Murodulla mirzaev
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
Download 1.97 Mb.
|
O'quv qo'llanma-3
- Bu sahifa navigatsiya:
- XI Mavzu. TURKIYA RESPUBLIKASI – XALQARO MUNOSABATLAR TIZIMIDA
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
1. Turkiya II jahon urushida qanday pozitsiyani egallagan edi? 2. II jahon urushi Turkiya uchun qanday yakunlandi? 3. II jahon urushidan keyin Turkiya tashqi siyosati qanday edi? 4. Turgut O'zal islohotlarini nimada o'z aksini topgan edi?
Bu borada Frantsiya prezidenti Jiskar d'Estenning fikri e'tiborga loyiq. Uning ta'kidlashicha, “Turkiya Yevropa uchun muhim va yaqin mamlakat, lekin u Yevropa davlati emas. Turkiya – musulmon madaniyati va turmush tarziga ega davlat. Tamoman farqli qonunlar va turlicha boshqaruv tizimi Turkiyaning Yevroittifoqqa to'liq integratsiyalashuvi imkonini bermaydi”. Hatto, aksariyat siyosatchilar fikricha, Turkiyaning Yevropa Itifoqiga kirishi – Yevropaning tugashini bildirar edi. Agar Turkiya Yevropa Ittifoqiga kirsa, o'zining 80 mln lik aholisi bilan YeI nizomiga ko'ra Yevroparlament va uning boshqa tuxilmalarida ko'pchilik o'ringa ega bo'ladi. Shuning uchun ba'zi mutaxassislar ta'kidlashicha, bu holat Sharq va G'arb munosabatlarining keskinlashuviga olib keladi. Ana shunday munosabat natijasida Turkiya tashqi siyosiy yo'nalishini o'zgartirishga majbur bo'lgan. Endi Yevropa va Turkiya o'rtasidagi munosabatlar tamoman rasmiy va hech qanday yon berishsiz asosga ega. Albatta, Turkiya har qanday munosabatda avvalo o'z manfaatini birlamchi deb bilgan. Turkiya tashqi siyosatining muammoli nuqtalaridan yana biri – turk va grek qismlariga bo'lingan Kipr masalasidir. Janubiy Kipr - Gretsiya, turklar yashaydigan Shimoliy Kipr - Turkiya tomonidan qo'llab-quvvatlanadi. Ma'lum bo'lganidek, NATOga a'zo bo'lgan bu ikki davlat bu masalada bir-biriga dushmanlik mavqeini egallagan. Keyingi yillarda xalqaro munosabatlarda tobora o'z mavqeini mustahkamlab borayotgan va ayni paytda, Gretsiyaning zaiflashayotganidan foydalanayotgan Turkiya Shimoliy Kiprdagi o'z ta'sirini jiddiy ravishda muhofaza qilib kelmoqda. Download 1.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling