Musiqa tarixi” fanidan O`quv-uslubiy majmua


Download 1.35 Mb.
bet37/49
Sana17.06.2023
Hajmi1.35 Mb.
#1551641
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   49
Bog'liq
Z.Xaydarov Musiqa tarixi Majmua

O‘zbekistonda 1920- (V. Uspenskiy va b.) va 1930-y.larda (V. Zolotaryov, R. Gli-er, S. Vasilenko va b.) yaratilgan ilk simfonik asarlar simfonik orkestr uchun qayta ishlangan xalq kuylari yoki ular asosida yozilgan syuita, poema, uvertyura va b. dan iborat bo‘lgan. 1930-y.larning 2-yarmida uzbek kompozitor-laridan M. Burhonov, M. Ashrafiy, M. Leviev, shuningdek, A. Kozlovskiy, G. Mushel o‘zlarining dastlabki Sm. asar-larini yozdilar. Keyinchalik O‘zbekis-tonda Sm. ning barcha turlari rivoj togshi. M. Ashrafiy, D. Zokirov, S. Yuda-kov, R. Hamroev, B. Gienko, Ik. Akbarov, R. Vildanov, Sayfi Jalil, N. Zokirov, M. Tojiev, R. Abdullaev, A. Latifzoda va b. Sm.ning turli janrla-rida ijod qilishdi. Ad.: Yanov-Yanovskaya N ., Uzbekskaya simfonicheskaya muzыka, T., 1979.
SIMFONIK ORKESTR - torli, puflama va urma cholgu asboblardan tuzilgan eng boy va murakkab turdagi orkestr. Uning shakllanishida yevro-pada tarqalgan cholg‘u asboblari hamda xalq va professional cholg‘u ansambl-lari muxim rol uynagan. 18-a.ning 2-yarmida klassik So. tashkil topgan; u kichik So. deb ham yuritiladi. Unga 8— 10 birinchi va 4—6 ikkinchi skripka, 2—4 alt, 3—4 violonchel, 2 kontra-
bas, 2 tadan fleyta, goboy, klarnet, fagot, valtorna, keyinchalik, 2 truba va litavralar kirgan. 19-a.da mazkur orkestrga boshqa cholg‘ular (mae, trom-bonlar, tuba va b.) qo‘shilishi hamda ijrochilar soni (mae, birinchi skrip-kalar 14—16 tagacha) kupaytirilishi natijasida katta So. paydo bo‘lgan. 19-va 20-a.da So. tarkibi uziga xos tembr va ifodaviy imkoniyatlarga ega bo‘lgan boshqa (mae, kichik va bas-klarnetlar, arfa, chelesta, organ, fortepiano, ayniqsa, turli urma cholg‘ular va b.) musiqa asboblar hisobiga kengayti-rilgan.
O‘zbekistonda So. 19-a.ning oxirida paydo buldi. Hozir O‘zbekiston mil-liy simfonik orkestri, Uzbekistan davlat konservatoriyasi qoshidagi musiqali teatr-studiyasining S.o.lari chet el mumtoz hamda zamonaviy kom-pozitorlar asarlarining targ‘ibotchi-lari sifatida tanilgan. Bulardan tash-qari, Navoiy teatri, Muqimiy teat-ri va b. musiqali drama va komediya teatrlarida S.o.lar mavjud.
AVJ-musiqa ijrochiligida eng yuqori tovushlar ijro qilinadigan nuqta. Osmon ko‘k, yuksalish va uning eng yuqori cho‘qqisi. Maqom cholg‘u kuy va aytimlaming yuqori pardalardagi eng rivojlangan darajasi.

Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling