Neft va gaz
-jadval Riforming katalizatorlarining kiyosiy tavsifi va jarayon natijalari
Download 0.59 Mb.
|
kaatalizatorlar
9-jadval Riforming katalizatorlarining kiyosiy tavsifi va jarayon natijalari
1 Mohamed A.Fahim, Taher A.Alsahhaf, Amal Elkilani. Fundamentals of Petroleum Refining. ©2010. ElsevierB.V. 95-121p.
Katalitik riforming vaqtida neftning benzin fraksiyasi uglevodorodlari katta miqdori aromatik uglevodorodlarga aylanadi. Bunda olti a`zoli naften uglevodorodlari degidrirlanishi, alkillangan besh a`zoli neftenlarni degidroizomerlanishi va parafin uglevodorodlarini degidrosiklanishi kuzatiladi. Bir vaqtning o’zida aromatik uglevodorodlarni dealkillanish reaksiyalari ham boradi. Shuningdek, ularni zichlanishi tufayli katalizator yuzasida koks qatlamini hosil bo’lishiga olib keladi. Katalizator kokslanishini oldini olish va kreking vaqtida hosil bo’lgan to’yinmagan uglevodorodlarni gidrogenlanishi uchun reaktordagi vodorod bosimini yuqori oktanli benzin olishda 3-4 MPa, individual aromatik uglevodorodlar olishda 2 MPa da saqlash zarur. Barcha asosiy reaksiyalar issiklik yutilishi bilan kechadi. Uglevodorodlarni o’zgarish darajasi jarayon issiklik effekti yig’indisiga ko’ra aniqlanadi. Jarayon borishida temperatura (480-5200C) pasayadi va xom ashyoda boshqa o’zgarish kuzatilmaydi. Shuning uchun xom ashyoni to’la o’zgarishi uchun aralashmani oraliq qizdirishdan o’tkazish lozim. Jarayon to’la o’tishi uchun odatda uchta ketma– ketlikda o’rnatilgan reaktorlardan foydalaniladi. Yuqori oktanli benzin komponentini chiqish miqdori 80-88% (mass.)ni tashkil etadi, uning oktan soni 80-85 (motor usulida)ga teng. Riforming jarayonini o’tkazishda asosiy sanoat katalizatorlaridan hisoblangan alyumoplatinali katalizator (0,3-0,8 mass. platina) qo’llaniladi. Keyingi yillarda platina bilan reniy birikmali katalizatorlar keng qo’llanilmoqda. Bimetalli platina- reniyli katalizatorlar qo’llash orqali reaktordagi bosimni 3-4 dan 0,70- 1,4 MPa gacha pasaytirishga erishiladi. Katalizator silindrik shaklda bo’lib, uning diametri 2,6 mm, balandligi 4 mm. Riformingning sanoat qurilmalarini qo’zg’almas qatlamli katalizatori bo’lgan (yarim regenerativ riforming) va harakat qiluvchi qatlamli bo’lish mumkin. Bularning orasida qurilmalarning oraliq turi mavjud bo’lib bunda qo’zg’almas qatlamli katalizatori bo’lgan qurilmaga qo’shib katalizatorni uzluksiz regenerasiyalash sistemasi (dualforming) bo’lgan yangi reaktorni yoki katalizatorni uzluksiz regenerasiyalash sistemasi (oktanayzing) ni quriladi. Rossiyaning neftni qayta ishlash zavodlarida VNIIN nefteхim instituti teхnologiyasi va Lengipronefteхimiya loyihasi bo’yicha qurilgan qo’zg’almas qatlamli katalizatori bo’lgan riforming qurilmalari hamda UOP va “Axens” kompaniyalarining lisenziyasi bo’yicha harakat qiluvchi qatlamli katalizatori bo’lgan qurilmalar ishlayapti. UOP kompaniyasining teхnologiyasi bo’yicha vertikal joylashgan reaktor va harakat qiladigan katalizatorli ХK,K qurilmalari loyihalashtirilayapti va qurilmoqda. “Axens” kompaniyasining teхnologiyasi bo’yicha asosan dualforming va oktanayzing qurilmalari kurilayati. Riformingni birinchi sanoat qurilmasi AQSH da 1941 yilda, Rossiyada esa 1953 yilda qurilgan. Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling