Musiqa tarixi” fanidan O`quv-uslubiy majmua
Betxoven (Beethoven) Lyudvig van
Download 1.35 Mb.
|
Z.Xaydarov Musiqa tarixi Majmua
- Bu sahifa navigatsiya:
- 150 dan ortiq
Betxoven (Beethoven) Lyudvig van [1770.16 (?).12, Bonn-1827.26.3, Vena] - nemis kompozitori, pianinochi va dirijyor. Vena klassik maktabining vakili. 1792 yilda Venaga ko‘chgan va tez orada o‘zining erkin va ta'sirchan, yangi ijro uslubi b-n iste'dodli pianinochi, badihachi-improvizator sifatida tanilgan. Venada (1795-1800) yaratgan fortepiano konsertlari, 8-«Patetik» fortepiano sonatasi, kvartetlari, 1-simfoniyasi, «Prometeyning yaratmalari» baletidayoq Betxovenga xos, Buyuk Fransuz inqilobi g‘oyalari ta'siri ostida shakllangan ijodiy uslubi ko‘zga tashlandi. 27 yoshidan qulog‘i og‘irlashib, keyinchalik butunlay kar bulib qolsada, ichki uquv, his-tuyg‘u b-n birtalay asarlar yaratdi, dirijyorlik qildi. Betxoven ijodi, ayniqsa 1801-12 y.larda kamol topdi. Kahramonlik va demokratizm ruxi b-n yo‘g‘rilgan 3-(«Qaxramonnoma»), 5-simfoniyalari, «Fidelio» operasi, I.Gyotening «Egmont» fojiasiga yozgan musiqasi, «Appasionata» fortepiano sonatasi, skripka va fortepiano uchun «Kreytserov» sonatasi va b. asarlari mashhur. Chuqur fojiaviylik va adolat tantanasiga ishonch ruhi b-n sug‘orilgan 9-simfoniyasi Betxoven ijodining cho‘qqisidir. Sunggi asarlari (28-32 fortepiano sonatalari, 12-16 kvartetlari, bagatellar va b.)da kompozitorning yangi ifoda vositalari topishga intilishi seziladi. Musiqiy qahramonlik uslubini yaratgan Betxoven simfonik musiqa tafakkuri ko‘lamini nihoyatda kengaytirgan, kamer-cholg‘u va vokal musiqasi, konsert janrlarining g‘oyaviy mazmunini teranlashtirgan, mavjud musiqa shakllari va janrla-rini isloh etgan. Ijodida turli (ingliz, venger, italyan, nemis, polyak, rus, ukrain va b.) xalq kuylarini qayta ishlagan, Sharq mavzulariga murojaat qilgan (Sa'diy she'rlariga 2 kanon va b. asarlar). Betxovenning 5-, 7-, 8-, 9-simfoniyalari, fortepiano va skripka konsertlari, birtalay fortepiano va skripka sonatalari, kamer ansambl va b. asarlari O‘zRda ijro etiladi.
Vagner (Vagner) Vilgelm Rixard (1813.22.5, Leypsig - 1883. 13.2, Venetsiya) - nemis kompozitori, dirijyor, musiqa yozuvchisi, opera islohotchisi. Vyursburgda xormeyster (1833), Magdeburg, Kenigsberg, Riga, Drezden teatrlarining musiqa rahbari (1834-49). 1849 yilgi Drezden qo‘zg‘olonida qatnashgani uchun 13 yilga surgun qilingan. Keyinchalik asosan Shveytsariya va Bavariya (Myunxen, Bayreyt) da yashab, ijod b-n shug‘ullangan, dirijyor sifatida ko‘pgina Yevropa mamlakatlarida gastrolda bo‘lgan. Bayreyt opera teatrini tashkil etgan (1876). Dastlabki asarlari («Parilar» 1834; «Gollandiyalik uchar» 1841; «Tangeyzer» 1845)da nemis romantik opera (K.M.Veber) an'analarini davom ettirgan. «Loengrin» operasida (1848) yangi uslubga burilish namoyon bo‘lgan. Keyingi asarlari («Tristan va Izolda», 1859; «Nibelung uzugi» tetralogiyasi, 1856-74; «Parsifal», 1882) da tugal ariya, ansambl, xor va balet sahnalaridan voz kechib, ular o‘rniga erkin shakldagi musiqiy monolog va dialoglarni kiritgan. Shuningdek, orkestrning musiqiy ifodaviyligiga alohida ahami-yat bergan, uning badiiy vazifalari doirasini kengaytirib, operadagi mu-siqiy-dramatik keskinlikni kuchay-tirgan. Vagnerning opera islohoti dunyo, xususan uzbek kompozitorlari ijodiga ta'sir qilgan. Shtraus (Straup) Iogann-o‘g‘li (1825.25.-Vena-1899.3.6) - ommaviy raqs musiqasi va operetta janri ustasi. 1844 yildan o‘zi tashkil etgan konsert ansambli (keyinchalik orkestr) rahbari sifatida Yevropa mamlakatlari va AQShda gastrolda bo‘lgan. Shtraus venacha vals («Go‘zal moviy Dunayda», «Vena o‘rmoni ertaklari», «Ming bir kecha», «Bahor ovozlari» va b.; jami 150 dan ortiq), venacha «rakeli» operetta («Indigo va 40 qaroqchi», 1871; «Ko‘rshapalak», 1874; «Lo‘lilar baroni», 1885 va b.; jami 16 ta) larning mumtoz namunalarini yaratgan. Eng yaxshi vals, polka va b. kuylari Avstriyada xalq asarlariga aylangan. Shtraus valslari, «Forscha marsh»i va b. asarlari O‘zbekistonda ham ommaviylashgan; «Zavqli urush» operettasi Toshkent operetta teatrida sahnalashtirilgan (1979). Shtrausning otasi - Shtraus Iogann (1804.14.3 — Vena — 1849.25.9) ham raqs musiqasi ustasi sifatida shuhrat qozongan. Y. Lanner b-n birga valsnint yangi (turkumli «venacha vals») turini yaratib, «vals qiroli» nomiga sazovor bo‘lgan. U, shuningdek, turli raks asarlari (galop, kadril va b.), marshlar muallifidir. Download 1.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling