Mushoira kechasi
M.M.I.B.D.O‘: Tursunxonov O I.M.M.I.B.T : Jabborova N
Download 70.81 Kb.
|
Axborot ish reja 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- M.M.I.B.D.O‘: Tursunxonov O I.M.M.I.B.T : Jabborova N
M.M.I.B.D.O‘: Tursunxonov O
I.M.M.I.B.T : Jabborova N Namangan viloyati Kosonsoy tumani 39-maktabda “Qizlar davrasi” ijodkor qizlarni aniqlash uchun o’tkazilingan tanlov bo’yicha AXBOROT Xalq ta’limi tizimida maktab o’quvchi -qizlar o’rtasida “Balli, qizlar!”, “Qizlar davrasi” kabi ko’rik-tanlovlarni o’tkazish ko’p yillardan beri an’anaga aylanib qolgan. Mustaqillik farzandi bo’lgan biz yosh avlod uchun bundayin tanlovlar ma’naviy qadriyatlarga hurmatni oshiradi, albatta. Qizlarni bahorga qiyoslashadi. Faqat bahorgina oʼzbek qizlarida bor goʼzallikni takrorlaydi. “Qizlar davrasi” bahorning ilk darakchilari – boychechaklar bazmini eslatdi. Nozik jussalariga yarashgan, chiroyli milliylik ufurib turgan kiyimlarni kiyib olishgan, sochlari oʼzlariga yarashigʼlik turmaklangan qizlar – bu fakultetimizning eng faollari – epchillig-u chaqqonlikda, pazandalikda, zukkolik va bilimda oʼzlarining boshqalardan ustun ekanliklarini bildirish maqsadida bellashdilar. 7-mart kuni “QIZLAR DAVRASI” ko’rik-tanlovi maktabimizda a’lo darajada o’tkazilindi. Unda 8-11 sinf qizlari ishtrok etib, sinflari shoni-sharafini himoya qilish mas’uliyati zimmalariga yuklangan tqizlarimiz o’z mahoratlari, ijodiy ishlari, noyob iste’dodlari va qo’l mehnati namunalarini namoyish qilish bilan birga, tezkor savollarga tezkor javob berish bilan egalalgan bilimlari bo’yicha bilimlari va zukkoliklarini ko’rsatdilar. Tanlovda o’quvchilar 4 shart bo’yicha bellashishdi. Jami ishtrokchilar soni 11 tani tashkil qilib, yakunda 8-B sinf o’quvchisi Karimjonova Muxlisa g’oliblikni qo’lga kiritdi. Ishtirokchilarning chiqishlari malakali va talabchan Hakamlar hay’ati tomonidan baholab borildi. Tanlovning barcha ishtirokchilari faxriy yorliqlar va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar M.M.I.B.D.O‘: Tursunxonov O I.M.M.I.B.T : Jabborova N Namangan viloyati Kosonsoy tumani 39-maktabda o’tkazilingan “Ijodkor o’quvchilarni ijod namunalarini ijtimoiy tarmoqlarda keng targ’ib qilish ” bo’yicha AXBOROT Maktabning iste’dodli o’quvchilarinining ijodiy ishlarini ijtimoiy tarmoqlar va anshrlarda ko’rsatish targ’iboti bo’yicha 39- maktab o’quvchilari o’rtasida ham keng ommaga yetkazish ishlari olib borildi. Xususan, 11-B sinf o’quvchi Xayrullaxonov Muhammadsodiqning ijodiy ishi “Oltin Vodiy” gazetasining № 4 (3546) 2023-yil 7-fevraldagi sonida “Zanjirband she’r tilsimi” sarlavhali maqolasi chop etildi. Yana ayni shu yosh ijodkor qalamiga mansub maqola “Navbahor” gazetasining 2023-yil 28 yanvar 2-sonida “Musiqaning inson ruhiyatiga ta’siri” sarlavhasida bosilib chiqdi. 11-A sinf o’quvchisi Ahmedova Mehribonning “Navbahor” gazetasining 2023-yil 28-yanvar 2-sonida “Ishonch, umid va muhabbat” sarlavhali maqolasi chop etildi. 11-B sinf o’quvchi Ubaydullayev Abdumutalning ham “Navbahor” gazetasining 2023-yil 11 fevral 3-sonida “Boburni anglash baxti” sarlavhali maqolasi nashrdan chiqdi. Maktabning ona tili va adabiyoti o’qituvchisi Tillaxonova Nozmimaning “Oltin vodiy” gazetasining 2023-yil 13-yanvar 2-sonida “Millat qo’riqchilariga” nomli maqolasi nashrdan chiqdi. Download 70.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling