- Mustaqil rivojlanish yo’lida dadil odimlayotgan Respublikamizni jahondagi eng ilg’or mamlakatlar darajasida ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy rivojlanishiga ko’p jihatdan yosh avlodni ta’lim tarbiyasiga bog’liqdir. Shuning uchun ham mustaqillikning dastlabki yillaridan eng avvalo ta’lim tizimini isloh qilish, uni milliy ma’naviy qadriyatlar negizida shakllantirish jismoniy sog’lom, ma’naviy yetuk, aqliy barkamol insonlarni tarbiyalashga asosiy e’tibor qaratildi.
- Resbublikamiz Prezidentining bu boradagi sa’yi-harakatlari natijasida ta’lim-tarbiya masalasi jamiyatni ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy va ma’rifiy rivojlantirishda ustuvor yo’nalishi darajasiga ko’tardi.
I.2. O’zbek musiqasining ommaviy janrlari tasnifi. - O’zbek xalqining o’z ildizlari qadim-qadim zamonlarga borib taqaladigan musiqa merosi bizning hozirgi kuylarimizda ham yangramoqda. U o’zining xalq ijodi (ya’ni, o’zbek musiqasining ommaviy janrlari) hamda kuy tuzilishi jihatidan rivojlangan ashula va cholg’u asarlari, dostonlari va maqom musiqasini birlashtiradi. Qahramonlik hamda qahramonona lirik mazmundagi epik asarlar, dostonlar ham muhim o’rin egallaydi. O’zbek cholg’u asboblari hamda musiqa amaliyot va ijrochiligi uslublari bilan bog’liq bo’lgan cholg’u musiqa janrlari bilan ham g’oyat rangbarangligi va boyligi bilan xarakterlanadi.
O’zbek musiqasining ommaviy janrlar har qanday xalq ijodi kabi mehnatkashlarni orzu-umidlari, ularni turmushi ca ahloqi sotsial va milliy ozodlik kurashining ifodasi sifatida gavdalanadi. O’zbek xalq musiqasining mavzu jihatdan serqirraligi janrlarga boyligi va hayotda tutgan o’rninining xilma-xilligi ham ana shu bilan bog’liqdir. - O’zbek musiqasining ommaviy janrlar har qanday xalq ijodi kabi mehnatkashlarni orzu-umidlari, ularni turmushi ca ahloqi sotsial va milliy ozodlik kurashining ifodasi sifatida gavdalanadi. O’zbek xalq musiqasining mavzu jihatdan serqirraligi janrlarga boyligi va hayotda tutgan o’rninining xilma-xilligi ham ana shu bilan bog’liqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |