Musiqiy ta’lim va madaniyat” kafedrasi musiqa ta’limi yo’nalishi 3-bosqich talabalarining malakaviy amaliyot dastur I


Malakaviy pedagogik amaliyot maqsadi


Download 97.37 Kb.
bet2/9
Sana08.06.2023
Hajmi97.37 Kb.
#1464011
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
3....-kurslar uchun amakiyot dastur

Malakaviy pedagogik amaliyot maqsadi:
- Talabalarda o'qituvchilik kasbiga barqaror qiziqish va ongli mustaqil pedagogik faoliyatni shakllanishi.
-Kasbiy ko'nikma va malakalami shakllantirish va rivojlantirish.
-Pedagogik faoliyatga ijodiy tadqiqiy yondashuv, o'z mehnatini tahlil qilish malakasini hosil qilish.
- Talabaning ixtisosligi bo'yicha Davlat ta'limi standartlar bilan
tanishtirish

- O'quvchi talabalarning individual va yosh xususiyatlarini o'rganish maqsadida amalgotchi talabalarning o'quvchi talabalar bilan muloqot va o'zaro hamkorlikni tashkil qilish.


-Ta'lim jarayonida pedagogik va axborot texnologiyalarini tadbiq etish malakasiga ega bo'lishga yondashish
- Malakaviy pedagogik amaliyot talabalarning umumpedagogik, metodik va asosiy fanlaridan olgan nazariy bilim, malaka va ko'nikmalariga asoslanadi.
Malakaviy pedagogik amaliyot davomida talaba:
-ixtisoslik fanidan turli tip va turdagi darslarni pedagogik texnologiyalar bilan bog’langan holda tashkil etish va ularda o'quvchilarning bilish faoliyatini boshqarish;
-dars reja-konspekti, tematik, pedagogik amaliyot ish rejalarni tuzish malaka va ko'nikmalarini egallashi lozim.
-o'zi va kursdoshlari, shuningdek, o'qituvchilar darslarini tahlil qilish;
-ma'naviy-ma'rifiy ishlarni tashkil etish va olib borish;
-ma'naviy-ma'rifiy tadbir senariysini tuzish va o'tkazish,
-ta'limning texnikaviy vositalaridan foydalanish;
-ishlarini o'rganish va tahlil qilish;


Malakaviy pedagogik amaliyot vazifalari:
1 Talabalar va malaka amaliyoti rahbarlarining faoliyatini tartibga soluvchi asosiy hujjat malaka amaliyoti dasturi hisoblanadi.
Malaka talablariga va o'quv (ishchi o'quv) rejadagi fanlar mazmuniga mos kelishi, ta'lim yo'nalishlar (mutaxassisliklari)ning o'ziga xususiyatlarini, shuningdek, fan va ishlab chiqarishning so'nggi yutuqlarini inobatga olishi kerak.

Malaka amaliyoti dasturi quyidagi asosiy bo'limlardan tarkib topadi:


malaka amaliyotining maqsad va vazifalari,
malaka amaliyoti mazmuni, malaka amaliyoti reja-jadvali,
malaka amaliyotini baholash mezoni,
malaka amaliyoti bo'yicha hisobotga talablar.

Bundan tashqari, malaka amaliyot dasturiga amaliyotni o'tashga doir uslubiy ko'rsatmalar (tavsiyalar), foydalaniladigan asosiy va qo'shimcha adabiyotlar, o'qish davrida olingan bilimlarning mustahkamlanishiga xizmat qiluvchi tegishli materiallar va hujjatlar haqidagi bo'limlar ham kiritilishi mumkin.


-Amaliyotchi-talabalarning oliy o'quv yurtida egallagan bilimlarini mustahkamlash va o'quvchi-talabalar bilan olib boriladigan dars, darsdan tashqari ta'limiy-tarbiyaviy ishlar amaliyotida tadbiq etishni o'rgatish
-Amaliyotchi talabalarda maktabda ta'limiy-tarbiyaviy ishlar tizimini har tomonlama o'rganish, dars, darsdan tashqari turli ko'rinishdagi ta'limiy-tarbiyaviy tadbirlarni kuzatish va tahlil qilish, o'quv-malakalarini takomillashtirish.
-Talabalarda dars, darsdan tashqari ta'limiy-tarbiyaviy ish turlarini maqsadga muvofiq rejalashtira olish o'quv malakalarini shakllantirish.
-O'quv dasturlari va taqvim rejalariga asosan uslubiy-ma'naviy . ishlarida metodik yordam uyushtirish.
-Talabalarni sinf rahbari yordamchisi sifatida, sinf rahbari vazifalarini bajarishga, o'quvchilar bilan alohida va ommaviy tarzda darsdan tashqari tarbiyaviy ishlarni olib borishga o'rgatish.
-Talabalarda psixologik sifatlari shakllantirish.
- O'qituvchi va talaba orasidagi o'zaro samarali munosabatlarni ishlab
chiqish.
-Talabalarni o'quvchilar bilan munosabati va muloqotida ularning yosh davrlari xususiyati va individual xususiyatlarni o'rganish.
- Talabalarda milliy va umuminsoniy tarbiya muammolarini hal qilishga imkon beradigan pedagogik qobiliyatni takomillashtirish, o'quvchi shaxsi va uning tarbiyasiga bo'lgan intilishlarini kuchaytirish.

Download 97.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling