Musiqa madaniyati” fakulteti “Birinchi sinfda musiqa faoliyatlarini amalga oshirish usullari.”


Ijodkorlik faoliyati ( musiqiy -ritmik harakatlar va bolalar cholg‘ularida jo‘r bolish)


Download 145.44 Kb.
bet7/8
Sana16.06.2023
Hajmi145.44 Kb.
#1501314
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Birinchi sinfda musiqa faoliyatlarini amalga oshirish usullari

5. Ijodkorlik faoliyati ( musiqiy -ritmik harakatlar va bolalar cholg‘ularida jo‘r bolish)
Musiqiy- ritmik harakatlarni bajarish. O‘quvchilarning har tomonlama musiqiy rivojida musiqiy-ritmik harakatlar boshqa faoliyat turlari kabi muhim ahamiyatga ega. Ularda musiqiylik, ijodiylik qobiliyatlari rivojlanadi, jamoa bo‘lib harakat qilish malakalari shakllandi. Musiqaga mos harakat bajarishning tarbiyaviy ahamiyati - ritm hissi faollashadi, Musiqiy materialning o‘zlashtirishi chuqurlashadi. Harakatlar bajarish musiqiy obraz rivojini kuzatishga yordam beradi.
Musiqani diqqat bilan tinglab o‘z hissiyotlarini harakatlarda ifodalash imkoniyati o‘quvchining o‘z harakatlarini nazorat qilish qobiliyatiga ta‘sir etadi.
Musiqiy-ritmik harakatlar jamoaviy faoliyatlardan biri hisoblanadi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida yurish, yugurish va sakrashda harakat koordinatsiyalari juda yaxshi. Musiqa sadolari ostida o‘zlari maroq bilan: qarsak chaladilar, oyoqlari bilan to‘pillatadilar, turli buyumlar bilan, xususan, koptok, tayoqchalar, lentalar, sun‘iy gullar, oddiy musiqa asboblari bilan ifodali harakatlar bajaradilar. Musiqa va harakat birligini his qilish ularga xosdir. Bu sifat esa - bolalar musiqiy-ritmik harakat faoliyatida musiqiy ijrochilik qobiliyatlarini rivojlantirishda asosiy hisoblanadi. Vaqtning chegaralanganligi va maxsus xonaning yo‘qligi sababli musiqa darslarida harakatlarni bajarish o‘rinsizdir, balki ular ayrim raqs elementlarini o‘tirgan yoki turgan holda bajaradilar. Musiqiy-ritmik harakatlar ham boshqa faoliyat turlari kabi o‘quvchilarda har tomonlama musiqiy qobiliyatlarini rivojlantiradi:
- Musiqiy rivojlanadi;
- ijodiy qobiliyatlarni;
- jamoa bo‘lib harakat bajarish malakalari shakllandi.
Musiqa ostida harakatlar bajarish bolalarda ritm hissini faollashtiradi. Bu esa darsning musiqiy materialini yanada chuqurroq o‘zlashtirishga yordam berishi tarbiyaviy ahamiyatga egadir. Harakatlar yordamida o‘quvchilar asarning xarakter xususiyatlarini ko‘rsata oladilar.
Musiqiy-ritmik harakat - faoliyat asosida musiqiy materialni moterplastik qayta ishlashdir. U musiqaning emotsional ta‘sirini kuchaytiradi. Bularning hammasini musiqa, uning harakteri, kayfiyati bilan harakatning uyg‘unlashtiruvchi ko‘nikma va malakalarni singdirilishi oqibatida yuz beradi va maqsadga erishiladi.
Ritmik harakatlar yordamida musiqa shakllari, musiqiy rivojlanish qonuniyatlari haqidagi taassurotlar mustahkamlanadi. Harakat harakteri va yo‘nalishini o‘zgartirish orqaligina erishish mumkin.
Musiqiy pyesalar, qo‘shiqlarni sahnalashtirish ifodali harakatlar orqali nafaqat musiqiy-eshituv taassurotlari rivojlanadi, balki ijrochilik qobiliyatlari, badiiy didlari shakllandi. Agarda ularga mustaqil harakat o‘ylab topish vazifasi yuklatilsa, ular musiqaning obraziga, harakteriga mos o‘zlari harakat o‘ylab topadilar va bajaradilar. Odatda sahnalashtiruvchi raqslarga dasturli musiqa tanlab olinadi, chunki uning mazmuni va harakatlarning ketma-ketligi ayon bo‘ladi. O‘quvchilar o‘qituvchi bilan birgalikda mos harakatlarni topadilar. Bajarish vaqtida o‘qituvchi bolalarga yordam beradi, yangi harakatlarni to‘g‘ri va ifodali bajarish kerakligini tushuntiradi, ko‘rsatib beradi.
Harakatlarni o‘rgatish jarayonida kirish so'zi, tushuntirish, she‘riy matndan foydalaniladi. Harakatlarning yorqin taqqoslanishi o‘quvchilarni ushbu harakatlarni to‘g‘ri va ifodali bajarishlariga yordam beradi.
Musiqa ostida harakatlarni takomillashtirish paytida texnik vositalardan keng foydalanish tavsiya etiladi. Bu esa o‘quvchilarni o‘ziga tanish bo‘lgan kuylarni yangicha yangrashi bilan tanishishlari, o‘qituvchiga esa harakatlarni aniq bajarishini ta‘minlash imkonini beradi.
Boshlang‘ich sinflarda musiqiy-ritmik faoliyat quyidagicha maqsadga muvofiq rejalashtiriladi. Birinchi sinfda o‘qituvchining faoliyati bolalardagi maktabgacha muassasadagi tajribalarini yanada faollashtirish, shuningdek harakatlarni o‘zlashtirishga qaratilgan bo‘lishi kerak:
a) raqs elementlari
b) jismoniy tarbiya elementlari.
Bu yoshdagi o‘quvchilar harakatlarni o‘zlari o‘ylab topadilar. Keyin esa o‘qituvchi harakatlarning ifodali bajarilishiga e‘tibor qaratadi, chunki bolalar harakatlarni musiqa bilan aloqasini tushunishlari, ularga tanish bo‘lgan musiqiy o‘yinlardagi harakatlarni qo‘llay olish malakasini shakllantirishga yordam beradi.
Bolalar musiqaning harakter va ifoda vositalarining o‘zgarishini aniq sezishlari kerak. Musiqiy nutq elementlari, ifoda vositalari haqidagi taassurotlar ijodiy vazifalarda mustahkamlanadi.
Birinchi sinf musiqa darsida musiqiy-ritmik harakatlarni tashkillashtirishda - bosh o‘rinni o‘yinlarga ajratish lozim. O‘yinlar bolalarni musiqaga bo‘lgan qiziqishini orttiradi, musiqiy obrazni qabul qilishga yordam beradi.
Bolalar musiqiy cholg‘ularida ijrochilik faoliyati. Zamonaviy musiqiy tarbiya tizimida ayniqsa, bolalar bog‘chasida musiqiy mashg‘ulotlar o‘tkazishda musiqiy o‘yinchoq va musiqa cholg‘u asbolari o‘ta muhim va nozik hisoblanadi. Bu faoliyat turi boshlang‘ich maktabda ham qo‘llaniladi.
Bolalar musiqa cholg‘ularida chalish – o‘quvchilarning jamoaviy ijrochilik faoliyati turlaridan biridir. Uning darsdagi o‘rni o‘quvchining musiqiy qobiliyatini yuzaga chiqarish va rivojlantirish, kichik yoshdagi maktab o‘quvchilarining badiiy tajribasini boyitish, ijrochilik faoliyatiga qiziqish uyg‘otishdir.
Dars sharoitida bolalar cholg‘u asboblarida ijrochilik faoliyatini qo‘llash bir necha o‘quv-pedagogik vazifalarini hal etishga qaratilgan:
1) O‘quvchilarni dars va sinfdan tashqari hamda bo‘sh vaqtlarda ijrochilik faoliyatiga undash;
2) ularda badiiy did va qiziqishlar shakllanishiga yordam berish;
3) jamoaviy ijrochilikka qiziqishlar shakllanishiga yordam berish;
4) cholg‘ular tembrlarini farqlash, ularning jaranglashdagi uyg‘unligini his eta olishlariga erishish;
5) Musiqiy qobiliyatlarning (lad, ritm, shaklni his etish, tembr, melodik, garmonik eshituv, xotira) rivojlanishini faollashtirish;
6) O‘quvchilarda musiqiy ifoda vositalarining ahamiyati haqidagi tasavvurni shakllantirish.
Bu vazifalarni amalga oshirishda musiqiy-o‘quv repertuari va ish metodlari hal qiluvchi ahamiyatga egadir.
Darsda qo‘llaniladigan musiqiy materialning eng asosiy xususiyati - uning serqirraligidadir, ya‘ni bir yoki bir necha asarning o‘zida bir qator tasavvur, malaka, ko‘nikmalar shakllantirilishi imkoniyati borligidadir. Bundan tashqari, musiqiy material (musiqiy asar) o‘quvchilar va o‘qituvchining birgalikdagi ijrosi uchun qulay bo‘lishi va ijodiy harakatlar shakllantirishga qaratilgan bo‘lishi lozim. Bolalar cholg‘ularida chalish eshituv va ovoz koordinatsiyasi (muvofiqligi) bo‘sh bo‘lgan o‘quvchilarning musiqiy-ijodiy rivoji uchun ham ayniqsa foydalidir.
Musiqa o‘qituvchisi musiqa cholg‘ulari yordamida bolalarni musiqaga mos ravishda harakat qilishga o‘rgatadi. Bolalar tanishib bo‘lgan kuylariga mos ohang chalishni ritmga mos usul berishni, yengil bo‘lgan kuylarni ijro etishni, qo‘shiq kuylash jarayonida jo‘r bo‘lishni o‘rganadi. Bolalar cholg‘ulari sof jaranglashi, toza sozlanishi o‘ziga xos tembriga ega bo‘lishi, ko‘rinishi va og‘irligi jihatdan bolalarga mos bo‘lishi kerak. Ta‘mir talab cholg‘ular bolalarga berilmasligi kerak.
Darslar natijasida o‘quvchilar quyidagilarni bilishlari lozim:
- cholg‘ular nomlarini va ularni extiyot qilish yo‘llari;
- cholg‘ular tembrlarini eshituvda farqlash va ularning ifodaviylik xususiyatlarini anglashlari;
- har qaysi cholg‘u asbobida chalish usullari va yo‘llarini o‘rganish;
- cholg‘ularda tovush hosil qilish va tovush yo‘naltirishning (legato, stakkato) ifodaviylik ahamiyatini tushunish;
- ansambl ijrochiligi malakalarini hosil qilish, murakkab bo'lmagan kuylarni chala olish;
-tovush balandligiga ega cholg‘ularda baland va past tovushlarning joylashuvini bilish, nota nomalari va ularning nota chizig‘idagi o‘rnini bilish.
Darsdagi ish natijalari ko‘proq cholg‘ularga bog‘liq. Shuning uchun ba‘zi cholg‘ularning tovush sifatiga, tovush hosil qilish texnikasi talablarini hisobga olish zarur.

Xulosa.
Xulosa qilib aytsak, maktab o‘quvchilarida musiqa savodxonligini amalga oshirishning ahamiyati katta. Bola birinchi sinfda harflarni o‘rganib, ular orqali oddiy so‘zlardan boshlab kitobga qarab o‘qishni o‘rganishi qanchalik zarur bo‘lsa, musiqadan bahramand bo‘lish uchun notalarni o‘rganishi ham shunchalik zarur. Ammo, ayrim maktablarda o‘quvchilar 4-sinfni tugatib ham notalarni ularning shaklini bilmaydilar. Buning sababi ko‘p. Asosiy sabablardan biri – boshlang‘ich sinflar musiqa madaniyati darslarining mutaxassis o‘qituvchiga bermasdan sinf o‘qituvchilarining o‘zlariga berishdadir. Maxsus musiqiy ma‘lumotga ega bo‘lmagan boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari asosan qo‘shiqlarning matnini yozdirib, yodlatib, to‘g‘ri kelgan ohang bilan ayttirib yuradilar. Darsliklarda berilgan mavzularni yozdirib, takrorlatib, so‘rab darsni o‘tkazadilar. Ayrimlari magnitafondan foydalanib to‘g‘ri, noto‘g‘ri musiqa tinglashni ham tashkil etishlari mumkin. Ammo o‘quvchilarga qo‘shiqni aniq yozilgan ohangi bilan o‘rgatish, o‘z ijrolarida kuy va qo‘shiq tinglatishni bir foiz o‘qituvchilar amalga oshirishi mumkin. Musiqa savodi ya‘ni nota belgilarini o‘rgatishning ahvoli bundan ham yomon bo‘lishi mumkin. Chunki, aksariyat boshlang‘ich sinf o’qituvchilarining o’zlari nota yozuvini bilishmaydi.
Bu masala mutaxassis musiqa o’qituvchilari darslarida ancha yaxshi bo’lishi mumkin. Lekin hamma mutaxassis musiqa o’qituvchilari ham nota savodini yaxshi biladi, xususan boshlang’ich sinf o’quvchilariga notalarni o’rgatish metodikasiga amal qiladi deb bo’lmaydi.
Biz ishimizda asosan hozirgi sharoitlarni hisobga olib, ulardan kelib chiqib, o’quv DTSlari, dasturlar va darsliklarni imkon darajasida tahlil qildik. Ayrim darsliklarda berilgan musiqa savodi materiallari to’g’ri tasniflangan. Ammo ularni o’rgatish masalalarida bir muncha qiyinchiliklar bor. Masalan, birinchi sinfda notalarni o’rganishdan oldin bu ishga etarli tayyorgarlik ko’rilishi kerak. O’quvchilar tovushlarning baland, o’rta va past bo’lishini rasmlar vositasida bilishlari kerak. Masalan ayiq katta, u karnay yoki kontrabas kabi o’ziga xos asbob chalayapti, qushcha kichik u surnay yoki skripka chalayapti kabi tushunchalar hosil qilish orqali past va baland, har bir tovushdan keyin zinapoyalar kabi keyingi undan balandroq pog’onaga chiqish singari notalarning balandga chiqishi va pastga tushishini o’rgatish mumkin. Bolalar o’qishni bilganidan keyin, ularga she’rlar o’qish orqali notalarni qiziqib bilib olishlari, keyinchalik rebuslar orqali bo’g’in va nota chiziqlarida joylashgan nota nomini qo’shib so’z tashkil etish, hatto rebus orqali oddiy ertak o’qish ham mumkin.
Hozirgi kunda testlardan keng foydalanish orqali musiqa yozuvini ( notalarni) aniqlab olish ham nazarda tutilgan. Agar aytilgan barcha vositalardan foydalanib, bolalaoni qiziqtiruvchi o’yinlarga asoslangan metodikadan foydalanilsa, notalarning vazifalarini ochib beruvchi she’rlar va rasmlarni o’rinli qo’llasa o’quvchilar musiqa savodini tez o’rganadilar.
Maktab o’quvchilarida musiqiy savodxonlikni shakllantirish faqat nota belgilarini quruq o’rganib olish emas balki ularni ijro jarayoni bilan bog’lab o’rganishdadir.



Download 145.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling