Musiqiy ta’lim va madaniyat” kafedrasi musiqa ta’limi yo’nalishi 3-bosqich talabalarining malakaviy amaliyot dastur I
Download 97.37 Kb.
|
3....-kurslar uchun amakiyot dastur
- Bu sahifa navigatsiya:
- Farg’ona 2022 Malakaviy amaliyot dasturi malakaviy, ishchi malakaviy reja va malakaviy jarayoni jadvaliga muvofiq ishlab chiqildi. Tuzuvchi
- I. Qirg’izov – “
- Kafedra mudiri: D. Namozova
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI “SAN’ATSHUNOSLIK” FAKULTETI “MUSIQIY TA’LIM VA MADANIYAT” KAFEDRASI MUSIQA TA’LIMI YO’NALISHI 3-BOSQICH TALABALARINING MALAKAVIY AMALIYOT D A S T U R I Gumanitar soha: 100000 Bilim sohasi: 110000 Ta’lim yo’nalishi: 5111100 (Musiqa ta’limi) Farg’ona 2022 Malakaviy amaliyot dasturi malakaviy, ishchi malakaviy reja va malakaviy jarayoni jadvaliga muvofiq ishlab chiqildi. Tuzuvchi: I.I. Qirg’izov – “Musiqiy ta’lim va madaniyat” kafedrasi o’qituvchisi Taqrizchilar: D. Namozova– “Musiqiy ta’lim va madaniyat” kafedrasi mudiri I. Qirg’izov – “Musiqiy ta’lim va madaniyat” kafedrasi dotsenti Amaliyot dasturi “Musiqiy ta’lim va madaniyat” kafedrasining 2022 yil 27-avgustdagi 1-son yig’ilishida muhokomadan o’tgan va “San’atshunoslik” fakulteti kengashida muhokama qilish uchun tavsiya etilgan. Kafedra mudiri: D. Namozova Amaliyot dasturi “San’atshunoslik”fakulteti Kengashida muhokama etilgan va foydalanishga tavsiya qilingan (202__ yil __-______dagi __-son bayonnoma). Fakultet kengashi raisi: F.Yuldashev KIRISH O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-dekabrdagi hamda O'zbekiston Respublikası Prezidenti Administratsiyasining 2022-yil 15 martdagi 04-593-son topshirig'i, Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirliginining 202-sonli buyrug'i ijrosini ta'minlash, shuningdek, ish beruvchilarning kadrlarga bo'lgan ehtiyojlarini e'tiborga olgan holda kadrlarni o'qitish usul va shakllarini, fan, o'quv jarayoni va amaliyot integratsiyasini yanada takomillashtirish maqsadida. O’zbekiston Respublikasi mustaqqilika erishgach barcha sohalardagi kabi Oliy va o'rta ta'lim sohasida ham tub islohatlar amalga oshirilmoqda. O'zbekiston Respublikasining «Ta'lim to'g'risida»gi qonuni zamon talablariga javob beradigan pedagog xodimlarni tayyorlashni bosh vazifa qilib qo'ymoqda. Pedagogik amaliyot bo'lajak o'qituvchilarning olgan nazariy bilimlarini amalda sinab ko'rish imkonini yaratuvchi o'quv shakllaridan biridir. Bo'lajak o'qituvchi pedagogika, va maxsus mutahhasislikda olgan bilimlarini amaliyotga tadbiq etishda, buni qanchalik kasbiy bilim, qobiliyat, tarbiyachilik mahorati, o'qituvchilik salohiyati va odobini shakllanganligini aniqlash va takomillashtirish pedagogik amaliyotning bosh vazifasidir. Bunda: -xalq ta'limi tizimidagi o'quv tarbiya jarayonini takomillashuvi darajasini o'rgatish.. -har bir fanni o'qitishda milliy g'oya va mafkurani konstitutsiya saboqlari-sodda holda qanday amalga oshirish metodlarini o'rgatish; - ta'lim jarayonida o'qitishni yangi didaktik talablar asosida dolzarb tadqiqotlarni kiritishni hamda ilg'or tajribalar misolida ko'rsatish; -o'qituvchi va o'quvchi faoliyatini hamda barkamol shaxs qanday bo'lishini amaliyotda ko'rsatish; - talabalari mustaqil faoliyatini pedagogik amaliyot jarayonida ta'minlash; -maktab jamoasi, tarbiyaviy tadbirlar va ota-onalar bilan ishlash mahoratini amaliyotda tuzatish va tahlil qilishga o'rgatish; o'qituvchilik kasbiga xos bo'lgan his-tuyg'uni va ahloq-odobni shakllantirish. Maktab hujjatlarini tartibli tayyorlash malakasini tarbiyalash. Download 97.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling