Musobaqa sharoitida yosh futbolchilarning texnik tayyorgarligini o‘rgatish
Download 351.79 Kb.
|
“MUSOBAQA SHAROITIDA YOSH FUTBOLCHILARNING TEXNIK TAYYORGARLIGINI
- Bu sahifa navigatsiya:
- II MUSOBAQA SHAROITIDA YOSH FUTBOLCHILARNING TEXNIK TAYYORGARLIGINI O‘RGATISH USLUBIYATI
- XULOSA ADABIYOTLAR KIRISH Dolzarbligi
“MUSOBAQA SHAROITIDA YOSH FUTBOLCHILARNING TEXNIK TAYYORGARLIGINI O‘RGATISH” MAVZUSIDA YOZILGAN MUNDARIJA KIRISH…………………………………………………………………………………….3 I MUSOBAQA SHAROITIDA YOSH FUTBOLCHILARNING TEXNIK TAYYORGARLIGINI O‘RGATISHNING ILMIY VA NAZARIY ASOSLARI……8 1.1. Musobaqa sharoitida yosh futbolchilarning texnik tayyorgarligini o‘rgatishning dastlabki bosqichlari………………………………………………………………………..8 1.2. Musobaqa sharoitida yosh futbolchilarning texnik tayyorgarligini o‘rgatishning hususiyatlari……………………………………………………………………………….12 1.3. Musobaqalarga saralashni tashkil qilish usullari……………………………………..17 Bob bo‘yicha xulosalar……………………………………………………………………27 II MUSOBAQA SHAROITIDA YOSH FUTBOLCHILARNING TEXNIK TAYYORGARLIGINI O‘RGATISH USLUBIYATI…………………………………29 2.1. Musobaqa sharoitida yosh futbolchilarning texnik tayyorgarligini o‘rgatish mezonlari………………………………………………………………………………….29 2.2. Musobaqa sharoitida yosh futbolchilarning texnik tayyorgarligini o‘rgatish uchun namunaviy mashqlar………………………………………………………………………31 2.3. Musobaqa sharoitida yosh futbolchilarga texnik tayyorgarligini o‘rgatishni nazorat qilish va me’yoriy talablari………………………………………………………………..35 XULOSA ADABIYOTLAR KIRISH Dolzarbligi. Istiqbolli va iqtidorli futbolchilarni tanlash va tayyorlashning samarali tizimini yaratish, milliy terma jamoalar va professional futbol klublari uchun sifatli sport zaxirasini shakllantirish, xalqaro talab va standartlar asosida futbol bo‘yicha trener va hakamlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish maqsadida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-martdagi “Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5368-son Farmoniga [2] muvofiq bir necha vazifalar alohida dolzarblik kasb etmoqda. So‘nggi yillarda xalqimizning salomatligi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilish, ma’naviy va jismoniy barkamol avlodni shakllantirish, millionlar o‘yini bo‘lgan va mamlakatimizda alohida o‘rin tutadigan sportning futbol turiga aholini, ayniqsa yoshlarni keng jalb etish bo‘yicha bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda. Shu bilan birga, bugungi kunda mamlakatimizda yuqori iqtidorga ega bo‘lgan yosh futbolchilarni tanlash, saralab olish (seleksiya) tizimi va futbol infratuzilmasini yanada rivojlantirish, futbol bo‘yicha sport maktablari faoliyatini yangi bosqichga ko‘tarish, soha mutaxassislarini tayyorlash va ularni moddiy rag‘batlantirish tizimini yaxshilash, o‘tkazilayotgan musobaqalar saviyasini yuksaltirish kabi masalalar dolzarb vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda. O‘zbekistonda futbolni aholi o‘rtasida eng ommaviy sport turiga aylantirish, yuqori iqtidorga ega bo‘lgan yosh futbolchilarni tanlash, saralab olish va ularni professional sportchilar sifatida tayyorlash tizimini yo‘lga qo‘yish, mamlakat futbolini rivojlangan mamlakatlar bilan raqobat qila oladigan darajaga yetkazish, xalqaro talab va standartlar asosida futbol bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash, futbol klublari faoliyatini rivojlantirish, terma jamoalar uchun o‘quv-mashq jarayonini samarali tashkil etish, mamlakatimizda futbol bo‘yicha yirik xalqaro musobaqalar, jumladan, o‘smirlar, yoshlar va xotin-qizlar jamoalari o‘rtasida jahon va qit’a birinchiliklarini o‘tkazish maqsadida: O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi va O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining quyidagilarni O‘zbekiston Respublikasida professional futbolni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari etib belgilash to‘g‘risidagi taklifi ma’qullangan: bolalar va o‘smirlarni futbol bilan shug‘ullanishga qiziqishini oshirish, havaskor futbolni ommaviylashtirish, bu borada umumta’lim maktablari, boshqa ta’lim muassasalari, mahalla va tashkilotlarda futbol bo‘yicha musobaqalarni muntazam ravishda tashkil etish; yuqori iqtidorga ega bo‘lgan yosh futbolchilarni tanlash va saralab olish (seleksiya) tizimini tubdan takomillashtirish, ularni bosqichma-bosqich professional tayyorgarlikdan o‘tkazib borish orqali futboli rivojlanayotgan davlatlarning yetakchi klublariga «futbolchilar eksporti»ni amalga oshirish tizimini yo‘lga qo‘yish; futbol sohasiga xususiy investitsiyalarni keng jalb etish va ularni rag‘batlantirish, futbol sohasini bozor mexanizmlari asosida boshqarish, futbol klublarini xususiy sektorga o‘tkazish hamda ular orasida sog‘lom sport raqobati muhitini yaratish; futbol musobaqalari tomoshabopligini oshirish hamda futbolni rivojlantirishning yangi tizimini samarali yo‘lga qo‘yish orqali «o‘zbek futboli» maktabini yaratish; Download 351.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling