Musiqatarix I fanidan Kurs ishi Mavzu: R. Shuman fortepiano ijodi Bajardi


Svikkaudagi uy muzeyida joylashtirilgan R.SHumanning royali


Download 26.49 Kb.
bet4/5
Sana23.10.2023
Hajmi26.49 Kb.
#1716691
1   2   3   4   5
Bog'liq
Musiqatarix I fanidan Kurs ishi Mavzu R. Shuman fortepiano ijod-fayllar.org

Svikkaudagi uy muzeyida joylashtirilgan R.SHumanning royali.
Kompozitorning «Genoveva» operasi, shuningdek, 15 ta musiqali drama va xor asarlari, jumladan, Dj.Bayronning «Manfred» asariga musiqa, «Ray i Peri» oratoriyasi, rekviem, V.Gyotening «Faust» asaridan sahnalar, to‘rtta simfoniya, beshta uvertyura, turli asboblar va kamer ijroga mo‘ljallangan asarlar, fortepiano uchun konsert va sonata, «Kapalaklar», «Simfonik etyudlar», «Karnaval» kabi dasturli fortepiano turkumlari, yuvorida eslati o‘tilgan o‘spirinlik albomi, 120 ga yaqin ansambllar, 200 dan ziyod qo‘shiq va romanslar: ular orasida «Mirti», «Qo‘shiqlar davrasi», «Ayol sevgisi va hayoti», «SHoir sevgisi», «YOsh musiqachilar uchun qoida va maslahatlar», maqolalar to‘plami va boshqalar bor. Uning ijodida yangi janr - dasturli fortepiano turkumlari: «Karnaval», «Kapalaklar» va boshqalar paydo bo‘lib shakllandi.


R.SHuman va Klara.
SHuman publitsist sifatida musiqa san’ati rivoji uchun ulkan hissa qo‘shdi. U tashkil etgan «YAngi musiqa gazetasi» muntazam ravishda musiqa muhoqamasi borasida maqolalar bosib chiqarib, ular turli musiqiy janrlar va yo‘nalishlar, yangi asarlar, o‘tmish va zamonaviy kompozitorlar haqidagi fikrlarni yoritib borar edi. Suhbat Davidbyuntslerlar (o‘ylab chiqarilgan) kishilar nomidan olib borilar edi. SHumanning sa’y-harakatlari natijasida I.S.Bax, A.SHubert, I.Brams kabi kompozitorlarning ko‘pgina asarlari keng ommaga ma’lum bo‘ldi.
SHumanning fortepiano asarlari, shuningdek, uning “Bolalar albomi” borasida o‘quvchilarga ma’lumot berganda, mazkur asarlarning yaratilgan davri, ma’lum ijtimoiy muhit, milliy mansublik kabi xususiyatlar haqida albatta ularga tushuntirish berish zarur.
Bundan tashqari, evropa musiqasining o‘ziga xos, ko‘p ovozli shaklda namoyon bo‘lishi, mazkur asarlarning tinglovchilar tomonidan qay tarzda katta qiziqish, intilish va mehr bilan tinglanganligi borasida gapirish zarur.
Umuman, taniqli kompozitor Robert SHuman o‘zining sermahsul va boshqalarga uncha ham o‘xshamagan ijodi bilan novator kompozitor sifatida evropa va jahon musiqa klassikasi tarixida qoldi.
Asli R.Shuman musiqaga qiziqishi olti yoshida boshlandi. Fortepianoda turli musiqa chalar, o`zi ham bastalar edi. O`n yoshida fantaziya, raqs kabi pe’ssalar yozgan. Uning xonasida notalar kutubxonasi bo`lgan. Mosart, Veber klavirlari shular jumlasidan. 1820-yilda gimnaziyaga o`qishga boradi. 1827-yilda bir qancha qo`shiqlar va fortepiano asarlari muallifi bo`ldi. 1826-yilda otasining vafoti tufayli musiqa bilan shug`ullanmay turadi. Bu davrda uning estetik qarashlari shakllanadi. 1828-yilda Leyptsig universiteti yuridik fakultetiga o`qishga kiradi. Uning mashhur musiqa o`qituvchisi Fridrix Vik va uning Klara ismli qizi bilan uchrashuv hayotida katta rol o`ynaydi. R.Shuman I.S. Bax hayoti va ijodiga qiziqadi bu haqiqiy kompozitorlik maktabi bo`lib xizmat qiladi. Uning natijasida R.Shuman musiqa uning asosiy va yagona maqsadi ekanligini tushinadi. 1829-yilda u Geydelberg shahriga boradi. Bu shahar nemis romantiklarining makrazi edi. U yerda fortepiano mashg`ulotlarini to`xtatmadi. 1830-yilda Leyptsigga qaytadi ustozi va keyinchalik boshqa mutaxasislardan bilim oladi. Ijod bilan bir qatorda “Yangi musiqiy gazeta” jurnalini tashqil qiladi va bir qancha maqolalar yozadi.
Klara Vik bilan oralarida muhabbat uyg`onadi va bu davrda bir qancha fortepiano asarlar yozadi. “Kornaval”, “Fantaziya”, “Simfonik etud”, sol, fa diez va fa minor sonatalar, “Bolalar saxnalari” shular jumlasidan. Keyingi yillarda vokal va kamer musiqa ko`p ijod etadi. Klaraga bag`ishlab 1835-yilda sonata, “Fontaziya” do major, 1836-yilda “Noveletta”, 1845-yilda fortepiano va orkestr uchun kontsert, 1848-yilda “O`smirlar uchun albom” yozadi.

1840-yil Klara va Shuman turmush qurishdi. 1840-1845 yillar orasida birinchi simfoniyasini “Bahoriy”, ikkinchi simfoniya re minor, uch torli kvartet, kvintet, 1843-yilda “Jannat va Pari” aratoriyasini yozadi. 1844-yilda Rossiyaga safar qilib keladi. Bu davrda uning kasali xuruj qiladi oilasi bilan Drezdenga ko`chib ketadi. 1845-1846 yillarda simfoniya, “Genoveva” operasini yoza boshlaydi. 1850-yilda saxnaga qo`yadi, lekin muvaffaqiyat qozonmaydi. Mashhur asarlaridan biri “Manfret” dramatik poyemaga musiqa yozdi. 1853-yilda “Faust” saxna asariga ham musiqa yozadi. Hayotining oxirgi davrlarida qo`shiq, romans, ballada, Reyn simfoniyasi, uvertyuralar yozadi. 1856-yilda vafot etdi.

Fortepiano R.Shuman musiqasining asosi bo`lib eng mashhur asarlarini anashu cholg`u uchun yozgan. Yoshligidan boshlab fortepiano uchun bir qancha asarlar yozgan. Variatsiya, tokkata, miniaturalar tsikli. 1834-yilda simfonik etudlar nomli asar yozadi. Etudlar o`n ikkita bo`lib variatsiya shaklida yozilgan, ularda romantik printsiplar asosini tashqil qiladi. Lirik, tokkato, skertso, marsh va variatsiya bir ketin jaranglaydi. Har bir variatsiya mustaqil obrazga ega. Tugallangan musiqiy asar bo`lib R.Shuman tsiklik kompozitsiyalaridan biri bo`lib nomoyon bo`ladi.

“Miniaturalar tsikli” bu tsiklda kompozitor tomonidan bir biri bilan bog`langan minatyura asarlari tashqil qiladi. Kapalaklar, Karnaval, Fantastik pe’ssa, Bolalar saxnasi yagona tsikl sifatida yozilgan. Mustaqil pe’ssa turidan “Fantastik pe’ssa” va o`rmon saxnalari minatyuralarini ko`rsatish mumkin. R.Shumanning tsiklik shakllari kom pozitorning yangicha musiqiy tasavvur va musiqiy fikrni ifodasi bo`lib, undagi yorqin badiiy obraz “G`oyaviy dunyoning harakati” bir xolatni ikkinchi bir xolat bilan, ba’zida qarama - qarshi xolat bilan almashib kelishida ifodalanib kelgan. R.Shuman boy va dadil fantaziyasini aynan shu tsiklik asarlarida yorqin ko`rsatib bergan. R.Shumanga qadar hech bir kompozitor bunday uslubda yozmagan.


Bu davrda Klara Vikga bag`ishlab bir qancha fortepiano asarlar yozadi. “Kornaval”, “Fantaziya”, “Simfonik etud”, sol minor, fa diez minor va fa minor sonatalar, “Bolalar saxnalari” shular jumlasidan. Keyingi yillarda vokal va kamer musiqa ko`p ijod etadi. 1835-yilda sonata, “Fontaziya” do major, 1836-yilda “Noveletta”, 1845-yilda fortepiano va orkestr uchun kontsert, 1848-yilda “O`smirlar uchun albom” yozadi.
R.Shuman asarlarida programmalik harakterdagi romantik yo`nalish kompozitorning fikrlarini bayon etishda va uning adabiyot, amaliy san’at turlari bilan bog`liq xolda shakllangan. Programmali asarlarni venger kompozitori F.List ham yirik shaklida foydalangan. R.Shuman esa turli kayfiyatni ifoda etuvchi har bir pe’ssaga aniq mazmun bildiruvchi nom bergan. Masalan: “Oqshom”, “Nima uchun”, “Karnaval”, “Moviy qush”, “Arabeska”. R.Shumanning o`zi programmalai asarlari haqida shunday degan: “Yaxshi musiqa nomga zaruriyat sezmaydi, lekin nomlash uni g`ururini kamitmaydi”.

Xulosa.
Taniqli kompozitor Robert SHumanning musiqa ijodi nafaqat nemis yoki evropa musiqa madaniyatida, balki, jahon mumtoz musiqasida alohida o‘rin egallaganligi bugungi kunda haqiqatdir. Kompozitor Robert SHuman tomonidan yaratilgan ko‘pgina yuksak badiiy saviyadagi musiqa asarlarini maktab musiqa darslarida o‘rganish tavsiya etilgan. Ushbu asarlardan parchalar tinglash va o‘rganish muhim badiiy-estetik va tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lib hisoblanadi.
Taniqli kompozitor R.SHumanning musiqa ijod etish maktabi o‘ziga xosdir. CHunki, evropa milliy musiqa an’analarini o‘zida jamuljam aks ettirgan ijod maktabining vakili bo‘lgan taniqli kompozitorning eng yuksak badiiy saviyadagi asarlarini maktab o‘quvchilariga etkazish, mazkur asarlar haqida qisqa hamda qiziqarli ma’lumotlar etkazib berish ularning musiqiy bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirishda alohida ahamiyat kasb etadi.
Robert SHumanning hayot yo‘li ham o‘ziga xos, boshqalarga unchalik o‘xshamagan bo‘lib, o‘quvchilarga bu haqda qiziqarli tarzda so‘zlab berish mashhur ijodkorning hayoti borasida ularda ma’lum taassurotlar uyg‘otishi mumkin. SHumanning ijodiy merosi boy bo‘lib, ular musiqa janrlarining deyarli barchasini qamrab olgan.
Umumta’lim maktabi musiqa darslarida R.SHumanning yaratgan fortepiano asarlari, shuningdek, uning “Bolalar albomi” haqida ma’lumotlarni etkazish ijobiy ahamiyatga ega bo‘lib, o‘quvchilarda chet el kompozitorlarining asarlarini tinglashga nisbatan qiziqishlarni tarbiyalashda muhim o‘rin tutishiga shubha yo‘q.



Download 26.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling