Mushoira kechasi


M.M.I.B.D.O‘: Tursunxonov O I.M.M.I.B.T : Jabborova N


Download 70.81 Kb.
bet8/13
Sana09.11.2023
Hajmi70.81 Kb.
#1759809
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Axborot ish reja 2

M.M.I.B.D.O‘: Tursunxonov O
I.M.M.I.B.T : Jabborova N

Namangan viloyati Kosonsoy tumani 39-maktabda o’tkazilingan
“Yangi O’zbekistonni yuksak salohiyatli, vatanparvar yoshlar bilan barpo etamiz” mavzusida o’tkazilingan insholar tanlovi bo’yicha
AXBOROT
Bugungi yoshlar qanchalik bilimli, tarbiyali, dunyoqarashi keng, faol fuqarolik pozitsiyasiga ega vatanparvar boʻlib kamolga yetsa, yangi Oʻzbekistonni qurishga shu qadar kamarbasta boʻladi. Darhaqiqat, yurtimizda qanday islohotlarga qo'l urmaylik, avvalo, yoshlarga, ularning kuch-g'ayratiga, azmu shijoatiga suyanamiz. Ona Vatanimizda Uchinchi Renessans poydevorini yaratishga kirishdik. Biz oila, maktabgacha ta'lim, maktab va oliy ta'limni hamda ilmiy-madaniy dargohlarni bo'lg'usi Renessansning eng muhim bo'g'inlari deb hisoblaymiz.
Shu yuzasidan yuqori sinf o’quvchilarning o’z tanlovi bilan birga jami 30 nafar iste’dodli o’quvchilarniing bilim salohiyatini tekshirish, vatanparvarlik tuyg’usini qanchaik chuqur anglashini bilish maqsadida insholar tanlovi o’tkazilindi. Insholar tanlovida har bir o’quvchi yetuk salohiyatli yosh ekanligini orzulari va Vatan uchun munosib farzand bo’lishi uchun oldidagi vazifalari yuzasidan batafsil ma’lumot yozish bilan birga maqsadlari ham bayon etilgan.
Ma’naviy, ma’rifiy , imloviy va estetik did jihatdan eng yaxshi deb topilgan 11- A sinf o’quvchisi Ahmedova Mehribon insholar tanlovida munosib ishtroki va mezonlar bilan birga jami 89 ball bbilan 1-o’rinni qo’lga kiritgan bo’lsa, 9-A sinf o’quvchisi Rahimjonova Muxlisa, 3-o’rinni Sobitxonova Shahnoza 10-A sinf o’quvchisi qo’lga kiritdi. O’quvchilar Navro’z ayyomi arafasida munosib taqdirlanishdi.

M.M.I.B.D.O‘: Tursunxonov O
I.M.M.I.B.T : Jabborova N

Namangan viloyati Kosonsoy tumani 39-maktabda o’tkazilingan
“Adabiyot va ma’naviy kamolot” mavzusida eng sara durdonalarni targ’ib qilish bo’yicha
AXBOROT
Dunyoda insonlar bir-biriga o‘xshamaganlaridek, ularning qalb kechinmalari ham takrorlanmaydi. Mana shunday nozik tovlanishlar, birgina so‘z bilan ifoda etilishi, bu adabiyotdir. O‘zbek adabiyoti tarixi inson ruhiy holatlarini aks ettiradigan durdona asarlarga boy. Ular yosh avlod ruhiyatida, qalbida ham hayajon uyg‘ota oladi. Muhimi ular faqat ma’rifiy bilimlarimizni oshirish bilan cheklanmaydi, badiiy didimizni va ma’naviy kamolotimizni oshirishga xizmat qiladi. Qadimdan adiblarimiz so‘z va tilning qudratiga alohida e’tibor berishgan. Masalan, Mahmud Koshg‘ariy, Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy, Alisher Navoiy, Sayfi Saroiy kabi ko‘plab ijodkorlarimiz ijodida badiiy so‘z qudrati yaqqol namoyon bo‘lganini ko‘rishimiz mumkin. Yusuf Xos Hojib shoirlarni “so‘z teruvchilar” deb ta’riflasa, Alisher Navoiy esa ularni “ruh chamanining xushxon bulbullari” deb ta’riflaydi. Mamlakatning ma’naviy darajasini ko‘rsatadigan muhim ko‘rsatkichlardan biri o‘sha xalqning kitobxonligi bilan hamdir. Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev ham shunday ta’kidlagandi: “Bugun kitob o‘qiyotgan bola, ertaga televizor ko‘rayotgan o‘nta bolani boshqarishi aniq”. Bugungi kunda yurtimizda kitobxonlik davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi.
Adabiyot va ma’naviy kamolotning eng buyuk asarlari yuzasidan maktab o’quvchilariga ma’lumot yetkazilingan holda kitobxonlikka qiziqtirish ishlari ertalabki sarflanishlarda aytilibgina qolmay, turli viktorinalar orqali ularning kitob haqidagi bilimlari tekshirilmoqda, xususan, Abdulla Qodiriy va Cho’lpon jadidchilik adabiyoti namoyondalari asarlari tavsiya qilindi.

Download 70.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling