Musiqa tarixi” fanidan O`quv-uslubiy majmua


Betxoven (Beethoven) Lyudvig van


Download 1.35 Mb.
bet39/49
Sana17.06.2023
Hajmi1.35 Mb.
#1551641
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   49
Bog'liq
Z.Xaydarov Musiqa tarixi Majmua

Betxoven (Beethoven) Lyudvig van [1770.16 (?).12, Bonn-1827.26.3, Vena] - nemis kompozitori, pianinochi va dirijyor. Vena klassik maktabining vakili. 1792 yilda Venaga ko‘chgan va tez orada o‘zining erkin va ta'sirchan, yangi ijro uslubi b-n iste'dodli pianinochi, badihachi-improvizator sifatida tanilgan. Venada (1795-1800) yaratgan fortepiano konsertlari, 8-«Patetik» fortepiano sonatasi, kvartetlari, 1-simfoniyasi, «Prometeyning yaratmalari» baletidayoq Betxovenga xos, Buyuk Fransuz inqilobi g‘oyalari ta'siri ostida shakllangan ijodiy uslubi ko‘zga tashlandi. 27 yoshidan qulog‘i og‘irlashib, keyinchalik butunlay kar bulib qolsada, ichki uquv, his-tuyg‘u b-n birtalay asarlar yaratdi, dirijyorlik qildi. Betxoven ijodi, ayniqsa 1801-12 y.larda kamol topdi. Kahramonlik va demokratizm ruxi b-n yo‘g‘rilgan 3-(«Qaxramonnoma»), 5-simfoniyalari, «Fidelio» operasi, I.Gyotening «Egmont» fojiasiga yozgan musiqasi, «Appasionata» fortepiano sonatasi, skripka va fortepiano uchun «Kreytserov» sonatasi va b. asarlari mashhur. Chuqur fojiaviylik va adolat tantanasiga ishonch ruhi b-n sug‘orilgan 9-simfoniyasi Betxoven ijodining cho‘qqisidir. Sunggi asarlari (28-32 fortepiano sonatalari, 12-16 kvartetlari, bagatellar va b.)da kompozitorning yangi ifoda vositalari topishga intilishi seziladi. Musiqiy qahramonlik uslubini yaratgan Betxoven simfonik musiqa tafakkuri ko‘lamini nihoyatda kengaytirgan, kamer-cholg‘u va vokal musiqasi, konsert janrlarining g‘oyaviy mazmunini teranlashtirgan, mavjud musiqa shakllari va janrla-rini isloh etgan. Ijodida turli (ingliz, venger, italyan, nemis, polyak, rus, ukrain va b.) xalq kuylarini qayta ishlagan, Sharq mavzulariga murojaat qilgan (Sa'diy she'rlariga 2 kanon va b. asarlar). Betxovenning 5-, 7-, 8-, 9-simfoniyalari, fortepiano va skripka konsertlari, birtalay fortepiano va skripka sonatalari, kamer ansambl va b. asarlari O‘zRda ijro etiladi.
Vagner (Vagner) Vilgelm Rixard (1813.22.5, Leypsig - 1883. 13.2, Venetsiya) - nemis kompozitori, dirijyor, musiqa yozuvchisi, opera islohotchisi. Vyursburgda xormeyster (1833), Magdeburg, Kenigsberg, Riga, Drezden teatrlarining musiqa rahbari (1834-49). 1849 yilgi Drezden qo‘zg‘olonida qatnashgani uchun 13 yilga surgun qilingan. Keyinchalik asosan Shveytsariya va Bavariya (Myunxen, Bayreyt) da yashab, ijod b-n shug‘ullangan, dirijyor sifatida ko‘pgina Yevropa mamlakatlarida gastrolda bo‘lgan. Bayreyt opera teatrini tashkil etgan (1876). Dastlabki asarlari («Parilar» 1834; «Gollandiyalik uchar» 1841; «Tangeyzer» 1845)da nemis romantik opera (K.M.Veber) an'analarini davom ettirgan. «Loengrin» operasida (1848) yangi uslubga burilish namoyon bo‘lgan. Keyingi asarlari («Tristan va Izolda», 1859; «Nibelung uzugi» tetralogiyasi, 1856-74; «Parsifal», 1882) da tugal ariya, ansambl, xor va balet sahnalaridan voz kechib, ular o‘rniga erkin shakldagi musiqiy monolog va dialoglarni kiritgan. Shuningdek, orkestrning musiqiy ifodaviyligiga alohida ahami-yat bergan, uning badiiy vazifalari doirasini kengaytirib, operadagi mu-siqiy-dramatik keskinlikni kuchay-tirgan. Vagnerning opera islohoti dunyo, xususan uzbek kompozitorlari ijodiga ta'sir qilgan.
Shtraus (Straup) Iogann-o‘g‘li (1825.25.-Vena-1899.3.6) - ommaviy raqs musiqasi va operetta janri ustasi. 1844 yildan o‘zi tashkil etgan konsert ansambli (keyinchalik or­kestr) rahbari sifatida Yevropa mamlakatlari va AQShda gastrolda bo‘lgan. Shtraus venacha vals («Go‘zal moviy Dunayda», «Vena o‘rmoni ertaklari», «Ming bir kecha», «Bahor ovozlari» va b.; jami 150 dan ortiq), venacha «rakeli» ope­retta («Indigo va 40 qaroqchi», 1871; «Ko‘rshapalak», 1874; «Lo‘lilar baroni», 1885 va b.; jami 16 ta) larning mumtoz namunalarini yaratgan. Eng yaxshi vals, polka va b. kuylari Avstriyada xalq asarlariga aylangan. Shtraus valslari, «Forscha marsh»i va b. asarlari O‘zbekistonda ham ommaviylashgan; «Zavqli urush» operettasi Toshkent operetta teatrida sahnalashtirilgan (1979). Shtrausning otasi - Shtraus Iogann (1804.14.3 — Vena — 1849.25.9) ham raqs musiqasi ustasi sifatida shuhrat qozongan. Y. Lanner b-n birga valsnint yangi (turkumli «venacha vals») turini yaratib, «vals qiroli» nomiga sazovor bo‘lgan. U, shuningdek, turli raks asarlari (galop, kadril va b.), marshlar muallifidir.

Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling