Musiqa tarixi” fanidan O`quv-uslubiy majmua
Download 1.35 Mb.
|
Z.Xaydarov Musiqa tarixi Majmua
- Bu sahifa navigatsiya:
- NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI
Mendelson-Bartoldi (Mendelssohn - Bartholdy) Yakob Lyudvig Feliks (1809.3.3, Gamburg - 1847.4.11, Leypsig) - nemis kompozitori, dirijyor, organchi, musiqa jamoat arbobi. Musiqiy romantizmning yirik namoyandasi. Bolalik davridan virtuoz pianinochi sifatida shuhrat qozongan. Uning ijodiy tafakkuri shakllanishiga Mendelsonlar oilasi b-n yaqindan tanish bo‘lgan I. Gyote, G. Gegel, G. Geyne, aka-uka Gumboldtlar ta'sir o‘tkazishgan. 1820-30 y.lari Italiya, Shveytsariya, Parij va Londonda yashab ijod qilgan. Dyusseldorfdagi musiqa festivali direktori (1833-36), Leypsigdagi Gevandxauz orkestrining bosh dirijyori (1836-45), Leypsig konservatoriyasining asoschisi (1843). Deyarli barcha janrlarda ijod qilgan Mendelson romantik simfoniya (5 ta simfoniya, 1824-42), programmali konsert uvertyurasi («Yozgi tundagi tush», 1826 va b.) janrlariga asos solgan. Skripka va orkestr uchun (1844), 2 ta fortepiano va orkestr uchun (1831, 1837) konsertlari, «So‘zsiz qo‘shiklar» (1832-45) fortepiano asarlari, «Pavel» (1836) va «Iliya» (1847) oratoriyalari mashhur. Romantizm va klassitsizm an'analarini mujassam etgan Mendelsonning ijobiy uslubi o‘zining xalqchilligi, nozik did va samimiyligi, folklor qo‘shiklariga xos ohangdorligi, shakllarning mukammalligi, garmoniyaning ravshanligi, orkestr bo‘yoklarining nafisligi b-n ajralib turadi. Hozirda Mendelsonning «Yozgi tundagi tush» asaridagi «To‘y marshi» nikoh marosimlarida ijro etilmokda. 1874-77 y.lari (36 jilddan iborat) barcha asarlari Leypsigda to‘la nashr etilgan.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIOLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETIMusiqa ta’lim va MADANIYAT FAKULTETI MUSIQA ta’lim KAFEDRASI
Download 1.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling