Musiqiy ta’lim va madaniyat” kafedrasi musiqa ta’limi yo’nalishi 3-bosqich talabalarining malakaviy amaliyot dastur I


Download 97.37 Kb.
bet6/9
Sana08.06.2023
Hajmi97.37 Kb.
#1464011
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
3....-kurslar uchun amakiyot dastur

Ma'naviy-tarbiyaviy ishlar:
-O'quv muassasasida sinf rahbarlari ishini o'rganishi, tadbirlar o'tkazish.
-Ota-onalar bilan yaqindan aloqa o'rnatish.
Tarbiyasi bo'sh o'quvchilar bilan axloq-odob mavzuida suhbatlar o'tkazish
"O'zbekiston yoshlar ittifoqi" faollari va yetakchilari faoliyatini o'rganish, qo'shimchalar kiritish.
- O'quv-tarbiyaviy ishlar bo'yicha rahbar muovini faoliyatini o'rganish va birgalikda ish yuritish.
-Musiqa tarixi bo'yicha davra suhbatlarini o'tkazish Ilmiy mavzuda konferensiya tashkil qilish


Malakaviy pedagogik amaliyoti jarayonida amaliyotchi talabalarda
shakllanadigan ko'nikmalar:
- yangi pedagogik texnologiyalardan samarali foydalanish;
-o’quv uslubiy ko'rgazmali jihozlan har bir mavzu uchun tayyorlash;
-o'quv mashg'ulotlarining dars ishlanmalari va mavzuiy rejalarini ishlab
chiqish, -amaliyot davomida sinfdan tashqari ishlarni rejalashtirish;
- darslarni mustaqil tayyorlash va o'tkazish, o'quvchilar bilan qo'shimcha
mashg'ulotlar tashkil etish;
- bolalar tarbiyasiga kompleks yondashgan holda turli xil sinfdan va
maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlari olib borish,
-o'qituvchilar, bolalar va ularning ota-onalari o'rtasidagi o'zaro
munosabatlarni pedagogik maqsadga muvofiq ravishda o'rgatish;
- ta'lim muassasalari hujjatlarini olib borish (sinf qaydnomasi), bolalar
kundaliklar, daftarlarini tekshirish, ko'rgazmali jihozlar, didaktik
materiallar tayyorlash;
- kurs ishini tayyorlashda foydalanish uchun materiallar yig'ish maqsadida
pedagogik tajriba yoki ijodiy-tekshiruv ishlarini olib borish;
-o'quvchilar bilan muntazam tarbiyaviy ishlarni olib borish;
-sinf rahbari vazifalarini bajarishga tayyor bo'lish;
- mavzuni boshqa fanlar bilan va mazkur fanda o'tilgan hamda o'tilishi
lozim bo'lgan mavzular bilan bog'lash, darsni jihozlash (texnik vositalar,
ko'rgazmali jihozlar, jadvallar, tarqatma materiallar va hokazolar);
-o'quvchilarda doimo erkin, mustaqil fikrlashni va mustaqil mulohaza
yuritishni shakllantirish
-amaliyot mobaynida o'qituvchilar va shaxsiy tajribalarni umumlashtirish,
tahlil qilish va hokazo.
Talabalar amaliyoti bakalavr yo'nalishi va magistr mutaxassisligi bo'yicha kadrlar tayyorlashning muhim qismi hisoblanadi. Talabalarning malakaviy amaliyotlari ilg'or ta'lim-tarbiya muassasalarida o'tkaziladi. Talabalar amaliyoti bu o'quv predmetlarining nazariya materiallarini mustahkamlash jarayoni bo'lib, o'quv jarayonini bevosita amaliyotda qo'llash sharoitidagi davomidir. Har bir amaliyotning maqsadi mazmuni va muddati umumta'lim davlat standarti o'quv rejalari va amaliyot dasturlaridan aniqlanadi. Talabalar amaliyoti bir tomonda universitet ma'muriyati va boshqa tomondan davlat xalq ta'lim boshqarmasi yoki alohida ta'lim-tarbiya muassasasi bilan tuzilgan shartnomalar asosida tashkil etiladi.
Amaliyot rahbari;
- talabalar amaliyotni o'tashi uchun zarur tayyorgarlik ko'radi va amaliyot boshlanishidan oldin ob'ektlarga boradi;
-talabalar amaliyotga borishidan oldin amaliyot rahbari ularni amaliyot ob'ektlarining ichki tartib qoidalari bilan tanishtiradi texnika xavfsizligi bo'yicha dastlabki instruktaj o'tkazadi va zaruriy xujjatlar bilan ta'minlaydi
-talabalarni kafedra topshiriqlaridan ko'zda tutilgan ilmiy tadqiqot ishlariga rahbarlik qiladi;
- talabalar amaliyoti bo'yicha kirish va yakuniy anjumanlarni tayyorlashda va amaliyot natijalarini baholovchi komissiya ishida ishtirok etadi.
-talabalarni amaliyot bo'yicha hisobotirni ko'rib chiqadi ularni ishiga tavsif beradi. Talabalarning amaliyot o'taganligi unda duch kelgan kamchiliklar va yutuqlar hamda amaliyotni takomillashtirish haqida takliflar kiritilgan yozma hisobotni kafedra mudiriga taqdim etadi,
Talabalar amaliyotiga umumiy rahbarlik amaliyot ob'ekti rahbariyati tomonidan buyruq asosida ma'sul xodimlardan biri yuqori malakali mutaxassislar tarkibidan tanlab olingan mutaxassis zimmasiga yuklatiladi.
Amaliyot tugashi bilan amaliyotchi talaba yozma hisobot tayyorlaydi va kundalik bilan birga amaliyot rahbariga topshiradi. Amaliyot to'g'risidagi xisobotda amaliyot davrida talaba tomonidan bajarilgan ishlar aniq va ravshan yoritilishi kerak. Unda amaliyot ob'ekti to'g'risida (maktab, gimnaziya, litsey) qisqacha ma'lumot va talaba faoliyatning tashkil etilishi, xavfsiz amaliyot faoliyatining yo'lga qo'yilishi, amaliyot yuzasidan xulosa va takliflar yozilishi zarur.
Amaliyot tugashi bilan talaba kafedra tomonidan tayinlangan komissiya oldida hisobotni ximoya qiladi. Amaliyot natijasi bo'yicha talaba olgan reyting bahosi kursdan-kursga o'tkazilishida va stipendiya belgilanishida hisobga olinadi. Amaliyot natijalari fakultet o'quv uslubiy konferensiyasida muhokama qilinadi.
III-kurs talabalaming malakaviy amaliyoti umumta'lim maktablarida o'tkaziladi. Unda talabalar o'qituvchilarning ish faoliyati bilan yaqindan tanishadilar, darslarini kuzatadilar, tahlil qiladilar, hamda me'yoriy xujjatlarni rasmiylashtirish ko'nikmalariga ega bo'ladilar, shu maqsadda;
-O'ziga biriktirilgan guruh bilan ishlash. Biriktirilgan metodist- o'qituvchidan topshiriq olib shaxsiy ish rejasini tuzish va tasdiqlatish -guruh rahbarining ish tajribasini o'rganish;
-guruh o'quvchilaming tashxis xaritalari bilan tanishish;
- to'garak Nizomi va ish faoliyati rejasini o'rganish;
- to'garak mashg'uloti rejasidagi mashg'ulotlardan biri uchun ishlanma
tuzish;
-maktab ish xujjatlarining yuritilishini o'rganish;
-sinf jamoasi bilan tanishish;
-tarbiyasi og'ir o'quvchilar bilan yaqindan tanishish va psixolog yordam berishga o'rganish; -guruh rahbarining ma'naviy-ma'rifiy ishlar rejasi bilan yaqindan tanishib chiqish;
-rejaga kiritilgan tadbirlarning tarbiyaviy ahamiyati, tadbirlar o'rtasidagi o'zaro izchillik, aloqadorlik mavjudligini baholashga urinib ko'rish;

TOPSHIRILADIGAN HUJJATLAR


III- kurs
1 Kundalik
2 O'quv rejasi
1. Dars kuzatuv bayoni (musiqa darsi)
4. Ma'naviyat tadbirlarini tashkillash va ssenariy bayyonnomasi
5 Talabaga tavsiyanoma
6. Ochiq dars ishlanmasi
7. Tarqatma materiallar
8. Sinf jamoasiga tavsifnoma
9. Umumiy hisobot

TALABALARNING-PEDAGOGIK AMALIYOTDAGI ISHTIROKINI BAHOLASH MEZONLARI





Download 97.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling