Musiqa madaniyati” fakulteti “Birinchi sinfda musiqa faoliyatlarini amalga oshirish usullari.”


Download 145.44 Kb.
bet3/8
Sana16.06.2023
Hajmi145.44 Kb.
#1501314
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Birinchi sinfda musiqa faoliyatlarini amalga oshirish usullari

Kurs ishining maqsadi: Musiqiy ta‘lim jarayonida o‘quvchilarni musiqa savodi haqida yetarlicha bilim va ko‘nikma shakllantirish.
Kurs ishining vazifasi: Mavzuga oid adabiyotlar, ilmiy ishlar va electron ma‘lumotlar to‘plash, o‘rganish va tahlil qilish. O‘quvchilarning musiqiy qobiliyatini o‘stirish; elementar nota belgilarini bilishlari, ularni o‘qib, oddiy kuy ohanglarini tasavvur qilishlari hamda musiqiy terminlarni gapirishlariga erishish.
Kurs ishi obyekti: Birinchi sinfda musiqa faoliyatlarining amalga oshirish usullari.

Asosiy qism:
1. Birinchi sinfda musiqa o‘qitishning maqsadi va vazifalari.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini har tomonlama yetuk qilib tarbiyalashda maktabda o‘qitiladigan barcha fanlar qatori musiqa madaniyati darslarining ahamiyati katta. Musiqa inson his-tuyg‘ularini orzu -istaklarini o‘ziga xos badiy tilda ifoda etadi va hissiyotlarni faol ta‘sir ko‘rsatadi. Kichik yoshdagi o‘quvchilar musiqa san‘ati bilan bolalar bog‘chalarida, oilada, radio va televideniyadan beriladigan ko‘rsatuvlar orqali tanish bo‘ladilar.2
Musiqa madaniyati darslarida quvnoq kuy va qo‘shiqlarni tinglash, kuylash, raqs elementlarini bajarish, chapak chalish hamda bolalar cholg‘u asboblarida jo‘r bo‘lish musiqaga ishtiyoqlarini yanada tez oshirib boradi. Chunki bu yoshdagi bolalarda hali diqqat –e‘tibor uncha to‘liq shakllanmagan bo‘ladi, ular ko‘proq serharakat va o‘yinga moyil bo‘ladilar.
Shuningdek birinchi sinf o‘quvchilari psixologik - fiziologik xarakterga ko‘ra, ma‘lum darajada xotirasi, nutqi diqqati – e‘tibori, ovoz apparatlari to‘liq rivojlanmagan, ovoz pardalari nozik kuchsiz bo‘ladi. Shunga ko‘ra bolalarni musiqaga tobora qiziqtirishda, butun dars davomida ulami kayfiyatini saqlashda, o‘qituvchi ochiq samimiy, shirin muomalasi va yoqimli xatti - harakatlari bilan erishishi lozim. Birinchi darsdan boshlab o‘quvchilami musiqaga qiziqtirish yo‘li bilan, ulami musiqaviy o‘quvlari, qobiliyatlarini kuylash hamda ovoz sifatlarini sinchiklab o‘rganib olishi va yuqoridagi sifatlarga ko‘ra, ularni uch differensional
guruhga bo‘lish lozim.
I- guruxga – iqtidorli, musiqiy o‘quvi va musiqiy qobilyati rivojlangan bolalar kiradi;
II - guruxga - musiqani aniq eshita oladigan, ammo so’zga o‘qituvchi ovoziga tayangan, holda tushadigan bolalar;
III - guruxga – so’zga umuman tusha olmaydigan musiqiy o‘quvi bo‘sh bolalar kiradi.
Наr qanday fan tabiat, jamiyat va tafakkur taraqqiyotining obyektiv qonunlari to‘g‘risidagi bilimlarning yakunidan, jamlanishidan, ishonarli va umumlashgan bilimlar tizimidan iborat bo‘ladi. Наr qanday fanning ajralib turishi va me‘yoriy faoliyat ko‘rsatishi uchun uning o‘zida xususiy tushunishning mavjudligi muqarrar shart bo‘lib hisoblanadi. Tarbiya, ta‘lim va o‘qitish fan sifatidagi pedagogikaning asosiy tushunchalaridir. Tarbiya ijtimoiy munosabatning shunday bir turiki, unda shaxsni yo‘naltirilgan holda shakllantirish maqsadida bir xil toifadagi kishilar boshqa birovlarga ta‘sir o‘tkazadi. Ta‘lim - tarbiyaning shunday bir jihatiki, u insoniyat to‘plagan ilmiy va madaniy qadriyatlar tizimini o‘z ichiga oladi. Ta‘lim turli yo‘llar orqali olinadi.
O‘qitish insoniyatning ijtimoiy-tarixiy tajribasi muayyan jihatlarining maxsus tayyorlangan shaxs rahbarligida (o‘qituvchi, tarbiyachi, professor, instruktor rahbarligida) o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilishi jarayoni, ma‘rifiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi funksiyalarini uzviy birlikda ado etuvchi jarayondir.
Musiqiy tarbiya metodikasi pedagogika fanlari tizimiga kirib, unda alohida o‘rin egallaydi. Musiqaviy tarbiya masalalari hozirgi zamon pedagogikasida tarbiyaning umumiy muammolari bilan bog‘liq holda qaraladi. Musiqaviy-estetik tarbiya-musiqa tarbiyasiga qaraganda ancha keng tushunchadir. Bu jarayonda musiqa darsi muhim o‘rin tutadi, lekin alohida o‘rin tutmaydi. Musiqiy tarbiyada musiqani idrok qilish malakalarini faol rivojlantirish, san‘at va atrof hayotdagi go‘zal narsalarga muhabbat tuyg‘usini hamda o‘z his-tuyg‘ularini musiqa tilida ijodiy namoyon qilish qobiliyatini shakllantirishda katta ro‘l o‘ynaydi.
Musiqiy idrokni va didni tarbiyalash, musiqiy qobiliyatlarni rivojlantirish doimo aqliy va axloqiy tarbiya bilan o‘zaro ta‘sirda bo‘ladi. Musiqiy idrok etish go‘zallikni fahmlashdan ko‘proq doirani qamrab oladi, go'zallikni fahmlash esa, o'z navbatida musiqiy idrok etishning turlaridan biridir. Hamma go‘zal narsalami musiqiy idrok etish mumkin, lekin hamma musiqiy idrok etilgan narsalar go‘zal bo‘lavermaydi.
Birinchi guruh bolalari orqa qatorga, ikkinchi gurux bolalari oldingi qatorga, uchinchi guruh bolalarni esa o‘rta qatorga o‘tkazish tavsiya etiladi. Natijada dars davomida musiqiy qobiliyati sust rivojlangan bolalarning musiqiy o‘quvi o‘sadi va shakllanadi. Darsda o‘quvchilarni qiziqishini o‘stirish uchun, ularni har bir yutug‘i uchun rag‘batlantirish hamda, ilg‘or bolalar bilan teng darajada musiqiy faolligini ko‘rsata olishga ishonch hosil qildirish lozim. Musiqiy o‘quvi sust bo‘lgan o‘quvchilar bilan darsdan keyin yakka tartibda ishlash ham tavsiya etiladi. Musiqa darsdagi faoliyat turlari tez -tez almashib turishi, o‘quvchilari zerikmaslik, toliqmaslikni shu bilan birga musiqa darsiga qiziqishni oshiradi.
Birinchi sinfda musiqa o‘qitishni asosiy maqsadi o‘quvchilarda musiqaga qiziqish uyg‘otish va musiqiy taassurotni tarkib toyatirish, musiqani san‘at sifatida ongli idrok etish. Natijada bolalarda musiqa haqida mushohada qilishning boshlang‘ich asoslari vujudga keladi. Ushbu maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar amalga oshiriladi;
1. O‘quvchilarni musiqiy qobiliyatlarini, musiqiy o‘quvini rivojlantirish.
2. Musiqani (tinglash) idrok etish malakasini o‘stirish.
3. Kuylash malakalami o‘stirish.
4. Musiqiy badiiy-g‘oyaviy mazmuni vositasida axloqiy estetik tarbiyalash.3
Musiqa o‘qitish metodikasi, pedagogika fani sifatida tajribada sinalgan ishlarni nazariy qismlarini umulashtirib, amaliyotda samarali natijalar bergan o‘qitish metodlarini taqdim etadi.
Metodika asosan, pedagogika, psixologiya, estetika va san‘atshunoslikning tadqiqot natijalariga asoslanadi. U, musiqa o‘qitishning qonun - qoidalarini ta‘riflab beradi, kelajak yosh avlodni tarbiyalashda qo‘llanadigan zamonaviy metodlarni belgilaydi. Metodika, talim - tarbiva jarayonida o‘qituvchining o‘quvchilar bilan ishlash usullarining, mazmunini anglatadi. Musiqa o‘qitish metodikasi o‘qituvchidan iste‘dod, qobiliyatlar va ishtiyoqlar mavjud bo‘lishini talab etadi, chunki, san‘at pedagogikasi mashakqatli va juda masuliyatli sohadir.
Xozirgi kunda musiqa o'qitish metodikasi birdaniga kelib shakllangan fan emas, balki bunga qadar mazkur fanni shakllanishi ijodiy va murakkab taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tgan. Respublikamizda musiqa o‘qitish metodikasini shakllantirishda maxalliy olimlar, metodistlar, tajribali o‘qituvchilarning qator izlanishlari, o‘quv qo‘llanmalarining ahamiyati katta bo‘ladi. Badiiy pedagogikaning metodika sohasidagi so‘nggi yutuqlari talabalarni pedagogika faoliyatiga tayyorlash, ularni metodik bilim va mahoratlar bilan qurollantirish, musiqa o‘qitish metodikasini bu maqsadga erishish uchun amaliy mashg‘ulotlar mobaynida uzoq ijtimoiy mehnat qilish talab etiladi. Ma‘lumki, maktabda o‘quvchilaming yosh fiziologik xususiyatlarini, ko‘nikma va malakalariga qarab, musiqa o‘qitish metodikasi qo‘llaniladi. Bu yerda ta‘lim usuli, o‘quv materiallarining (O’quv reja, dastur) talim prinsiplari, o‘quv - tarbiyaviy ishlarning umumiy maqsad va vazifalari muhim ahamiyatga egadir. Demak musiqa o‘qitish metodikasi, о‘quvchilarning musiqa san’atiga o‘rgatishning mazmuni, vazifalari va metodlarini o‘rgatuvchi va o‘quv jarayonlarini tashkil etuvchi shakl va yo‘llarini tadbiq etuvchi fandir, «Metodika» so‘zi grekcha so‘z bo‘lib, «tadqiqot yo‘li», «bilish usuli» degan ma‘noni anglatadi va ta‘lim - tarbiyaning alohida qismlari bo‘lib hisoblanadi, ularning yig‘indisi musiqa o‘quv metodlari deyiladi. Musiqaning o‘qitish metodlari deganda, maktab o‘quvchilarining bilim, maxorat va malakalarini egallashda, ularning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishda va dunyoqarashini tarkib toptirishda o‘qituvchilarning qo’‘llagan ish usullari tushuniladi.
Musiqa o‘qitish metodikasi vazifalarini amalga oshirishda, musiqa o‘qitishning qator metodlari bilan birgalikda, pedagogikaning amaliy yo‘nalishini xususiy (optimal) metodlar egallab, musiqa darsida qollash muhim ahamiyat kasb etadi. Musiqa o‘qitish metodikasi vazifalarini amalga oshirishda musiqa darsida o‘qitishning (optimal) xususiy metodlaridan unumli foydalanishga bog‘liq. Yetuk olimlarimizning tadqiqotlarida maktab o‘qituvchisining shaxsiyati va unga bo‘lgan professional talablar va o‘quvchilar munosabatini, xususiy metoddardan foydalanish jarayonida xal qilish lozimligini ilmiy asosda ta‘riflab berganlar.
Birinchi sinfda yil mavzusi «Biz musiqani sevamiz» , chorak mavzulari esa:
I-chorak: «Biz yoqtirgan kuy va qo‘shiqlar»
II-chorak: «Musiqali o‘yinlar, raqs va qo‘shiqlar»
III-chorak: «Musiqa savodiga sayohat»
IV-chorak: «Xushnavo cholg‘ularimiz»



Download 145.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling