Murojaatnoma qadrli maktabimiz o‘quvchilarining Otalari va Onalari


Download 40.5 Kb.
Sana03.02.2023
Hajmi40.5 Kb.
#1154965
Bog'liq
Мурожаатнома Шовот




MUROJAATNOMA
Qadrli maktabimiz o‘quvchilarining Otalari va Onalari !
Eng avvalo, Sizlami va Siz orqali aziz bolajonlarimizni yangi 2020/2021 o’quv yili boshlanayotgani munosabati bilan chin qalbimdan tabriklayman.
Mana besh oydirki, yurtimizda koronavirus infeksiyasi tarqalishi oqibatida farzandlarimiz maktablarga bora olmasdan, o’z tengdoshlari bilan bevosita muloqotdan cheklangan. O’qituvchilar bolajonlarni, bolajonlar esa o’z ustozlarini, do’stlarini, qolaversa, maktab shukuhini juda sog’ingan.
Mutaxassislarning fikriga ko’ra, pandemiyani qisqa fursatlarda bartaraf etish juda og`ir. SHunday ekan, barchamiz noodatiy sharoitlarda yashash va mehnat qilishga ko’nikishimiz, eng asosiysi, farzandlarimizni sifatli ta’lim olishni davom ettirishlari uchun barcha imkoniyatlarni safarbar etishimiz lozim.
Maktabimiz jamoasi mazkur maqsad yo’lida mutasaddi idora va tashkilotlar bilan hamkorlikda ta’lim jarayonini bugungi kun talablari asosida havfsiz tashkil etish uchun jiddiy tayyorgarlik ko’rmoqda. Jumladan, sanitariya- gigiena qoida va me’yorlari asosida jihozlanib, o’qituvchi va o’quvchilar havfsizligini ta’minlash uchun doimiy faoliyat yuritadigan tibbiyot xodimi jalb etiladi.
SHunday ekan, maktab ma`muriyati va shaxsan men farzandingiz maktabga kelganida barcha ehtiyot choralari ko’rilishini ta’minlashga kafolat beramiz.
O’z navbatida, Sizdan farzandingiz sog`ligini doimiy nazoratda ushlash hamda har qanday kasallik alomatlari sezilgan taqdirda, uni maktabga yubormasdan, zudlik bilan shifokorga va maktab ma`muriyatiga xabar berishingizni so’rayman.
Unutmang, farzandlarimizning ta’lim va tarbiyasi uchun barchamiz birday mas`uldirmiz.

Farzandingizni an`anaviy usulda ta`lim olishini hohlasangiz quyidagi birlamchi gigiyenik vositalar bilan ta`minlashingizni so’rab qolamiz:


1.-2 ta niqob
2.-antiseptik
3.-qaynatilgan suv
4.-vlajniy salfetka
5.-tibbiy qo’lqop.
6.-Maktab oshxonalarining faoliyat yuritishiga ruxsat berilmaganligi sababli farzandingizga maxsus idishda oziq-ovqat .


Samimiyat bilan, 25 - maktab direktori: Z.Polvonova.
Download 40.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling