AVTOTYUNING - autotuming - ovozni jo ‘rnavozilik tonalligiga sozlaydigan dastur.
Ajam - Arablardan tashqari xalqlaming musiqasi, maqom shu’basining nomi.
AYTIM YO‘LI-Xorazm maqomlarida aytim (ashula)lar bo‘limining umumiy nomi. Shuningdek, bu bo‘lim (manzum) deb ham ataladi.
AKKOMPANEMENT - (jo‘rsoz ham deb yuritiladi) bir yoki ko‘p yakkaxon ovozlarga vocal yoki cholg‘u jo‘rnavozligi.
AKKORD - Tertsiya oralig‘ida joylashgan uch va undan ortiq tovushlaming bir vaqtda ijro etilishi.
AKSENT - ma’lum bir tovushning alohida kuchli, ajralib ijro etilishi.
Dinamik belgilar (nyuanslar) - musiqa asari ijrosi jarayonida to vush kuchining o‘zgartirilishi.
Doriy ladi-xalq musiqasida uchraydigan o‘ziga xos lad. Tabiiy minordan VI bosqich ko‘tarilganligi bilan (doriy sekstasi deb ham ataladi) farq qiladi.
Duet - 1. Ikki ijrochidan iborat ansambl. 2. Ikki qo‘shiqchi yoki cholg‘uchi ijro etishi uchun mo‘ljallangan musiqa asari.
Vena klassik maktabi - 18-asrning 2-yarmi va 19-asrning boshida Venada musiqa san'atida qaror topgan ijodiy yo‘nalish. Asoschilari - Y. Gaydn va V. Motsart. L. Betxoven ijodi V. k. maktabining so‘nggi va yuksak davrini tashkil qiladi. Operada isloh boshlagan X. Glyuk (1714—87) ijodi ha.m shu oqim b-n bog‘liq. Ma'rifatparvarlik va Buyuk Fransiya inqilobi g‘oyalari ta'sirida shakllangan bu yo‘nalishning muhim ijodiy belgilaridan kelajak-ka ishonch, voqyelikni taraqqiyot jara-yonida ko‘rsatish, insonparvarlik va xalqchillik bo‘lgan. V. k. m. kompozitor-lari professional va xalq musiqasi rivoji tajribasini umumlashtirdi-lar. universal musiqa tilini ishlab chikdilar. Ularning ijodida simfoniya, sonata, konsert, kvartet kabi janrlar o‘zining mumtoz shaklini top-di. yangi xildagi opera hamda simfonik orkestrlari vujudga keldi va opera janri isloh qilindi. Vena klassik maktabi musiqa tarixida eng muhim davrlardan biri hisoblanadi; musiqa san'atining keyingi rivojiga barakali ta'sir ko‘rsatib, turli milliy kompozitorlik maktablari yuzaga kelishida muhim rol o‘ynab kelmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |