-iyulda qisman harbiy safarbarlik e'lon qilgan. Bundan Germaniya hukmron doiralari 1-avgustda Rossiyaga, 3-avgustda uning ittifoqchisi Frantsiyaga urush e'lon qilish uchun bahona sifatida foydalanadi. Germaniya Belьgiyaning betaraflik maqomini buzib, bu davlatga hujum qilgan. Betaraflik to'g'risidagi bu xalqaro hujjatni bir vaqtlar Prussiya ham imzolagan. Biroq 1914-yilda Germaniya hukumati bu hujjatni surbetlik bilan “bir parcha qog'oz” deb ataydi. Germaniyaning Belьgiyaga hujumiga javoban Angliya Belьgiyani himoya qilish bahonasi bilan 4-avgust kuni Germaniyaga urush e'lon qilgan. Urush shu tarzda boshlanib ketdi.

15-avgustda Yaponiya Germaniyadan Xitoydagi mustamlaka hududlarini Yaponiyaga berish talabi bilan chiqadi. Rad javobini olgach, 23-avgustda Yaponiya Germaniyaga qarshi urush e'lon qiladi. Germaniya 1914-yil oktyabrda Usmonlilar imperiyasini, keyinchalik Bolgariyani o'z tarafida turib urushda qatnashtirishga muvaffaq bo'ladi. Tez orada Kavkazorti, Suriya va Falastinda, Bolqon yarim orolida, shuningdek, Germaniyaning Afrikadagi mustamlakalarida yangi frontlar vujudga keldi. Faqatgina Serbiya va Belьgiyadan tashqari barcha davlatlar uchun bu urush bosqinchilik urushi edi.

Yashin tezligida g'alabaga erishishning barbod bo'lishi. Germaniya armiyasi generali fon Shliffen yashin tezligida g'alabaga erishish rejasini tuzib chiqqan edi. Rejaga ko'ra Germaniya armiyasi betaraf Belьgiya hududi orqali Frantsiyaga hujum qilishi, Germaniya-Frantsiya chegarasida to'plangan Frantsiya armiyasini qurshab olib, uni kuzgacha tor-mor etishi va shu orqali Frantsiyaning taslim bo'lishiga erishishi kerak edi. So'ngra qisqa vaqt ichida Rossiyani ham tor-mor keltirish mo'ljallangan edi. 3 avgustda shiddat bilan hujumga o'tgan Germaniya armiyasi yaqin bir oy ichida Parijga yaqinlashib qoldi Frantsiyaning taslim bo'lishi muqarrardek edi. Hatto, hukumat vaqtincha bo'lsada, Parijdan chiqib ketishga majbur bo'ldi. Biroq, Shliffen rejasi amalga oshmay qoldi. Bunga Frantsiya hukumatining iltimosiga ko'ra 17-avgust kuni Rossiyaning Germaniya va Avstriya-Vengriyaga qarshi boshlagan hujumi sabab bo'ldi. G'arbiy frontda Germaniya harbiy qudratining ma'lum darajada kuchsizlanishi Frantsiyani saqlab qoldi. Nafaqat saqlab qoldi, bu hol Frantsiyaga kuch to'plab qarshi hujumga o'tishiga imkon yaratdi. Germaniya rus armiyasini Sharqiy Prussiyadan siqib chiqarsada, rus armiyasi Avstriya-Vengriyaga qarshi hujumini davom ettirdi. Marna daryosi bo'yida Frantsiya va Angliyaning birlashgan armiyasi 1914-yil sentyabrda Germaniya qo'shinlariga qarshi hujumga o'tdi. Marna jangida har ikki tomondan 2 mln. ga yaqin jangchi qatnashdi. Bu jangda Angliya va Frantsiya armiyasining qo'li baland keldi. Og'ir ahvolga tushib qolgan nemis qo'mondonligi 9-sentyabrda butun G'arbiy front bo'ylab chekinishga buyruq berishga majbur bo'ldi. Marna jangida erishilgan g'alaba tufayli Germaniyaning yashin tezligida g'alaba qozonish rejasi barbod bo'ldi.




Download 1.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling