«musiqa nazariyasi» kafedrasi
Download 237.77 Kb.
|
МДХ маърузалар матни тайёр
Nazorat savollari:
P. I. Chaykovskiyning "Uyqudagi go`zal" baleti nechta pardadan iborat? P. I. Chaykovskiy o’z ijodi orqali qanday islohotni yuzaga keltirdi? Mavzu: «Oq qush ko'li» baleti. Uch pardali balet. Libretto mualliflari:V. Begichev, V. Geltser. Sahnalashtiruv: M. Petipa, L. Ivanov. Rassomlar: L. Andreyev, M. Bocharov, G. Levot, Ye. Ponornaryov. Ilk namoyish: Peterburg, Mariin teatri 1895-yil, 15-yanvar kuni. Qatnashuvchilar: Odetta-oq qushlar qirolichasi. Odilliya-Rotbardning qizi. Rotbard ritsari- yovuz daho. Malika. Zigfrid, malikaning o'g'li. Benno-shoxzodaning murabbiysi. Tserimoniy meyster. Gerold. Saroy qoshidagilar, mehmonlar, pajlar (soqchilar), dehqonlar, hizmatkorlar. Oq qushlar va oq qushchalar. Qasr oldidagi bog'. Benno oshnalari bilan birga shahzoda Zigfridga qarab turishibdi. Ular uni voyaga yetganligini nishonlamoqchi. Volfgang jo'rligida Zigfrid kirib keladi. Bazm boshlanadi. Dehqonlar ham Zigfridni tabriklamoqda. Hamma raqsga tushadi. Yug'urib kelgan xizmatkorlar Malika – onaning kelganini habar berishadi. Zigfrid onasini qarshi oladi. Onasi o'g'li bilan mehr bilan ko'rishib, ertaga balda u o'ziga kelin tanlab olish kerakligi haqida yana bir bor eslati bo'tadi. Malika ketadi. Zigfrid hayron, u ham hechkimni sevmaydi, o'z erkinligini yo'qotishdan cho'chib turadi. Kechkiyapti. Osmonda oq qushlar to'dasi parvoz qilmoqda. Yigitlar ovga chiqib kunni tugatmoqchilar. Yovoyi joy. Uzoqroqda ko'l yaltirab turibdi. Cherkov ko'rinmoqda. Oydin kecha. Ko'lda mag'rur oq-qushlar to'dasi suzmoqda. Boshida –toj taqqan oq qush. Zigfrid va Benno ovchilar bilan paydo bo'lishadi. Oq qushlarni ko'ribla, ularga kamon otmoqchi. Oq qushlar uchib ketishadi. Cherkov atrofi nurga to'lib ketadi. Oq qushlar qizlarga aylanib, Zigfrid va Benolardan ularni o'ldirmaslikni iltimos qilishadi. Zigfrid oq qushlarni ko'rib, go'zalligidan hayratda qoladi. Qiz yovuz daho ularni sehrlab qo'ygani, ular jodugarning bahtsiz qurbonlari, quyosh chiqsa oq qushga aylanib, uchadi, quyosh botgandagina qizlar qiyofasida yurishadi. Qachonki, kimki Odettani chindan sevib qolsa, o'shandagina hamma jodular yo'qolib ketadi va u o'z xolatiga qaytadi. Zigfrid har daqiqa bilan Odettani qattiq sevishni boshlaydi. U uni sodiq va mangu sevishga qasam beradi. Tong otib, Odetta Zigfrid bilan hayrlashadi, ko'lda yana oq qushlar paydo bo'lib, ular ustida esa qora qush – Rotbard – jodugar uchib turadi. Saroydagi bal. Malika va Zigfrid tantanali chiqishadi. Mexmonlar ta'zim qilmoqda. Birin-ketin Zigfrid va uning onasi oldidan qizlar o'tib ketmoqda. Xech qaysi biri yigit yigitning yuragini jiz etmaydi. Xayoli faqat sehrlangan qizda. Qarnaylar yangi mexmonlar kelgani haqida darak bermoqda. Zalda ritsar Rotbard paydo bo'ladi. Aslida bu yovuz daho, jodugar. U Rotbard kiyofasiga kirib olgan bo'ladi. U bilan birga – Qizi Odilliya. Zigfrid o'zini yo'qotib qo'yadi, chunki Odilliya Odettaga juda o'hshab ketadi. Lekin nimadir yovuz, qo'pol va o'hshashlikni buzib turibdi. Qo'l xarakatlarida nafislik yo’q. Odilliya Zigfridga kulib boqadi va u unga qo'lini uzatadi. Demak tanlov bitti. Odilliya endi Zigfridning qaylig'i. Zigfrid onasiga va Rotbardga uylanmoqchi ekanligini aytadi. Muxabbat qasamyodini bildirib bo'lganidan so'ng derazaga urinib turgan oq qushni payqab qoladi. Hamma gapni tushunib, Zigfrid afsusda, pushaymon bo'lib zoldan yugurib chiqib ketadi. Hamma hayron. Yana ko'l sohili. Qizlar Odettaga qarab turishibdi, ukelib, ularga xiyonat haqida gapirib beradi. Endi ular hech qachon jodu sehridan qutila olmaydi. Zigfrid keladi. Bilmasdan xiyonat qilib qo'yganini, tuShuntiradi. Sevikli va sevadigan qiz yigitning har bir so'ziga ishonadi, lekin ilojosi qancha, endi u vafot etishi kerak, Zigfrid esa Odilliyaga ya'ni Rotbardning qiziga uylanishi shart, chunki hamma oldida (ko'pchilikni oldida) so'z bergan. Lekin aldanib qolgan Zigfrid Odettadan ketolmaydi. Ularni muhabbat kuchi bog'lab turibdi. Rotbardning jahli chiqib, ularni ajratmoqchi bo'ladi. Ammo befoyda. Muhabbatning buyuk qudratiga bardosh bera olmagan jodugar o'lib ketadi. Odetta va Zigfrid tog' choqqisiga chiqib, o'zini ko'lga tashlaydi. Suvosti podsholigi sehrli nurga to'lib ketadi. Zigfrid va Odetta boqiy, mangu baht qasriga intilib ketmoqda. Download 237.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling