Musiqa tarixi” fanidan O`quv-uslubiy majmua


Download 1.35 Mb.
bet40/49
Sana17.06.2023
Hajmi1.35 Mb.
#1551641
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   49
Bog'liq
Z.Xaydarov Musiqa tarixi Majmua

Shtraus (Strauss) Rixard (1864.11.6 - Myunxen - 1949.8.9, Garmish-Partenkirxen, Myunxen yaqinida) — nemis kompozitori va dirijyor. 1885 y.dan Germaniya va Avstriya simfonik va opera orkestrlarida ishlab dirijyor sifatida tanilgan; Yevropa va Amerika mamlakatlarida konsertlar bergan. Berlin san'at aka-demiyasida kompo­zitsiya mahorati sinfi rahbari (1917-20), Impe­riya musiqa palatasi prezidenti (1933-35). Sh. -operalar («Salo­meya», 1905; «Elek­tra», 1908; «Dana muhabbati», 1940 va b.), baletlar, 2 simfoniya, fanta­ziya («Italiyadan», 1886), simfonik poemalar («Don Juan», 1888; «Qahramon hayoti», 1898 va b.), variatsiya, konsertlar, kamer cholg‘u asarlar, xorlar, qo‘shiqlar va b. muallifi. Keng ko‘lamli Sh. ijodi garmoniya va orkestr bo‘yoqlarining rang-barangligi, mavzularining o‘ziga xosligi b-n ajralib turadi. Ayniqsa, simfonik poemalari mashhur. Ularda F. List va G.Berliozning dasturli simfonizm an'analarini, shuningdek, R. Vagner-ning orkestrlashdagi yutuqlarini ri-vojlantirgan. Asarlarida ekspressio­nizm, neoklassitsizm, F. Nitsshe falsafasi (xususan, «Zardusht tavallosi» simfonik poemasi, 1896) ta'siri bor. Sh. ijodi 20-a. Yevropa musiqasiga katta ta'sir ko‘rsatgan. Eng yaxshi asarla­riga hayotbaxshligi, insonparvarlik, go‘zallikni tarannum etishi xos. Geydelberg, Oksford va Myunxen un-tla-ri faxriy doktori. Berlin va Vena San'at akademiyalari a'zosi.
Shuman (Schumann) Robert Aleksander (1810.8.6, Svikkau - 1856.29.7, Endenix, Bonn yaqinida) - nemis kompozitori, 19-asr musiqiy romantizmning namoyandalaridan. F.Vik (fortepiano) va G.Dorn (kompozitsiya)dan ta'lim olgan. Shuman ijodi uchun dasturlilik va inson tuyg‘ularini chuqur psixologik ochib berish xos. Shuman o‘z asarlarida hayot oqimini butkul aks ettirishga intilgan, har bir hodisa va taassurotni o‘ziga xosligini ifoda etib, qarama-qarshi kayfiyat va obrazlardan iborat bo‘lgan, keng qamrovli badiiy dunyosini yaratgan. Fortepiano asarlaridan - «Simfonik etyudlar», «Kar­naval», «Fantastik pesalar» kabi turkumlari, shuningdek, «Fantaziya», 3 sonata, konsert va b. ajralib turadi. Vokal lirika tarixida Shumanning G.Gey­ne («Shoir sevgisi»), A.Shamisso («Ayol hayoti va sevgisi»), Y.Eyxendorf («Qo‘shiqdar davrasi») she'rlariga yozgan qo‘shiq (romans) turkumlari muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, Sh. «Genoveva» (1848) operasi, J.Bayronning «Manfred» poemasiga musiqa, 4 simfoniya, kamer hamda xor asarlari va b. muallifi. Shuman Leypsigda «Yangi musiqa jurnali»ni tashkil etib (1834), ilg‘or g‘oyalarni oldinga surgan. Shuman Sharq mavzularida kamer-cholg‘u («Arabcha», «Sharq manazaralari»), kamer-vokal («Sharq gullaridan», «Mag‘rib-Mashriq devonidan») va yirik («Jannat va Peri» oratoriyasi, 1843) asarlarini yaratgan.

Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling