Mushoira kechasi
M.M.I.B.D.O‘: Tursunxonov O
Download 70.81 Kb.
|
Axborot ish reja 2
M.M.I.B.D.O‘: Tursunxonov O
I.M.M.I.T: N Jabborova Sana: 13.02.2023 Namangan viloyati Kosonsoy tumani 39-maktabda “Kitobim oftobim” o‘tkazilingan tanlov bo‘yicha AXBOROT Prezidentimiz taʼkidlaganidek, yoshlarning kitob oʻqishga boʻlgan qiziqishini oshirishga, ularni kitob bilan doʻst boʻlishga, aholining kitobxonlik saviyasini yana-da oshirishga alohida eʼtibor qaratish lozim boʻladi. Buning uchun, avvalo, milliy adabiyotimiz va jahon adabiyotining eng sara namunalarini ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirish va ularni keng targʻib qilishga alohida eʼtibor berishimiz muhim ahamiyat kasb etadi. Aholi, ayniqsa, yoshlar orasida badiiy jihatdan yuksak, intellektual saviyani oʻstirishga xizmat qiladigan kitoblarga boʻlgan talabni oʻrganish, shu jumladan, badiiy, maʼrifiy, yoshlarning dunyoqarashini kengaytirishga doir adabiyotlarning umumiy buyurtma roʻyxatini shakllantirish tizimini takomillashtirish ayni kunning dolzarb vazifasi hisoblanib, yoshlar oʻrtasida kitobxonlikni yuksaltirishda eng ta’sirchan omillardandir. Kitobxonlikni rivojlantirish “Kitobim- oftobim” tanlovi sinflar kesimida o‘tkazilindi. Xususan, 2- sinf, 3- sinf, 4- sinf, 5- sinf, 6- sinf va 7- sinf, 8-sinflar kesimida yil davomida maktab o‘rtasida berilgan kitoblar yuzasidan tanlov o‘tkazilindi va o‘quvchilar taqdirlanishdi. Kitobxonlikni rivojlantirish bo‘yicha har bir o’quvchi bilan individual ish olib borilmoqda, Va tanlovda barcha o‘quvchilar guruh bo’lib faol ishtrok etishdi. Maktab doirasidagi bu jarayon barcha sinflar uchun qiziqarli tarzda ommalashtirildi. 10-11 sinf o’quvchilari DTM savolidagi majburiy babdiiy asarlarning tahlili bilan test tariqasida olingan tanlov maktab o’quvchilari uchun qiziqarli viktorina tarzida ham esda qolarli tarzda tashkil etildi. M.M.I.B.D.O‘: Tursunxonov O I.M.M.I.B.T : Jabborova N Namangan viloyati Kosonsoy tumani 39-maktabda “Zulfiyaxonim tavalludining 108 yilligi” ni nishonlash uchun o‘tkazilingan tadbir bo‘yicha AXBOROT Zulfiya Isroilova – taniqli va iqtidorli o‘zbek shoirasi. Yorqin rassom, oddiy inson qalbini o‘tkir his qilgan – mehnatkash, Sharq ayolining jamiyatdagi teng huquqi uchun mardonavar kurashgan ayol. Zulfiya she’riyatining nufuzi – bizning dabdabali murakkab davrimizning haqqoniy ifodasi, o‘ziga xosligi, zamondoshlarimizning qalbi va harakatlarining yorqin tasviridadir. Zulfiyaxonim o‘zbek she’riyatida o‘ziga xos o‘ringa ega shoira bo‘lishi bilan birga inson sifatida ham shu xalqning barcha olijanob xislatlariga ega ayol bo‘lgan. 1-mart kuni 39-maktab o’quvchilari bilan birgalikda Zulfiyaxonimni ijodiga chuqurroq nazar solish orqali yana porloq yulduzlardan biri bu Zulfiyaxonim ijodi va hayoti haqidagi xotira badiiy kechasi hammaga birdek manzur bo’ldi. Bugungi istiqlol kunlarida o’quvchilarning yangi qirralari bilan shoiramiz ijodi namoyon bo`ldi. Zulfiyaxonimning hayoti va ijodi barcha o’quvchilarga tanishtirilgan holda mushoira ham tashkil etilishi tadbirni yanada ko’tarinki ruhda o’tishiga sababchi bo’ldi. 7-sinf va 9-sinf o’quvchilari bilan birga tayyorlangan tadbirda muhsoira, viktorina, qiziqarli bahor ohangiga moslik, shoira hayoti chizgilari va multimediaviy videoroliklar, jonli xonishlar barchani Zulfiyaxonim ijodiga qiziqishini yanada oshiribgina qolmay, o’quvchilarki bahoriy tuhfa sifatida taqdim etildi. Akramxonov Hojiakbar, Sultonboyev Sardor, Yoqubxonova Shahloxon 7- sinf o’quvchilari tomonidan mushoirada g’oliblikni qo’lga kiritishdi. Download 70.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling