Mushoira kechasi


M.M.I.B.D.O‘: Tursunxonov O I.M.M.I.B.T : Jabborova N


Download 70.81 Kb.
bet11/13
Sana09.11.2023
Hajmi70.81 Kb.
#1759809
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Axborot ish reja 2

M.M.I.B.D.O‘: Tursunxonov O
I.M.M.I.B.T : Jabborova N

Namangan viloyati Kosonsoy tumani 39-maktabda o’tkazilingan
“Farzandimga kitob sovg’a qilaman” mavzusida oilaviy kitobxonlikni rivojlantirish bo’yicha
AXBOROT
Kelajak avlodni yuksak ma’naviyatli insonlar etib tarbiyalash maqsadida mamlakatimiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan “Farzandimga kitob sovg‘a qilaman” loyihasi asosida 39-maktabda “Kitob aksiyasi” tashkil etildi.  2-aprel – Xalqaro bolalar kitobi kuni munosabati bilan o‘quvchilar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib etish, yoshlarda mutolaa va axborot olish madaniyatini shakllantirishga qaratilgan tadbirda shoir-yozuvchilar, olimlar, mahalla faollari, ota-onalar, o‘quvchi-yoshlar ishtirok etdi. 
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida kitobxonlikni ommalashtirish maqsadida aholi, ayniqsa, yoshlarning kitobga qiziqishini oshirishga bag‘ishlab turli tadbirlar, xayriya aksiyalari tashkil etish, ijtimoiy reklamalardan unumli foydalanish, o‘zbek hamda jahon adabiyotining mumtoz va zamonaviy badiiy asarlarini targ‘ib qilishga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi. 
Davlatimiz rahbarining 2017-yil 12-yanvardagi “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida”gi farmoyishi bu borada muhim dasturilamal bo‘lmoqda. 
Aksiya qatnashchilari uchun ““Farzandimga kitob sovg‘a qilaman” deb nomlangan kitob yarmarkasi tashkil etildi. Unda ota-onalar qiziqarli kitoblar sotib olib, farzandlariga sovg‘a qildi. 


M.M.I.B.D.O‘: Tursunxonov O
I.M.M.I.B.T : Jabborova N

Namangan viloyati Kosonsoy tumani 39-maktabda o’tkazilingan
“Men yoqtirgan asar” kitobxonlik aksiyasi doirasida sahna asarlarini yaratish orqali qobiliyatni aniqlash yuzasidan o’tkazilingan ishlar yuzasidan
AXBOROT
Ilmiy adabiyot olam hodisalari haqida bilim bersa, badiiy adabiyotda insonning borliqqa bo‘lgan munosabati, ruhiyati aks etadi. Adabiyotimizda shunday asarlar borki, biz ulardan ham ilmiy, ham badiiy ma’lumot olamiz
Kitobxonlik aksiyasi doirasida maktabda aktyorlik qobiliyatini shakllantirish uchun ishlab chiqilgan reja asosida maktab o’quvchilari qobiliyati kashf etildi. Xususan, 7- sinf o’quvchilari bilan birgalikda “Shum bola” qissasi G’afur G’ulom qalamiga mansub uushbbu asar sahnalashtirildi.
Yoki Mirkarim Osim qalamiga doir “Navoiyning bolaligi” asari 6 -sinflar tominidan parcha ijro etildi.
8-sinf o’quvchilari bilan birgalikda Navoiy shoh asari “Xamsa” dostoniga doir Bahrom obrazi jonlantirildi va 10-sinflar tomonidan esa “Mehrobdan chayon” romani sahnalashtirildi.
Iste’dodli yoshlar jamlangan holda “O’tkan kunlar romani” mohirona tasvirlandi.
Va 9-sinf o’quvchilari bilan birga O’tkir Hoshimovning “Urushning so’nggi qurboni” hikoyasi sahnalashtirilib “ Men sevgan asar” =aksiyasi doirasida turli o’tkazilingan tadbirlarda maktab jamoasiga mohirona tarzda ko’rsatilinib, iliq kayfiyat va yangicha asarni anglash, uni qidirib o’qish uchun motivatsiyaga turtki bo’ldi.



Download 70.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling