Musiqa darsi – ijodiy, integrallashgan va san’at bilan bog‘liqligi. Kirish I. Bob: musiqa maktabda fan sifatida
MUSIQA DARSLARIDA KO'RGAZMALILIK TAMOYILI
Download 46.96 Kb.
|
MUSIQA DARSI – IJODIY, INTEGRALLASHGAN VA SAN’AT BILAN BOG‘LIQLIGI.1
2.2. MUSIQA DARSLARIDA KO'RGAZMALILIK TAMOYILI.
O'qitishning ko'rgazmaliligi tamoyilidan har tomonlama foydalanish o'quvchilar xissiy bilishining barcha jixatlariga rahbarlik qilishni, boshqarishni taqazo etadi. Darsda o'quvchilarning bilish kuchlarini har tomonlama rivojlantirish va mustahkamlik tamoyili. O'qitish vazifalaridan biri o'quvchilami har doim amalda qo'llashlari mumkin bo'lgan mustahkam bilim, ko'nikma va malakalami egallashlaridir. Mustahkamlik tamoyillari o'quvchilami tez va aniq eslanadigan, xotirada uzoq saqlanadigan, amalda mohirlik bilan qo'llaniladigan bilim, ko'nikma va malakalar bilan qurollantirish zarurligini anglatadi. Musiqa darsi faqat tizimi bilim beribgina qolmay, balki o'quvchilaming fan asoslarini puxta egallashlarini ham ta'minlashi kerak. O'qituvchi bu mustaxkamlilikni ta'minlaydigan maxsus usul va vositalami bilishi zarur. Masalan, musiqani idrok qilishni shakllantirish, qo'shiqni badiiy ijro etish va musiqa savodidan olgan bilimlami o'zlashtirishning mustahkamligini ta'minlash hamda o'quvchilami musiqiy rivojlantirish uchun takrorlashning bir necha turlaridan foydalaniladi. Joriy takrorlash yoki boshlang'ich mustahkamlash o'quvchilaming hozirgina tinglagan musiqasini esga tushurishlaridir. Takrorlashning bu turi tarkib topgan tasavvur va tushunchalaming yo'qotilishini oldini olish uchun bevosita o'qituvchi tinglangan musiqa haqidagi suhbatidan so'ng amalga oshiriladi. Umumlashtiruvchi takrorlash kengroq darajadagi umumlashtirishlarni qo'llash imkonini beradi. Butun mavzu o'tib bo'lingach, umumlashtiruvchi xulosalar chiqariladi, musiqiy faoliyat turlari o'rtasida aloqalar o'matiladi, bilimlar tizimlashtiriladi. Obrazli takrorlash egallashi lozim bo'lgan asosiy g'oyani ajratib ko'rsatish imkonini beradi. Chorak oxirida yaxlit bir mavzu hatto bir necha qo'shiqlami obrazli yoritishda obrazli takrorlashdan foydalanish mumkin. Takrorlashning aytib o'tilgan turlaridan foydalanish o'quvchilar egallagan bilim, ko'nikma va malakalarining mustaxkamligini ta'minlashi lozim. Takrorlash tizimli va o'z vaqtida bo'lishi kerak. Takrorlash jarayoniga xilma-xillik kirtish, e'tibomi musiqa faoliyatlariga qaratish, noaniqliklar va yuzaga keluvchi xatolami bartaraf qilish, mavjud bilimlami va ulaming tegishli ko'nikma hamda malakalar bilan aloqasini chuqurlashtirish lozim. Musiqa tinglash va qo'shiq kuylashni ko'p marta takrorlash ta'sirli vosita hisoblanadi. Shuni uqtirib o'tish lozimki, o'qitishning barcha tamoyillari birbiri bilan chmabarchas va uzviy bog'langan. Ko'rgazmalilik bilimlaming ongli va faol egallanishga yordam beradi. Ongda qayta ishlangan, kuylashda ongli va to'g'ri ifoda qilingan musiqa asarlari mustahkam egallanadi. O'quvchilarga tushunarli bo'lgan asarlar, ya'ni ulaming yosh va individual xususiyatlariga hamda tayyorgarlik darajasiga mos keladigan asarlar ongli o'zlashtirilishi mumkin. Tizimlashtirilgan bilim puxtaroq o'zlashtiriladi. O'quv mavzularini o'zlashtirishning mustaxkamligi ko'pgina omillarga: o'qitishning ilmiyligi va tizimliligiga, tushunishining ongliligiga, o'quvchilaming bilish faolligiga, o'qish sabablariga, musiqa darsliklarining sifatiga, musiqa o'qituvchisining mahoratiga bog'liqdir. Download 46.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling