Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybek haqida


Download 17.04 Kb.
bet3/4
Sana11.05.2023
Hajmi17.04 Kb.
#1451404
1   2   3   4
Bog'liq
maqola

“Qutlug‘ qon” romani


Oybek ijodining yorqin qirralarini ham, adib bosib o‘ggan maktabning mashaqqatli va chalkash so‘qmoqlarini ham birgana «Qutlug‘ qon» romani misolida ko‘rsa bo‘ladi. Aslida xavf-xatarga to‘liq bu maktab «saboqlari» Oybek domla tengqurlari bo‘lmish ijodkorlarning hammasiga taalluqli. Bir na’ra tortsa, jahonni larzaga solishga qodir Gʻafur Gʻulom she’rlarida o‘qtin-o‘qtin «ulug‘ og‘a»ning tarixiy xizmatlarini eslatib turishga majbur bo‘lgani, Abdulla Qahhor eng tagdor, eng haqqoniy hikoyalarini ming bir qobiqqa o‘rab «yedirish» yo‘lini izlagani bejiz emas. Zolim siyosat kechagina yoningda turgan el e’tiqodini qozongan ijodkorlarni, haqiqiy xalq fidoyilarini «xalq dushmani» deb qirg‘in qilgan, o‘zi emas, bolalarini xalq qamoqda chiritayotgan pallada ijod qilish qilich damida yurish bilan teng edi (Mustaqillik yillarida ongi shakllangan avlod buni tasavvur ham qilolmaydi).


Mana shu doimiy xavotir ko‘p yillar o‘zbek nasrining namunasi hisob-langan


«Qutlug‘ qon» romanida ham sezilib turadi. Sinchiklab o‘qisangiz bu holatni anglashingiz qiyin emas. Asarning deyarli har sahifasida kambag‘al qarollar boylarning zolimligi, bu dunyoning adolatsizligi, o‘zining qorni chalaqursoqligi haqida shikoyat qiladi. Romandagi boylarning hammasi yomon: Mirzakarimboy — zolim, aldoqchi, Salimboyvachcha — qotil, Tantiboyvachcha — qimorboz, buzuq, uning otasi ko‘chada zanglagan mix yotsa, tuflab uyiga tashiydigan mumsik… Oybekdek ulug‘ adib ham “bu yozuvchi” “sinfiylik pozisiyasi»ni bilmaydi yoki bilsa ham ataylab buzib ko‘rsatadi!» degan dahshatli aybnomaga yo‘liqmaslik uchun (demak, Stalin qamoqxonalarida suyagi chirimasligi uchun) aynan shunday tasvir vositalaridan foydalanishga majbur bo‘lgan. (Ehtimol bugungi kitobxon buni bilmas, biroq hushyor o‘quvchi roman sahifalari qatida qanday vahimali «sirlar» yashirinib yotganini anglashi qiyin emas)…

“Quyosh qoraymas” romani


Muqarrar o‘lim yoxud “Quyosh qoraymas” romanida urush va g‘alaba manzaralari.Bu adibni xalqimiz juda sevadi, ardoqlaydi. Agar shunday bo‘lmaganida oramizda Oybek ismli insonlar bu qadar ko‘p uchramasdi. «Yuksakda shamolning belanchagida, Nafis chayqaladi bir tup na’matak…» Shamolning belanchagi… o‘xshatishning betakrorligini qarang-a. Uzr, mavzudan chekindim. Bunga, albatta, o‘sha beqiyos


«Na’matak» «aybdor»!
Men oddiy bir o‘quvchiman. Ulkan adib ijodini tahlil qilish menga yo‘l bo‘lsin. Shunchaki yodingizga solgim keldi. Ikkinchi jahon urushining tamom bo‘lganiga ham
75 yil to‘lyapti. Bu g‘alabaga o‘zbek xalqi ham bemisl hissa qo‘shgani tarixiy manbalardan ma’lum. O‘zbek xalqining jasorati, fidokorligi urush davri matbuotida, adabiyotida ham keng yoritilgan. Bularning katta qismi frontning oldingi liniyalarida, shiddatli janglarni o‘z ko‘zlari bilan ko‘rgan, yurakdan kechirgan adiblar qalamiga mansub. Adib Oybek ham ularning biridir.
Oybek 1942 yil dekabridan 1943 yilning mart oyiga qadar G‘arbiy frontda, Moskva, Voronej, Kursk, Belgorod uchun bo‘lgan janglarda o‘zbek jangchilari orasida bo‘lib, ularning jasorati, qahramonliklari haqida boy material to‘pladi. Bu materiallar keyinchalik uning bir turkum she’rlariga, «Front bo‘ylab» yo‘l xotiralari, kinossenariy,
«Quyosh qoraymas» romanlariga asos bo‘ldi. Adibning o‘zi bu haqda shunday yozgan edi: «Og‘ir urush yillarida men «Quyosh qoraymas» degan yangi roman ustida ish boshladim. Ulug‘ Vatan urushi frontlaridagi o‘zbek jangchilarini ko‘rsatishga harakat qildim. Men artistlar brigadasi bilan frontga borgan bo‘lsam ham, u yerda brigadadan ajralib qoldim. Chunki faqat sharoitni, kishilarni chuqur o‘rganibgina jangchi va komandirlarning qahramonligi haqida asar yozish mumkinligini angladim va frontda uch oy qolib ketdim»
Ha, bugun «Quyosh qoraymas» haqida sizga birmuncha ma’lumot bermoqchimiz. Adib frontdan qaytgan zahoti bu roman ustida ish boshladi. Romanning dastlabki variantidan parchalar «Qizil O‘zbekiston» gazetasida, «Armug‘on», «Zafar» deb nomlangan almanaxlarda, «Sharq yulduzi» jurnalida e’lon qilib borilgan.
Roman ustida ishlash materiallar yetarli bo‘lmagani uchun to‘xtatiladi. Oradan anchagina fursat o‘tib, puxta tayyorgarlikdan keyingina adib o‘z asarini qayta yozishga kirishdi va 1957 yil dekabrida romanni yozib tamomladi. Mazkur asarning qimmatiligi shundaki, roman urush haqida yozilgan g‘oyat o‘zbekona asardir. Unda o‘zbek jangchilarining fashizmga qarshi mardona kurashlari aks etgan. Urush faqat mardlikdan iborat emas. Qil ustida turgan hayot degani urush, o‘lim bilan har lahza yuzma-yuz turmak degani… Dahshatli janglardan so‘ng olisda qolgan oilasi, bolalarini o‘ylab, tunda yig‘lagan jangchini malomat qila olasizmi?!
Romanning o‘zbekonaligini nimada ko‘rganimni bilasizmi? Og‘a-inilik, jigarchilik munosabatlarida, halok bo‘lgan jangchini «Yigitning suyagini ham oltinday aziz bilishimiz kerak», degan tushunchalar bilan uni munosib tarzda tuproqqa qo‘yishga intilish, urush ketayotgan bir pallada, g‘amga yelkadoshlik, duo-yu fotihani «kecha va bugun halok bo‘lgan barcha o‘zbeklarga» bag‘ishlash, bolajonlik… bularni yana uzoq davom ettirish mumkin.
Urush haqidagi asarlarni qayg‘u asarlari, degan bo‘lar edim. Nega desangiz, urushda g‘oliblar bo‘lmaydi. Uzoq yillar g‘olib sovet xalqi, deya ta’kidlab keldik. U g‘olibmidi?! Millionlab fuqarolari halok bo‘lgan xalq g‘olib bo‘ladimi?! Hamma narsani frontga berib, go‘daklar, qari-qartangni och qoldirib, muqarrar o‘lim domiga tashlansa-yu, g‘oliblik tatiydimi?!
«
Download 17.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling