Neft va gaz


Download 0.59 Mb.
bet1/13
Sana09.06.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1476037
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
kaatalizatorlar

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIMI VAZIRLIGI


MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI

KIMYO FAKULTETI


NEFT VA GAZ KIMYOSI YO’NALISHI”
  1. KURS TALABASI SHOYMARDONOV OYBEKNING NEFT VA GAZNI QAYTA ISHLASH KIMYOVIY ASOSLARI FANIDAN




KURS ISHI
MAVZU: KATALITIK RIFORMING JARAYONI KIMYOSI VA MAHSULOTLARI
BAJARDI: SHOYMARDONOV O
ILMIY RAHBAR: ABDUGAFUROV I


TOSHKENT-2022
1

MUNDARIJA


KIRISH 3
I BOB. KATALIZNING KLASSIFIKATSIYASI
(TASNIFI) 5

    1. Katalizning umumiy xususiyatlari 5

    2. Katalizatorlarning rеaksiya muvozanatiga ta'siri 10

II BOB. KATALITIK RIFORMING XOM ASHYOSI VA
MAHSULOTLARI 15

    1. Katalitik riforming jarayonida qo’llaniladigan katalizatorlar… 15

    2. Katalitik jarayonlarni kimyo sanoatidagi o’rni 33

XULOSA 35
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
RO’YXATI 36

KIRISH


Kimyo fanida kimyoviy kinetika va kimyoviy reaksiyalarning tezligi mavzusiga kam vaqt ajratilgan. O’quvchi bu mavzuni o’rganishi uchun avvalo fizika fanida o’rgangan tezlik mavzusini esga olishi zarur bo’ladi. Fizikada tezlik vaqt birligi ichiga bosib o’tilgan yo’ldan iborat bo’lganligini o’quvchi yaqqol tassavvur qila oladi, lekin kimyo fanida reasiya tezligini o’rganishda moddalar ma’lum vaqt ichida xech qanday masofani bosib o’tmaydilar. Aksincha, moddalar konsentratsiyasida o’zgarishlar sodir bo’ladi. Buni ko’z bilan ko’rib bo’lmagani uchun o’quvchi tassavvur qilishi qiyin.
Shuning uchun, kimyoviy tajribalarni amalga oshirilishi natijasida rang o’zgarishi, ya’ni modda konsentratsiyasini kamayishini rang intensivligini kamayishi hisobiga tassavvur hosil qilish mumkin. Shuning uchun ushbu mavzuni o’quvchilar ongiga singdirish o’qituvchidan katta mas’uliyat va tajriba talab etiladi. Buning uchun o’qituvchi mavzuga mos bo’lgan va o’quvchilarni faollashtiradigan metodlardan foydalanishi maqsadga muvofiqdir. Ma’lumki, har qanday kimyoviy hodisa natijasida bir modda boshqa moddaga aylanadi. Bu ma’lum vaqt mobaynida dastlabki modda miqdorining kamayishi va yangi hosil bo’layotgan modda miqdorining ortib borishi bilan ro’y beradi, ya’ni har bir reaksiya ma’lum tezlik bilan boradi. Kimyoviy reaksiyalarning kinetikasini tekshirish reaksiyalarning qanday yo‘llar bilan borishini ya‘ni ularning mexanizmini o‘rganishga yordam beradi. Bu esa kimyoviy reaksiyalarning yo‘nalishini va ularning tezligini boshqarishga imkoniyat tug‘diradi.
1867-yilda nemis olimlar Gulberg va Vaage tomonida reksiya tezligiga moddalar massalari tasirini o’rgandilar. Shundan keyin “massalar ta’siri qununi” yaratdilar. Kimyoviy reaksiyalar tezligi o‘rganishga, asosan XIX asrning oxirlaridan boshlab alohida ahamiyat beriladigan bo‘ldi.
Dastlab, kimyoviy reaksiyalarning klassifikatsiya qilishga va ularning borishini ifodalaydigan tenglamalarni topishga qaratilgan. Bu sohaning taraqqiy ettirishda M.N.Semenov, V.N.Kondratev, N.F.Shilov, Ginshelvud kabilarning xizmatlari g‘oyat kattadir. Katalizator yuzasida atom – molekulalarning haqiqatan
ham siljishi elektron mikroskop yordamida tasdiqlandi. Umuman aytganda, atomlarning yuzada siljishi bug‘ va eritmadan kristallar hosil bo‘lishida yuz beradi deb faraz qilingan edi. Bu masala bilan olimlar N.N.Semenov va Ya.I.Frenkel o‘z shogirdlari bilan birlikda shug‘ullandilar.
Kimyo kinetika kimyoviy reaksiyalarning tezliklari haqidagi ta‘limot bo‘lib, tezliklari, kinetikadagi reaksiyalarning tezliklari, ularga ta‘sir qiluvchi omillar o‘rganiladi. Kimyoviy reaksiyalarni tekshirishda ikki amaliy masala muhim amaliy ahamiyatga ega. Bularning birinchisi reaksiyaning muvozanati qaror topgandagi unumi, ya‘ni ayni sharoitda dastlabki moddalarning oxirgi mahsulotlarga o‘tishining maksimal darajasi va ikkinchisi reaksiyaning borish tezligidir.
Reaksiyaning muvozanat holatidagi unumini hisoblashni termodinamika o‘rganiladi.Lekin jarayonning qancha davom etishi kimyoviy kinetikada tekshiriladi.
Kimyoviy jarayonlarni boshqaruvchi muhim omillar to‘rtta: 1.Temperatura;

      1. Bosim;

      2. Reaksiyaga kiruvchi moddalarning konsentratsiyalari;

      3. Katalizatorlar.

Bu to‘rtta omilning uchtasi reaksiyaning kuzatiladigan tezligiga ham, muvozanatiga ham ta‘sir etadi: to‘rtinchisi esa faqat reaksiya tezligiga ta‘sir etadi. Ba‘zi reaksiyalar (H2+Cl2=2HCl) tezligiga yorug‘lik ham ta‘sir qiladi, shu bilan birga jarayonni boshqaruvchi muhim omillardan biri moddalarning tabiatidir.

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling