Mushoira kechasi
M.M.I.B.D.O‘: Tursunxonov O
Download 70.81 Kb.
|
Axborot ish reja 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- M.M.I.B.D.O‘: Tursunxonov O I.M.M.I.B.T: Jabborova N Sana: 21. 09. 2023
M.M.I.B.D.O‘: Tursunxonov O
I.M.M.B.T: Jabborova N Sana : 14.09.2022 Namangan viloyati Kosonsoy tumani 39-maktabda yosh ijodkor o‘quvchilar bilan “Kitobxon” aksiyasi o‘tkazilinganligi to‘g‘risidagi AXBOROT O‘zbekiston “Milliy tiklanishdan — milliy yuksalish sari” tamoyili asosida taraqqiyotning yangi bosqichiga qadam qo‘ydi. Yangi davr shiddati jamiyat hayotida ezgu qadriyat va an’analarni qaror toptirishga, xususan, xalqimiz, ayniqsa, yosh avlodning ma’naviy-intellektual salohiyati, ongu tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirishda, ona Vatani va xalqiga muhabbat va sadoqat tuyg‘usi bilan yashaydigan barkamol shaxsni tarbiyalashda kitobxonlik madaniyatini oshirish alohida ahamiyat kasb etmoqda. Shu munosabat bilan maktabda kitobxonlik madaniyatini shakllantirish borasida “Kitobxon” aksiyasisi doirasida tarixiy shaxslar haqidagi asarlar bo’yicha har oy sanasining boshlarida o’quvchilarni tanishtirish va tadbirlar o’tlazish chora-tadbirlari rejasi tuzildi. Sentabr oyi boshlarida Odil Yoqubovning “Ulug’bek xazinasi” romani tanlab olindi. Va shu asar doirasida ertalabki sarflanishlarda viktorina o’tkazilindi. Asar tahlili to’garak doirasida ko‘rib chiqildi. Tarix fani o‘qituvchilari malumoti bilan birgalikda asar tarixiy ahamiyati o‘quvchilarga tushintirilib borildi. Kitobxonlik aksiyasi dorasida har bir ijodkor hayoti va uning ijodi yuzasidan ma’lumot berildi. M.M.I.B.D.O‘: Tursunxonov O I.M.M.I.B.T: Jabborova N Sana: 21. 09. 2023 Namangan viloyati Kosonsoy tumani 39-maktabda yosh ijodkor o‘quvchilar bilan “Eng yosh kitobxon” tanlovi o‘tkazilinganligi to‘g‘risidagi AXBOROT Umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, ularning qalbida vatanparvarlik, ezgulik, insonparvarlik singari yuksak insoniy fazilatlarni shakllantirish, o‘quvchilar o‘rtasida badiiy adabiyot mutolaasiga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish, kitobxonlikni targ‘ib qilish maqsadida turli ko‘rik-tanlovlar o‘tkazilmoqda. Prezidentimiz “Men shunga aminman – kitobsiz taraqqiyotga, yuksak ma’naviyatga erishib bo‘lmaydi. Kitob o‘qimagan odamning ham, millatning ham kelajagi yo‘q” deb bejizga ta’kidlamagan. Bugungi kunda mamlakatimiz yoshlarning kitobxonlik saviyasini oshirishga mutolaa madaniyatini yuksaltirishga katta ahamiyat berilayotgani barchamizga ma’lum. Shu yo‘nalish bo‘yicha maktab doirasida “Eng yosh kitobxon” tanlovi o‘tkazilindi. Va shu tanlovda 10 nomdagi asarlar ro‘yxati asosida tanlov o‘tkazilindi va tanlovda 15 o‘quvchi ishtrok etib, 11 -sinf o‘quvchisi Ahmedova Mehribon g’oliblikni qo‘lga kiritdi.
Download 70.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling