Musobaqa sharoitida yosh futbolchilarning texnik tayyorgarligini o‘rgatish
Download 351.79 Kb.
|
“MUSOBAQA SHAROITIDA YOSH FUTBOLCHILARNING TEXNIK TAYYORGARLIGINI
Saralash qatnashchilarining birinchi beshlikdan (sifatlar, qobiliyatlar) o‘rin olganlariga mukofot ochkolari beriladi, ikkinchi va uchinchi beshlikdan joy olganlarga, albatta 4 va 2 ochko belgilanadi. Maxsus faoliyat uchun qobiliyatlarni to‘ldira olmaydigan futbolchi sifatlarini e’tibordan chetda qoldirish mumkin emas. Tassavvur qiling, saralashda ikki yoki bir nechta o‘smir ochkolar bo‘yicha yaqin natijalarni ko‘rsatdilar, lekin ularning birida ochkolarning katta qismi futbolchi uchun muhim bo‘lmagan sifat va qobiliyatlar evasiga jamlangan. Boshqasida esa aksincha ochkolarning katta qismi o‘yinni o‘zlashtirishda eng ko‘p imkoniyatlarni yaratuvchi sifat va qobiliyatlar hisobiga orttirilgan. Ehtimol, ikkala o‘smirdan ikkinchisining o‘zlashtirish imkoniyatlari yuqori yoki ikkinchi darajali ahamiyatga ega sifat va qobiliyatlarni to‘ldirish oson. Albatta, o‘smirlar imkoniyatlarini baholashning boshqa uslubiyatlari ham chetda qolmagan. Murabbiylar ilm-fan va vaziyatga tayanib saralash uslubiyatlarini izlab topishga qo‘llashga xaqlilar. Yosh futbolchilarni ko‘p yillik tayyorgarlik jarayonida saralash bosqichlari bugungi kunda zamonaviy sportda, yuqori natijalarga erishishga qodir, istiqbolli sportchilarni aniqlash muammolari hali ham o‘z dolzarbligini yo‘qotmagan. Yuqori sport natijalariga erishish uchun sportchiga yuksak darajada rivojlangan noyob morfologik ko‘rsatkichlar, ajoyib jismoniy va ruhiy qobiliyatlar zarur. Bunday uyg‘unlashuv ko‘p yillik tayyorgarlikda va barcha zaruriy sharoit mavjud bo‘lmaganda ham juda kamdan kam uchraydi. Albatta, bolalar va o‘smirlardagi qobiliyatlarni o‘z vaqtida aniqlash va ana o‘sha qobiliyatlarni baholash kompleks tarzda o‘tkazilishi maqsadga muvofiqligi haqidagi savollar dolzarb hisoblanadi. Sport natijasi kabi saralash jarayonida, integral ko‘rsatkichlar hal qiluvchi hisoblanmaydi. Ayni paytda, BO‘SM ga bolalar va o‘smirlar saralash tizimining tashkiliy-uslubiy asoslarini shakllantirish yakunlangan. Sport saralashi nima o‘zi? Bu aniq sport turida ixtisoslashish uchun bolalardagi layoqat va qobiliyatlarni aniqlashga asoslangan tadqiqotning pedagogik, sotsiologik, psixologik va tibbiy-biologik uslubiyatlarini o‘z ichiga olgan majmua tavsifidagi tashkiliy-uslubiy tadbirlar tizimi. Sport saralashi – bu barcha sport tayyorgarligi davrlarini qamrab olgan ko‘p bosqichli, ko‘p yillik jarayondir. U sportchi imkoniyatlarini ochib berishga – yuksak maxoratga ega bo‘lishga yordam beradi. Biron bir sport turiga nisbatan, shaxs va sifat xususiyatlarining kuchsiz namoyon bo‘lishi, sport qobiliyatlari mavjud emasligidan dalolat bermaydi. Sport qobiliyatlari ko‘p jixatdan ma’ramliligi va konservativligi bilan ajralib turuvchi, nasl omillariga bog‘liq. Bu omillar asosan organizmga yuqori talab qo‘yilganida yaqqol namoyon bo‘ladi. Sport saralashi – o‘zining individual xususiyatlariga ko‘ra, xalqaro darajadagi musobaqalarga tayyorgarlikvazifalarini aniq hal etishga qodir sportchilarni aniqlashda uzoq vaqt davom etuvchi jarayondir. Sport saralashi bir nechta bosqichda amalga oshiriladi: Birinchi bosqich – maqsadi boshlang‘ich tayyorgarlik guruhlarini jamlash hisoblangan, boshlang‘ich ta’lim bilan bog‘liq. Ikkinchi bosqich – sport texnikasini muvaffqiyatli o‘zlashtirish, yuqori ishchanlik qobiliyatni rivojlantirishga yo‘naltirilgan o‘quv-mashg‘ulot guruhlari ishini shakllantirishga qaratilgan. Uchinchi bosqich – mashg‘ulotlar va musobaqalarda katta yuklamalarga bardoshli, istiqbolli sportchilarni ajratish bilan BO‘OZMI, OSMM, olimpiya paralimpiya kollejlari sport takomillashuv guruhlarini jamlashga yo‘naltirilgan. Saralashda quyidagilarni hisobga olish zarur: ma’lumotlarni yoki butun vaziyatni idrok qilish bilan bog‘liq kelgusidagi harakatlarni shakllantirish, qabul qilingan axborotlarni sifatliligiga sabab bo‘luvchi sensomotor muhit; asab jarayonining tezkorligi, qo‘zg‘aluvchanligi, bajarilayotgan harakatdan boshqasiga ko‘chish tezligi, muvozanatni ta’minlovchi organizm tizimlarining reaktiv xususiyatlari; temperament, faollik, emotsionallik shaklidagi uning integral tavsifi. tushuncha, fikrlash tempi, bilim doirasi bilan bog‘liq oliy asab faoliyati intelektualligining namoyon bo‘lishi. BO‘SMga saralashning birinchi bosqich uslubiyati bolaga sport turini to‘g‘ri tanlashga yordam berish vazifasini hal qiladi. Bu vazifalarning to‘g‘ri yechimi, nafaqat BO‘SM va alohida murabbiylar ishini samaradorligini oshiradi, balki chuqur ijtimoiy ahamiyatga ega ekanligini bildiradi. Bolaning kelajakdagi sport muvaffaqiyatlarini aniqlovchi asosiy holatlardan biri, mashg‘ulotlarga kirishish yoshi hisoblanadi. Aynan shu yoshda ko‘pgina xorij sportchilari mashg‘ulotlarga kirishganlar. Bu yosh chegarasidan oshgan kishilarni sport s yeksiyalariga qabul qilishdan bosh tortish kerak degani emas. 2-jadval Download 351.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling