Murodulla mirzaev


Download 1.97 Mb.
bet80/95
Sana05.01.2022
Hajmi1.97 Mb.
#220417
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   95
Bog'liq
O'quv qo'llanma-3

Iqtisodiyot

Uzoq davom etgan urushlar natijasida 1923-yilda mamlakat iqtisodiyoti og'ir tushkunlikni boshidan kechirayotgan edi. Istanbul va Izmirdan tashqari boshqa hududlarda na sanoat, na infratuzilma, na ta'lim yo'q darajada bo'lgan. Hatto, eng oddiy mahsulotlarni ham sotib olib keltirilgan. Anado'ludagi yirik yer egalari ham sanoat burjuaziyasidan yiroq edi.

Respublika e'lon qilingan ilk kunlardan boshlab Otaturk hukumati mamlakat iqtisodiyotini oyoqqa turg'izish siyosatini olib borgan. Xususan, eng avval iqtisodiy mustaqillikka erishish vazifasi qo'yilgan.

1923-yil 17-fevraldan 4-martgacha Izmirda mamlalakat iqtisodiy muammolarini hal qilishga qaratilgan 1135 delegat ishtirokidagi Iqtisodiy kongress bo'lib o'tgan. Unda iqtisodiy taraqqiyot omillari bo'lgan bojxona, kredit, soliq, transport kabi masalalar muhokama qilingan. Kongressda “Iqtisodiyot tamoyillari pakti” qabul qilingan va tadbirda ishtirok etayotgan 1135 delegat birlikka chaqirilgan. Qabul qilingan qarorlar quyidagilar:

- sanoat tarmoqlarini tashkil etish, ular uchun xom-ashyoni mamlakat ichida yetishtirish;

- hunarmandlar va mayda tovar ishlab chiqaruvchilarni fabrikalarda to'plash va yirik beznesga aylantirish;

- davlatni iqtisodiyot nuqtai nazaridan qaraydigan tashkilotga aylantirish va xususiy sektor tashkil eta olmaydigan korxonalarni davlat o'z tasarrufiga olish;

- xususiy korxonalarga kreditlar birish uchun Davlat bankini ta'sis etish;

- chet el raqobatiga bardosh beradigan jamoaviy va yaxlit sohalar tuzish;

- chet elliklar tomonidan o'rnatilgan monopoliyadan qochish;

- sanoatni rag'batlantirish va milliy banklar tuzish;

- bularning barchasini temir yo'l qurilishi jadvali bilan baravar olib borish;

- kasaba uyushmalari tuzish huquqini tiklash va b.

Bir so'z bilan aytganda, bu tadbir I Izmir iqtisodiy kongressi bo'lib, iqtisodiyotni liberallashtirish sari qo'yilgan birinchi qadam bo'lgan.

II Izmir iqtisodiy kongressi – 1981-, III Izmir iqtisodiy kongressi – 1992-yilda bo'lib o'tgan.

1927-yilda aholini ro'yxatga olish amalga oshirilgan. Undagi ma'lumotga ko'ra mamlakat aholisi 13 mln. 648 ming kishini tashkil etgan. Uning 4,4 mln. i – fermerlar 47,7 %, 199 mingi - hunarmandlar (3,7 %) va 257 mingi (2,8 %) - tijoratchilar bo'lgan. Ko'rsatkichlar aholining ishga yaroqli qismiga nisbatan olingan.

1924 yildan 1929-yilgacha qishloq xo'jaligi mahsulotlari yetishtirish o'rtacha 10,8 %, sanoat ishlab chiqarishi – 8,5 % o'sgan. E'tiborlisi shundaki, bu yutuq mavjud kamchiliklarni bartaraf etish va quvvatlarni oshirish evaziga qo'lga kiritilgan, yangilarini barpo etish hisobiga emas.

1929-yil 29-oktyabrda AQShda ro'y bergan iqtisodiy inqiroz Turkiyani ham chetlab o'tmagan. Yuzaga kelgan iqtisodiy muammolarni bartaraf etish uchun davlatning iqtisodiyotga qattiq aralashuviga asoslangan protektsionistik, hatto, interventsionistik siyosati qo'llanilgan. Bu 1923-1929 – yillarda nodavlat ishlab chiqarish sektorining davlat manfaatlarini yetarli darajada hisobga olmaganligi, deb asoslangan. Iqtidordagi “Jumhuriyat xalq partiyasi” 1931-yilda o'zining faoliyat dasturiga “etatizm”ni rasman kiritgan. Unga nisbatan Otaturk quyidagicha munosabat bildirgan: “Qarang, XIX asrdan buyon Turkiyada sotsializm nazariyotchilari tomonidan ilgari surilgan g'oyalar asosidagi davlat tizimi yaxlit tizim holida shakllantirilmadi. Bu noyob tizim Turkiya ehtiyojlaridan kelib chiqib yaratilgan edi. Etatizmning mohiyati shundaki, buyuk millat va ulkan davlatning barcha ehtiyojlarini e'tiborga olgan holda davlat mamlakat iqtisodiyotini o'z qo'liga olishi kerak. Yana shuning uchunki, ko'p belgilangan vazifalar bajarilmagan”.

1933-yilda tijoriy mahsulotlar ishlab chiqaradigan va yengil sanoatga ixtisoslashgan Sümerbank tashkil etilgan. Shu yili davlat ilk bor foiz stavkalarini belgilab bergan.


Download 1.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling