Musiqa ta’lim yo’nalishi” 3- kurs 303- guruh talabasi Murodbekov G‘ayratjon Sayfiddin o‘g‘li


ASARLARI RO'YXATI Simfonik asarlar


Download 1.79 Mb.
bet5/6
Sana17.06.2023
Hajmi1.79 Mb.
#1519977
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Ferens List fortepiano ijodining cholg’u musiqasidagi o’rni

ASARLARI RO'YXATI
Simfonik asarlar
— 13 ta simfonik poemalar.
— Ikkita simfoniya: «Faust», «Dante».
Oratoriyalar va messalar
— «Avliyo Yelizaveta haqida afsona».
— «Iso».
— Gran messasi.
— Venger tantanali messasi.
— Qo'shiqlar va romanslar (90 ga yaqin).
Fortepiano uchun asarlar
— Yuksak ijrochilik mahorati etudlari.
— Paganini bo'yicha katta etudlar.
— Uchta konsert etudlari.
— Ikkita konsert etudlari.
— «Sayohatchi albomi».
— «Sayohat yillari».
— «Shoirona va diniy garmoniyalar».
— «Ovuntirishlar».
— «Venger tarixiy portretlari».
— 2 ta afsona.
— 2 ta ballada.
Sonata
— «Mefisto-vals».
— Venger rapsodiyalari.
— Valslar, galoplar, polonezlar, chardashlar, marshlar va
boshqa asarlar.
Fortepiano uchun asarlar transkripsiyalari va qayta
ishlangan asarlar
— Shubert asarlari (72).
— Betxoven asarlari (3).
— Veber asarlari (15).
— Shuman asarlari (14).
— Vagner asarlari (12).
— Berlioz asarlari (9).
— Mendelson asarlari (9).
— Guno asarlari (4).
— Verdi asarlari (8).
— Bax asarlari (7).
— Shopen asarlari (6).
— Meyerber asarlari (6).
— Donitsetti asarlari (6).
— Bellini asarlari (5).
Fortepiano va orkestr uchun asarlar
— Birinchi konsert Es-dur.
— Ikkinchi konsert A-dur.
— «O'lim raqsi» (1849, qayta ishlangan — 1853,
1859).
Venger rapsodiyalari»
Listning juda ko’p fortepiano asarlari orasida «Venger rapsodiyalari» tarixiy va badiiy ahamiyati jihatidan eng muhim o’rinlardan birini egallaydi. Ular soni o’n to’qqizta bo’lib, folklor manbalar asosida yozilgan. Rapsodiyalar venger va cigan (lo’li) halqlarining qo’shiq va raqslari mavzulariga yozilgan fantaziyalardir. Chuqur milliy ruh bilan sug’orilgan bu asarlar milliy ozodlik uchun kurash davrida venger halqining o’zligini anglashiga juda katta yordam berdi. Ularning tarixiy ahamiyati ham shundadir. Venger rapsodiyalari faqat Vengriyada emas, boshqa mamlakatlarda ham katta shuhrat qozondi.
«Rapsodiya» so’zi grekcha bo’lib, «qo’shiq» degan ma’noni anglatadi. XIX-asrda rapsodiya janr sifatida fortepiano musiqasiga kirib keldi. List birinchi bo’lib rapsodiyalarni xalq qo’shiq va kuylari asosida yozilgan fantaziyalar sifatida yaratdi. Rapsodiyalarning ko’pchiligi ikki bo’limdan iborat. Birinchi bo’lim sekin sur’atda bo’lib qo’shiqni eslatadi. Tez chalinadigan bo’limda venger xalqining mashhur va sevimli raqsi «chardash» ga xos xususiyatlar bor. Halq musiqasidagi kabi musiqiy mavzularning variaciya uslubida rivojlantirilishi Listning ko’pchilik rapsodiyalariga xos xususiyatdir.
Venger rapsodiyalari orasida Ikkinchi, Oltinchi, O’n ikkinchi va O’n to’rtinchi rapsodiyalar nihoyatda mashhurdir. Ikkinchi rapsodiya musiqiy mavzularining xilma-xilligi, Oltinchi rapsodiya ajoyib variaciyalari, O’n ikkinchi rapsodiya badiha uslubidagi rivojlanishi va O’n to’rtinchisi qahramonlik mavzusi va erkin uslubda rivojlanishi bilan tinglovchiga estetik zavq beradi. Bu rapsodiyalar simfonik orkestr ijrosi uchun ham qayta ishlangan.
F.List ijodida transkriptsiya va simfoniyalar Simfonik asarlaridan keyin F.List ijodida asosiy ikkinchi bo`limni tashkil qiladi. Fortepiano musiqasiga nisbatan aynan simfonik asarlarida abstrakt g`oya va yangi yo`nalish kuchliroq namayon bo`ladi. Uning simfonik ijodi badiiy yetuklikga yetgan asarlardan tashkil qiladi. Simfonik ijodida ham programmali yo`nalish tashkil qiladi. Kompozitor orkestri o`zining jarangdor, go`zal va boy ohanglari bilan ajralib turadi. F.List orkestrda uchta asosiy guruhni belgilaydi. Torli, puflama yog`ochli va puflama mis cholg`ulari.
F.List simfonik poema janrining romantik yo`nalishidagi asoschisi. 1854- yilgacha simfonik poemalari yozilgan. Hammasi bo`lib 13 ta simfonik poema yozgan. F.List simfonik poemalari erkin bir qismli programmali asarlar bo`lib, ulardan sonata, variatsiya, rondo shakli b’azilarida esa to`rt qismli sonata tsikl shakli asos bo`ladi. F.List o`zining betakror simfonik poemalarida esda qoladigan musiqiy obraz yaratib, turli hayotiy vaziyatlardagi harakatini ko`rsatgan. “Prelyudlar” simfonik poemalar orasida eng mashhurlaridan biri. F.List simfonik poemalarida obrazlar doirasi juda keng. F.List Vagner kabi orkestrda kulminatsiya paytida mis puflama cholg`ularining kuchli unison uslubini torli cholg`ular fonida ishlatadi. Bu janrni shakllanishiga romantik simfonizm oqimini shu ko`rinishdagi uslubda F.List davrigacha bo`lgan namunalari edi. Bir tomondan ko`p qismli tsiklni bir yagona mavzuga asoslantirish yo`nalishi bo`lsa, ikkinchi tomondan simfonik poemalar paydo bo`lishiga programmali kontsert uvertyuralaridan sabab bo`ldi. Birinchisiga misol qilib Mendelson “SHotlandiya simfoniyalari”, R.Shuman “Re minor simfoniya” asarlarini keltirish mumkin. Ikkinchisiga Mendelson uvurtyuralari va L.Betxovenning “Kariolan”, “Leonora № 2” asarlarini misol qilib keltirish mumkin. Bu ikki variantni o`xshash tomonlarini F.List o`zining simfonik poemalariga kiritib boshida kontsert uvertyuralari deb ham yuritdi.
F.List yaratgan yangi janr paydo bo`lishiga R.SHuman, SHubert, SHopenlarning “Fantaziya”, “Ballada” va turli fortepiano asarlari kabi yirik murakkab bir qismli asarlar ham nomuna bo`ldi. Simfonik poemalardagi obrazlar doirasi juda keng. Bu obrazlarni yaratishda F.List ko`p asarlar davomida xalq tomonidan yaratilgan jaxon adabiyoti nomunalari asos bo`ldi. Uni ruhlantirgan jaxon adabiyoti asarlarida antik davri miflari “Orfey”, “Rometey”, XVII-XVIII asar nomunalari ingliz va nemis tragediyalari- SHekspirning “Galet”, Getening “Tosso”, frantsuz va venger zamondoshlari asarlaridan Gyugo “Mazepa”, “Tog`da nima gap”, Lamortinaning “Prelyudlar”, Vereshmartining “F.Listga” asarlarini aytib o`tish mumkin.


Xulosa
Ferens List - buyuk venger kompozitori, pianinochi, dirijyor, Vengriya musiqa san’ati rivojiga katta hissa qo‘shgan jamoat arbobi. Listning taqdiri shunday bo`ldiki, u Vengriyani juda erta tark etadi. Kompozitor umrining ko‘p yillarini Fransiya va Germaniya shaharlarida o‘tkazdi. San’atkor List doimo o‘zining venger ekanligini ta’kidlagan.
U o‘z xalqi, Vatani bilan faxrlanib, doimo venger musiqa madaniyatini qo‘llab-quvvatlagan va rivojlantirishga harakat qilgan. Hayoti davomida List venger mavzusiga ko‘p murojaat qiladi. Buni kom­ pozitor tomonidan yaratilgan bir qancha asarlarida ham ko‘rish mum­kin.
Jumladan, “Venger uslubidagi qahramonlik marshi”, “Vengriya” kantatasi, bir nechta “Venger milliy kuylari” daftari, vatan obrazlari bilan bog‘liq uchta simfonik poema, “Qahramonlar haqida girya”, “Vengriya”, “Gunnlar jangi”, xalq ohanglari qo‘llanilgan erkin shaklli venger rapsodiyalari, Vengriyaning mashhur arboblari Sh.Petefi va M.Vereshmartilaming musiqiy xarakteristikasidan iborat “Venger portretlari” fortepiano uchun mo‘ljallangan qo‘shiqlar turkumini keltirish mumkin. Shuningdek, Venger mavzularini quyida damli cholg’ular uchun maxsus yozilgan asarlarida ham eshitish mumkin, masalan, “Gran ibodati”, “Muqaddas Yelizaveta haqida afsona”, “Venger toj kiyish marosimi” messasi va boshqa bir qancha asarlarini keltirib o‘tish mumkin. Listning Vengriya bilan bo‘lgan aloqalari haqida uning “Venger lo‘lilari musiqasi” haqidagi kitobida va uning Budapeshtdagi milliy musiqa akademiyasi birinchi prezidenti etib tayinlanishi (1875) guvohlik beradi. List - musiqiy romantizmning eng yorqin namoyandasi. U kom­pozitor sifatida turli g‘oyaviy qarama-qarshiliklar, ziddiyatlar va romantik estetikaning
ta ’sirini ham boshidan o‘tkazgan edi.
Listning o ‘zi ham ziddiyatlardan holi emas edi. Ijod qarama-qarshiligi bir tomondan, dasturiylikka, musiqaning aniq obrazliligiga intilishida ko‘rinsa, ikkinchi tomondan, bu vazifalami bajarishda reallikdan uzoqlashish namoyon bo‘ladi. Listning dasturiylikka munosabati progressiv hodisa edi. Kom­pozitor o‘z san’ati bilan uni qadrlaydiganlaming tor doirasi bilan cheklanmay, tinglovchilaming keng ommasi bilan so‘zlashishni istardi. Chuqur fikrlar va tuyg‘ulami gavdalantirishga harakat qilib, u ko‘pincha abstraksiya, noaniq falsafa to‘qish holatiga tushib qolar va shu sababli beixtiyor tarzda o‘z asarlarining ta’sir doirasini cheklab qo‘yardi. Lekin ulaming eng yaxshilarida dastuming bunday umumiy noaniqligi va noravshanlik yengib o ‘tilardi. List yaratgan musiqa namunalari aniq va tushunarli, mavzusi ta ’sirli va ravshan, shakli aniq edi.
Dasturiy an’analar Listning ko‘plab transkripsiyalarida ko‘zga tashlanadi, negaki, ular opera va romanslarning aniq syujeti bilan bevosita bog‘liq. Listning venger xalq hayoti manzaralarini aks ettiruvchi rapsodiyalari ham dasturiy asarlar hisoblanadi. Listning dasturiylik tamoyillari Berlioznikidan farq qiladi. Berlioz simfoniyasida syujet rivojini bayoniy uslubda bersa, Listni ko‘proq asosiy poetik g‘oyaning umumlashmasi qiziqtiradi. o‘zining rang-barang topilmalari bilan List melodika sohasini kengaytirgan holda bir vaqtning o ‘zida u garmoniya sohasida ham yangiliklar kiritadi.
Ferens List - “simfonik poema” janri va “monotematizm” deb ataluvchi musiqiy rifojlanish usullarining yaratuvchisi bo‘lib hisoblangan. Listning fortepiano texnikasi, faktura sohasidagi muvaffaqiyatlari ahamiyatlidir, negaki, List daho darajasidagi ijrochi bo'lgan va tarixda unga yetadigani bo‘lmagan.

Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling