Musiqa o‘qitish metodikasi fanidan kurs ishi mavzu: Musiqa darslarining umumdidaktik printsiplari va ularning ta’lim jarayonidagi ahamiyati


Download 295.83 Kb.
bet7/8
Sana17.10.2023
Hajmi295.83 Kb.
#1705344
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Dilorom

T A Q R I Z


Zamonaviy pedagogik texnologiyalarni ta’lim jarayoniga joriy etish asosida o’qitish samaradorligini oshirish davr talabi sifatida barcha pedagog o’qituvchilar qatorida musiqa o’qituvchisining ham zimmasiga katta mas’uliyat yuklaydi. Har qanday fanni, shu jumladan musiqa madaniyati darslarini o’qitish jarayonida ham faollashtirilgan, o’quvchilarni darsning faol ishtirokchilariga, mustaqil fikrlovchi, mushohada qiluvchi,o’z fikrlarini bildira oluvchi shaxs sifatida namoyon qilishi uchun imkoniyat yaratuvchi-bu o’qituvchidir. O’qituvchi o’zi va o’quvchilar uchun qulay va qiziqarli bo’lgan o’qitish usullari, yo’llari, shakllari, vositalari bilan birgalikda ulardan foydalanish shart-sharoitlarini belgilaydi, ilg’or pedagogik texnologiyalar yordamida o’quv jarayonisamaradorligini oshirishga harakat qiladi. Shu boisdan ham innovatsion pedagogik texnologiya, ta’lim texnologiyalariga o’quv jarayonidagi eng samarali vositalar sifatida qaralmoqda. Ulardan bugungi kunda jahon pedagogikasi amaliyotida keng foydalanilmoqda. Ushbu mavzu Zayniddinova Dilorom tomonidan kurs ish sifatida yozilgan va yakuniy D.A.K ning barcha talablariga javob beradi. Ish Zayniddinova Dilorom tomonidan
mustaqil holda bajarilgan bo’lib, kirish, asosiy qism, 2 bob, 4 paragrif, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat. Men, taqrizchi sifatida Zayniddinova Dilorom tomonidan yozib to’liq tugallangan va mustaqil bajarilgan kurs ishini himoya qilishga tavsiya etaman.

Taqrizchi: Toshkent viloyati, Parkent tumani, 28 umumiy òrta talim maktabi direktori : Inobatov Xayrulla Xamidullayevich

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika universiteti
Pedagogika fakulteti “5111100-Musiqa ta’limi” yo’nalishi
20/3 guruh talabasi Zayniddinova Dilorom ning
Musiqa o‘qitish metodikasi” fanidan “Musiqa darslarining umumdidaktik printsiplari va ularning ta’lim jarayonidagi ahamiyati.” mavzusidagi kurs ishiga
TAQRIZ


Musiqa – turli-tuman tovushlar bilan obraz yaratib beruvchi, g’oyaviy emotsional mazmuniga ega bo’lgan san’atning bir turi xisoblanadi.
Shifokorlarning fikricha sokin kuy yurak qon tomirlarining bir maromdagi harakatini ta’minlar, sho‘x kuy-qo‘shiqlar esa tushkun kayfiyatimizni ko‘tarishga yordam berar ekan.
Umuman, musiqa insonga hordiq berish bilan birga boshqa vazifalarni ham zimmasiga oladi. Aytaylik, u kishida madaniyatning shakllanishiga xizmat qilmog‘i, aqliy ozuqa bermog‘i lozim. Bu vazifani faqat yuksak mahorat bilan yaratilgan musiqa asarigina uddalay oladi. Bunday musiqa asarlarini esa qobiliyatli inson yarata oladi. Qobiliyatning shakllanishi tabiiy layoqatdan tashqari, ijtimoiy imkoniyat va sharoitga ham bog‘liqdir. Musiqa jonsiz tanaga jon, ruhsiz vujudga ruh bag‘ishlagani haqida Sharqu - G‘arb ilmi, adabiyotda farazlar, afsonayu rivoyatlar juda ko‘p. Aksariyat mutaxassislar musiqaning yaratilishi inson zoti paydo bo‘lib, tabiat hodisalariga, hayvonlarga taqlid qilishdan, yo ilk bor kulib yoxud yig‘laganda chiqargan un-tovushlarga bog‘lab izohlaydilar. Ajdodlarimiz musiqani shifo, najot deb bilganlar
Har bir xalqning bebaho kuy, qо‘shiq, ashulalari, ya’ni xalq musiqasi mavjud. Kо‘p asrli taraqqiyot yо‘lini kechgan xalq musiqasi har bir inson qalbida muhim о‘rin egallab, milliy ma’naviy qadriyatning qimmatli bо‘lagi hisoblanadi. Musiqa san’ati inson paydo bо‘lgan davrdan boshlab uning hayot yо‘ldoshi bо‘lib kelmoqda.
Musiqa insonning his-tuyg‘ularini ifoda etishga qaratilgani bois boshqa san’at turlaridan kо‘ra kо‘proq emotsional ta’sir kuchiga egadir. Musiqa san’ati – musiqiy cholg‘u yoki inson ovozi orqali ijro etilgan tovushlarning tashkil etilgan va tartiblangan san’atidir. Musiqani idrok etish uchun inson о‘zining tafakkuri, dunyoqarashi va iqtidoridan foydalanadi. Musiqa san’at turlari ichida muhim о‘rin egallab, opera, balet, teatr kabi boshqa san’at turlariga ham katta ta’sir kо‘rsatadi. Musiqa faqat tinglash orqali hamda insonning his-tuyg‘ulari vositasida qabul qilinishi bois, boshqa san’at turlaridan murakkabroqdir.
Yuqoridagilarni e’tiborga olgan holda, Pedagogika fakulteti “5111100-Musiqa ta’limi” yo’nalishi 20/3 guruh talabasi Zayniddinova Dilorom ning “Musiqa o‘qitish metodikasi” fanidan “Musiqa darslarining umumdidaktik printsiplari va ularning ta’lim jarayonidagi ahamiyati” mavzusidagi kurs ishi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi  bakalavriat bosqichi talabalarining kurs ishida tayyorlash talabiga to’la mos keladi. Mazkur kurs ishini tugallangan deb hisoblayman va uni himoyaga tavsiya etaman.



Download 295.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling