«musiqa nazariyasi» kafedrasi


Download 237.77 Kb.
bet28/47
Sana31.03.2023
Hajmi237.77 Kb.
#1311223
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   47
Bog'liq
МДХ маърузалар матни тайёр

Nazorat uchun savollar:
1. XIX asming 60—70-yillarida Rossiya musiqiy hayotida yuz bergan voqealar haqida so‘zlab bering.
2. «Qudratli to‘da» ijodiy to‘garagi haqida ma’lumot bering.
3. XIX asming II yarmi rus musiqa san’atida qanday janrlar rivoj topdi?
4. Simfonik janrlar haqida sozlab bering.
5. Kamer-vokal va kamer-cholg‘u janrlari haqida gapiring.
6. Opera janrining turlari va rivoji haqida so‘zlab bering.
7. XIX asrda ijod qilib o‘tgan rus kompozitorlarining A.S.Pushkin asarlariga yozgan operalarini sanab o‘ting.
8. XX asr boshida qaysi kompozitorlar ijod qildilar va qanaqa janrlar rivoj topdi?
Ijodiy topshiriqlar
Hayotda sodir bo‘ladigan ayrim hodisalar, kompozitorlar ijodiy yo‘lining uzilishiga sabab bo‘lgan. Tugallanmay qolgan asarni ularning zamondoshlari tugatganlar, ularning xolisona xizmatlari tufayli asarlar tugallanib, dunyo yuzini ko‘rgan va butun jahon e’tiborini qozongan. Quyidagi asarlar kimlar tomonidan tugallangan?
— A.P.Borodinning «Knyaz Igor» operasi;
— M.P.Musorgskiyning «Xovanshina» operasi;
— M.P.Musorgskiyning «Boris Godunov» operasi;
Rus kompozitorlaridan qaysi biri musiqa vositalari yordamida turli xil holatlami, o‘zgaruvchan dengizni goh maftunkor sokin holda, goh esa juda qudratli, shiddatli holatda tasvirlashning beqiyos ustasi sanalgan?


MAVZU: ALEKSANDR KONSTANTINOVICH GLAZUNOV.
A.K.Glazunov rus klassik musiqasining oxirgi namoyondalaridan biri bo’lib, u XIX asrning oxiri XX asrning boshlarida yashab ijod kilgan. Glazunov Ballakirev, Rimskiy-Korsakov ustozlaridan tashkari Borodinni ijodi unga ta'sir kilgan. Borodinning epik baxodirlik obrazi kompozitorni ijodida xam shakillangan. Glazunovning musiqa xarakteri nixoyatda milliy. O’z asarlarida xalq qo’shiq mavzularidan foydalanmagan lekin yaratgan musiqiy asarlari milliy obrazlarni va xarakterini xaqqoniy tasvirlagan. Uning ijodida Polsha, Venger, Shark va Ispan, Yunon va Fin xalqlarni musiqasi gavdalangan.
Glazunovning musiqa tili erkin tanalliklarning taqqoslanishi, fakturani boyligi, kupovozlik, polifonik ifodalash vositalarini aynan imitasion palifoniyani kullanilishi bilan xarakterlanadi.
Glazunov barcha janrlarda ijod kilgan. U asosan musiqa cholg’ulari bilan Shug’ullanadi. Ijodining asosiy o’rinlaridan birini instrumental musiqa egallaydi.
Kompozitor 8 ta simfoniya yozgan. Simfonik musiqasida Chaykovskiy, Borodin, Ballakirev Vagnerni ta'siri yaqqol seziladi.
Glazunov ijodining gullagan paytida 3 ta baletini yozgan. Balet musiqasida simfonik va rake janrlarini birma-bir uzviy bog’lanishi namoyon qilingan. Baletlar ichida "Raymonda" baleti dunyoda mashxurdir kompozitor dromatik spektakllar uchun musiqalar xam yaratgan.
Alkesandr Konstantinovich Glazunov 1865 yil 10 avgustda Peterburgda tug’ilgan. Uning otasi skripka ijrochisi, onasi fortepianoni yaxshi ijrochisi bo’lgan. Glazunov musiqa saboqlarini uyidan olgan. U 13 yoshida Belyaev bilan safarga chiqadi va u yerda List bilan tanishadi va 1- simfoniyasini yozadi. Yarim yildan keyin 1-kvartetini yozadi va bu asari kompozitorga katta omad olib keladi. Kompozitor umrining oxirgi kunlarida vataniga qaytishga umid qiladi. Glazunov 1936 yil 21 martda Parijda vafot etgan.
IJODIY MEROSI:
Glazunov o’z ijodi davomida 8 ta simfoniya, 3 ta balet, 7 ta torli kvartet, 2 ta kvartetli syuita, 2 ta fortepiano uchun prelyudiya va fuga violonchel uchun konsert ballada, soksofon uchun kvartet yozdi. Kompozitor Lermontovning "Maskarad" nomli drammasiga musiqa, Borodinning "Knyaz Igor" operasi uvertyurasi va III simfoniyasi 3-4 qismini tiklab tugatdi. Glinka, Dargomjiskiy, Musorgskiy, Gaydn Listning vokal va fortepiano asarlarini orkestr uchun moslashtirgan. MusiqaShunoslik soxasida u ko’pdan-ko’p maqolalar yozgan. Ularni Raxmaninov, Chaykovskiy, Shubert, Bax ijodlariga bag’ishlagan.

Download 237.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling