Musiqali drmada “rechitativ” utida ishlash va uning ahamiyati


Download 10.01 Kb.
Sana30.04.2023
Hajmi10.01 Kb.
#1410687
Bog'liq
Musiqali drmada


Musiqali drmada “rechitativ” utida ishlash va uning ahamiyati

Tarihga nazar tashlasak musiqali drama termini 20-yillarning so’ngida tez-tez ishlatiladigan bo’ldi. O’sha vaqtda “музикалное драма” ruslarda opera asarlariga bazan esa operettoga nisbatan ishlatilgan ekan. Biz esa musiqali drama deganda oprera yohut operetta emas, balki pe’saning sahnaviy talqini va u bilan teng huquqli bo’lgan o’ziga hos milliy musiqli teatr janrini tushunamiz. Unda kuylovchi aktyor, rejisyor,derijyor, xor jamoasi, orkestr va rassomlardan borat ijodiy jamoa rang barang ishlarni bir-biriga bog’lab, yahlit sahnaviy asarni yuzaga keltiradi.Musiqali drama badiiy so’z va musiqaviy talqin birligida hosil bo’ladi. Musiqali drama spektakllari tarkibida bir yoki ariyalar yaniki aktyorlar tomonidan ijro etiladigan qo’shiqlar borligini yahshi bilamiz. Bular orasida bazan qahramonlar aytadigan bir yoki bir necha banddan iborat bo’lgan rechitativ baytlar tomoshabin diqqatini tortadi. Bu baytlar yaratilgan obrazning ichki qiyofasini ochib berishda zarur omil hisoblanadi. Shu bilan birga harakterning yorqin ochilishiga yahshigina badiiy vosita hizmatini ham o’taydi. Rechitativ o’zi qanday ibora?.


Rechitativ so’zi “italyancha” so’z bo’lib, “rechito” yani ovoz chiqarib o’qish, deklomatsiya deganidur. Shu bilan birgalikda vocal musiqa turi bo’lib, oddiy yoki deklomatsion nutqni intonatsiya va ritm bilan ijro etishga, ovoz jarangini kuchaytirishga yoki pasayishiga, urg’u bilan o’qishga asoslanadi. Tarihiy manbaaalardan ma’lum bo’lishicha rechitativning shakllanishiga halq epic asarlarini ijro etish san’ati ham ta’sir qilgan. Bir so’z bilan aytganda rechitativ oddiy yoki badiiy nutq intonatsiy va ritmikani ifodalashga asoslangan vocal musiqa turi hisoblanadi. O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining 1-2 kurs musiqali drama teatri aktyorligi talabalarinng sahna nutqi fani o’quv jarayonlarida rechitativ yaniki, musiqadan so’zga, so’zdan esa yana musiqaga o’tish holatlarini qo’llab ko’rdik. Biz bu jarayonda so’z bilan musiqa eng uzviy, eng mahkam, eng yaqin tarzda bir biriga bog’liq ekanligini talabalarga tushintira oldik. Masalan “ch” “j” harf tovushlari. Ushbu tovushlarni mustahkamlovchi mashqlar sifatida hammamizga ma’lum bo’lgan, bolalarga hos “chip-chip jo’jalarim” halq qo’shig’idan foydalandik. Dastlad kurning talaba qizlari qo’shiqning quruq matnini ijro etishdi, tovushlardagi harflarning silliq jarangi va ijro sofligiga erishgandan so’ng, kurs yigitlari asta sekin past notalarda asta sekin so’zdan musiqaga o’ta boshlashadi. Qizlar ham shu jarayonda yigitlar ijrosidan chiqmagan holatda yigitlar ijro etayotgan notadan bir oktava balanddan ijroga qo’shilishadi va birgalikda jamoaviy kuylashadi. Qizlar hamda yigitlar bir fikr uyg’unligiga erishib, fikrni yo’qotmagan holda asta sekin musiqadan so’zga o’tishadi. Biz bu jaryonda talabalarning nafaqat so’zlarni aniq ijro eta olishiga balki musiqa ritmini his etishga, ansambl bo’lib ijro etishga va eng muhimi ularning birgalikdagi ijod jarayonini shakllantirishga erishdik. Bundan tashqari biz rechitativ jarayonni boshqa bir musiqiy mashqlarda ham amalga oshirdik. O’zbek milliy halq qo’shig’i “yor-yor” bilan yham huddi shunday lekin biroz murakkabroq tajribani amalga oshirdik. Bu gal musiqa ohangi kuchliroq bo’lib, musiqa yordamchi vosita vazifasini bajarishiga erishtik.
Rechitativ jarayonini talabalarga o’rgatib borar ekanmiz shu bilan birgalikda:

  1. Munosabat-barcha talabalar mashq jarayonida bir-birlari bilan bevosita so’zsiz munosabatda bo’lib, birgalikda amalga oshirmoqchi bo’lgan ijrolarini yahlitligiga erishishlari va o’zaro sahnaviy munosabatga o’rganish.

  2. Eshitish-barcha talabalar yonlaridagi sheriklarini his qilgan holatda o’zaro ijrolarni eshitib , o’sha ohanga mos va hos tarzda ijro etishlariga erishish, shu bilan birgalikda talabalarni musiqiy savodini shakllantirishga erishish.

  3. Fikrlash- ijro etilayotgan matndagi so’zlarni xotira yordamida ko’z o’ngida gavdalantirib, so'zlarnig tub ma’nosini anglagan holda ijro etishg.

  4. Nafas mashqlari- nafasni to’g’ri taqsimlash, rechitativda aynan ohang hamda so’z bir butunligida so’zlarni aniq ritm asosida nafasga joylashtirish va nafasni har bir matn uchun to’g’ri taqsimlash.

5.Ovoz jarngi- rezanator mashqlari yordamida so’zlarni to’g’ri yo’naltirib, so’z va musiqa jo’rligida ovoz jarangdorligiga erishish. Singari jarayonlarni ham talabalarga o’rgatib bordik. Yuqoridagi jarayonlar talabalarga kelgusida spektakllarda ijro etadigan obrazlarini gavdalantirishda kata amaliy tajriba vazifasini bajarishi aniq.
Rechitativ jarayonning afzallik tomoni ayniqsa musiqali drama teatr aktyorlariga zarur amaliyot bo’lib, so’z va musiqani bir butun yahlit holatda ijro etibgina qolmay ularni spektakllar jarayonida noqulay vaziyatlardan asrab qoladigan omad kaliti desa ham mubolag’a bo’lmaydi. Negaki spekytakllar jarayonida musiqali dramaning asosiy o’zagi hisoblanmish ariya kuylash jarayonida ovoz imkoniyatlari hissiy va jismoniy holat tufayli bazan noqulay vaziyatlar ham kelib chiqishi mumkun. Yaniki ovoz imkoniyatlaridan kelib chiqib aktyorning dramatic holatida baland pardalarni ijro etishida biroz ovoz qisilishi, yoki tonga yetib ijro eta olmaslik holatlari ham uchrab turadi. Anashunday vaziyatlar4da rechitativni qo’llab qo’shiqdan ohang jo’rligida ritmni saqlab qolgan holatda so’zga asta sekinli bilan o’tib olinadi va ma’lum bir vaqt tim olgach yana ariyani davom ettirish mumkin. Bu holat huddiki ijro anashunday bo’lishi kerakdek tomoshabinda hech qanday shubha uyg’otmaydi. Umumiy aytganda rechitativ musiqali dramaning ajiralmas bir bo’lagi hisoblanar ekan. Aktyorlarni tarbiyalashda muhim mutahasislik fanlari bo’lmish aktyorlik mahorati, sahna nutqi, vocal ijrochiligi fanlarida yahlit bir mavzu sifatida darsliklardan alohida o’rin egallashi kerak degan fikrdaman. Negaki bu mavzu bo’lajak aktyorlar uchun muhim bir malakaviy jarayonni uqittira olishiga ishonaman.
Download 10.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling