Musobaqa sharoitida yosh futbolchilarning texnik tayyorgarligini o‘rgatish


Download 351.79 Kb.
bet3/10
Sana23.11.2023
Hajmi351.79 Kb.
#1795352
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
“MUSOBAQA SHAROITIDA YOSH FUTBOLCHILARNING TEXNIK TAYYORGARLIGINI

Induksiya metodi bilishning shunday yuliki, bunda ukuvchining fikri birlikdan umumiylikka, xususiy xulosalarda umumiy xulosaga boradi induktiv xulosa-xususiydan umumiyga karab boradigan xulosadir. Bu metoddan foydalanib biror konuniyatni ochish yo koidani chikarish uchun ukituvchi misollar, masalalar, kursatmali materiallarni puxtalik bilan tanlaydi.Boshlangich sinflarda induksiya metodi bilan uzviy boglik xolda deduksiya metodidan xam keng foydalaniladi.
Deduksiya metodi bilishning shunday yuliki, bu yul umumiy bilimlar asosida xususiy bilimlarni beradi. Deduksiya umumiy koidalaridan xususiy misollarga, anik koidalarga utishdir. Deduktiv xulosalar bir necha xususiy xulosalarning umumiysidir. Shuning uchun bu metod ukuvchilarni uylashga, izlanishga majbur kiladi.

1.2. Musobaqa sharoitida yosh futbolchilarning texnik tayyorgarligini o‘rgatishning xususiyatlari
Sport mo‘ljali va saralashi muammolari yaratilish bosqichida emas, balki mustaqil fanga aylandi. Bola yoki o‘smir imkoniyatlarini bashorat qilib, murabbiy-seleksionerlar o‘z oldiga kelgusida muvaffaqiyatli sport mutaxassisligiga ishonchli iste’dodli individumlarni asoslangan qidiruvini yaratish vazifasini qo‘yadi. Ayni paytda, sportga mo‘ljallashni takomillashtirish muammolari, turli soha mutahassislari tomonidan mamlakatimizda va chet ellarda ham qo‘llab quvvatlanmoqda.
Ko‘p sonli ma’lumotlarga qaramay, iqtidorli kishilarni tanlash va mo‘ljallash muammolari, mustaqil yo‘nalish kabi izlanish, takomillashish va kelgusi ishlab chiqarish bosqichida turibdi. Bolalar va o‘smirlar sport maktablariga “sportchi” bolalarni tanlashning ilmiy-asoslangan uslubiyati, hamda ularning kelajakdagi natijalarini bashorat qilish muhim bosqich bo‘lib, yangilardan tortib to xalqaro sport ustalarigacha sportchilar tayyorgarligi zamonaviy tizimining ajralmas qismi bo‘lib bormoqda [15].
Bolalar va o‘smirlardagi qobiliyatlarni o‘z vaqtida aniqlash haqidagi savollar eng dolzarb hisoblanadi, chunki ularda shakllanish va organizm, harakat va ruhiy qobiliyatlarining rivojlanish o‘lchami differesiyalanadi, ularning hilma hil namoyon bo‘lishidagi o‘zaro bog‘liqliklar kamayadi va aniq harakat faoliyatiga nisbatan moyillik boshlanganligini kuzatish mumkin [3].
Masalan, bo‘yi uzun va bir vaqtning o‘zida tezkor o‘smirlarni aniqlash ehtimoli 100 mingdan birga teng. Agar unga yana chidamkorlik, epchillik talablari qo‘yilsa, unda bunday o‘smirlarni faqatgina million tengdoshlari ichidan bittasini topish ehtimoli bor. Olimpiyada o‘yinlarida ishtirok etuvchi sportchilar, butun dunyoda sport bilan shug‘ullanuvchi million sportchidan bittasini tashkil qiladi.
Ma’lumki, maktab yoshidagi bolalar sport maktablarida shug‘ullanishga keng jalb qilinadi. Yosh sportchilarni individual xususiyatlarini to‘g‘ri baholash, bolalar, o‘spirinlar, o‘smirlar, qiz bolalarni kompleks tadqiq etish bilan amalga oshiriladi, chunki hech qanday sport istiqboli mezonlari mavjud emas. Sport natijalari hisoblangan integral ko‘rsatkich, sportchilarni saralash jarayonida hal qiluvchi ahamiyatga ega emas, asosan agar bu organizm shakllanishi to‘liq yakunlanmagan bolalar va o‘smirlarga tegishli bo‘lsa. Alohida ko‘rib chiqiladigan morfologik, funksional, biomexanik, pedagogik, psixologik ko‘rsatkichlar tartibli sport saralashini o‘tkazish uchun yetarli emas. Yuqori sport maxoratiga ega bo‘lish uchun zarur bo‘lgan, moyillik, layoqat (nasliy) va qobiliyatlarni faqat kompleks uslubiyatlar asosida aniqlash bilan sport bilan shug‘ullanish uchun bolalar va o‘smirlar saralashi samarali amalga oshirilishi mumkin [45, 49].
V.P.Filin sport saralashi deganda, aniq sport turida mutaxassis uchun bolalar, o‘smirlar, qiz va o‘g‘il bolalarning moyilligi va qobiliyatlari aniqlanadigan tadqiqotning pedagogik, sotsiologik, psixologik va tibbiy-biologik uslubiyatlarini o‘z ichiga olgan tashkiliy-uslubiy tadbirlarning kompleks tavsifdagi tizimni tushunadi. Sport saralashining asosiy vazifasi, u yoki bu sport turi talablariga mos keluvchi layoqat va qobiliyatlarni har tomonlama o‘rganish va aniqlashdan iboratdir.
Ko‘p sonli tadqiqot natijalarini tahlil qilish va nazariy umumlashtirish, sport saralashi nazariyasining asosiy holatlarini shakllantirishga yordam beradi. Sport saralashi – sport tayyorgarligining barcha bosqichlarini qamrab oluvchi ko‘p bosqichli va ko‘p yillik jarayondir. U sportchilar qobiliyatini har tomonlama o‘rganish, tanlangan sport turida muvaffaqiyatli takomillashuvni ta’minlashga imkon beruvchi bu qobiliyatlarni shakllantirish uchun zamin yaratadi.
Hilma-hil sport turarini takomillashtirish, individning biron bir sport faoliyati turidan bittasida mahoratga erishishi uchun imkoniyatlarni kengaytiradi. Shaxs xususiyatlarini va jismoniy sifatlarni biron bir sport turiga nisbatan kuchsiz namoyon bo‘lishiga, sport qobiliyati mavjud emas deb qarab bo‘lmaydi. Bir sport faoliyati turi uchun afzallik alomatlari kam bo‘lsa, boshqasi uchun to‘g‘ri kelishi va yuqori natijalarni ta’minlashi mumkin. Shuning uchun, sport qobiliyatlarini bashorat qilish, faqat saralash tizimi uchun hos umumiy holatlardan kelib chiqib, alohida tur yoki guruh sport turiga nisbatan amalga oshirilishi mumkin [46].
Sport qobiliyati ko‘p jihatdan stabilligi va konservativligi bilan farq qiluvchi irsiy layoqatga bog‘liq. Shuning uchun sport qobiliyatini bashorat qilishda, avvalo kelgusi sport faoliyati muvoffaqiyatlariga sabab bo‘ladigan nisbatan kam o‘zgaruvchan alomatlarni e’tiborga olish lozim [13, 15]. Shug‘ullanuvchilar organizmiga qo‘yilayotgan yuqori talablarda nasliy alomatlar roli maksimal darajada ochib berilayotgan bo‘lsa, demak yosh sportchilar faoliyatini baholashda yuqori muvoffaqiyat darajasiga mo‘ljal qilish zarur.
Yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, yosh sportchilarni tanlash muammolari, bir qator tadqiqot uslubiyatlarini qo‘llash asnosida kompleks hal qilinishi lozim. Tadqiqotning pedagogik uslubiyati, yosh sportchilarni jimoniy sifatlari, koordinatsiya qobiliyati va sport-texnik maxoratini rivojlanish darajasini baholashga yordam beradi. Tadqiqotning fiziko - biologik uslubiyatini qo‘llash asosida, sport kurashi davomida individual va jamoaviy vazifalarni hal etishga ta’sir ko‘rsatuvchi sportchining morfofunksional xususiyatlari, jismoniy rivojlanish darajasi, organizmning analizator tizimlari holati aniqlanadi, hamda sport jamoasi oldiga qo‘yilgan vazifalarni hal etishdagi sportchilarning psixologik jihatdan mosligi baholanadi. Tadqiqotning sotsiologik uslubiyatlari, bolalarning sportga bo‘lgan qiziqishlari haqida ma’lumot olishga, uzoq davom etuvchi sport mashg‘ulotlari va yuqori sport natijalariga nisbatan motivatsiyani shakllantirishga aloqador sabablarni ochib berishga imkon beradi [38].
V.P.Filin sport saralashi muammolari ustida uzoq ish olib borib, bolalarni sport maktablariga tanlashni uch bosqichga bo‘ldi.
Birinchi bosqichning asosiy vazifasi, sportga layoqatli, iste’dodli bolalarni va o‘smirlarni ko‘pchiligini sport mashg‘ulotlariga jalb qilish, ularni dastlabki ko‘rigi va boshlang‘ich sport tayyorgarligini tashkil etish hisoblanadi.ko‘pgina sport turlari mashg‘ulotlariga, shu jumladan futbolga bolalarni jalb qilishni maqsadga muvofiqligini aniqlovchi ko‘rsatkichlarga quyidagilar kiradi: bolaning bo‘yi, vazni, tana tuzilishi.
To‘g‘ri saralash uchun, murabbiylar va jismoniy tarbiya o‘qituvchilarisining sport seksiyalari, maktab, tuman, shaxar musobaqalarida va nazorat sinovlarini o‘tkazishdagi kuzatuvlari juda muhim ahamiyatga ega. Maktab jismoniy tarbiya darslarini o‘tkazish doirasida BO‘SM ga kirish uchun bolalarni dastlabki tayyorgarligini amalga oshirish maqsadga muvofiq. Maxsus vositalarni tanlash bilan, yosh o‘quvchilarda u yoki bu sport turi bilan shug‘ullanish uchun qobiliyatlarni shakllantirishga maqsadli ta’sir ko‘rsatish va shu asosda aniq tur bo‘yicha mo‘ljallashni o‘tkazish mumkin.
Sport amaliyoti, birinchi bosqichda hali aniq sport turi bo‘yicha keyingi mutaxassislik uchun zarur bo‘lgan morfologik, biomexanik, funksional va ruhiy sifatlari uyg‘unlashgan, bolalarning ideal tipini aniqlash imkoni yo‘q. Boshlovchilarning biologik rivojlanishidagi muhim individual farqlar bu vazifani ancha qiyinlashtiradi. Shuning uchun, saralashning bu bosqichida olingan ma’lumotlarni mo‘ljal sifatida qo‘llash mumkin [16, 58].
Bolalar va o‘smirlarning salohiyat imkoniyatlariga katta darajada ta’sir ko‘rsatish bilan, nafaqat ularning dastlabki tayyogarlik darajasini, balki ularning o‘sish tipini ham aniqlash mumkin. Saralash tizimida nazorat sinovlari shunday hisob-kitob bilan olib borilishi kerakki, bunda nafaqat qabul qilinuvchilarning nima qila olishlari, balki keyinchalik nimaga qodir ekanliklari aniqlanadi, ya’ni uning harakat vazifalarini hal etish, harakat ijodining namoyon bo‘lishi, o‘z harakatlarini boshqara olishga nisbatan qobiliyatlari aniqlanadi.
Bir martalik nazorat sinovlari ko‘p hollarda nomzodning taklif qilingan testlarni shu vaqtda bajargan ko‘rsatkichlari haqida ma’lumot berishi mumkin, lekin istiqboldagi imkoniyatlari to‘g‘risida juda kam ma’lumot beradi. Sportchining yuqori sport natijalari nafaqat dastlabki jismoniy sifatlarning rivojlanish darajasiga, balki maxsus mashg‘ulotlar jarayonida shu sifatlarning o‘sish tempiga bog‘liqdir.
Bolalarning jismoniy rivojlanishi bir qator tashqi alomatlarga ko‘ra baholanadi: bo‘y, vazn, tana proporsiyasi, umurtqa pag‘onasining shakli va ko‘krak aylanasi, tos va oyoqlarning tuzilishi, oyoq panjasining o‘lchami [45]. Shundan keyingina bolalarning harakat qobiliyatlari o‘rganib chiqiladi.
Saralashning ikkinchi bosqichida, dastlabki saralashdan o‘tgan shug‘ullanuvchilarni tanlangan sport turida muvaffaqiyatli mashg‘ulotga nisbatan qo‘yilgan talablarga muvofiq chuqurlashtirilgan tekshiruvi amalga oshiriladi. Murabbiy sport mashg‘ulotlari, nazorat sinovlari, musobaqalar jarayonini pedagogik kuzatish asosida, shug‘ullanuvchilarning imkoniyatlarini o‘rganib chiqadi va nazorat prikidkalarida bolalar va o‘smirlar ichidan qobiliyatlilarini o‘quv-mashg‘ulot guruhlariga taqsimlaydi. Nafaqat BO‘SM ga tanlashda bolalardagi mavjud nazorat ko‘rsatkichlarining dastlabki darajasini, balki shug‘ullanish davri davomida shu ko‘rsatkichlarning o‘zgarish dinamikasini hisobga olish juda muhim. Bunday yondoshuv shug‘ullanuvchilarning ehtimoldagi imkoniyatlarini, ularning sport iste’dodlarini yuqori aniqlik bilan ochib berishga imkoniyat yaratadi.
Ushbu bosqichdagi bashoratlashning muhim mezoni, jismoniy sifatlarni rivojlanish va harakat ko‘nikmalarini shakllanish tempi hisoblanadi. Motor ta’lim haqida, u yoki bu mashqlarni o‘zlashtirish uchun shug‘ullanuvchilar sarflagan vaqt bo‘yicha muhokama qilish mumkin. Harakat ko‘nikmalarini shakllanish va jismoniy sifatlarning rivojlanish tempi, kelajakda istiqbolli sport takomillashuvni oldindan ko‘rish imkonini beradi.
Saralashning ikkinchi bosqich vazifalari – sport takomillashuv bosqichida yosh sportchilarga qo‘yiladigan talablarga muvofiq ularning individual ko‘rsatkichlar darajasini aniqlash. Bu bosqichda pedagogik kuzatuv, nazorat sinovlari, musobaqa va prikidka, tibbiy-biologik va psixologik tajribalar o‘tkaziladi.
Uchinchi bosqich vazifasi (sportga mo‘ljal bosqichi) – bolalarni individual sport mutaxassisligiga uzul-kesil aniqlash uchun sport maktabi o‘quvchilarining har birini ko‘p yil muntazam o‘rganib borish. Sportchini uzoq va puxta o‘rganish, uni mutaxassisligini aniqlash ishochliligini oshiradi. Bu bosqichda, shug‘ullanuvchilarning kuchli va ojiz tomonlarini aniqlash maqsadida pedagogik kuzatuv, nazorat sinovlari, tibbiy-biologik va psixologik tadqiqotlar amalga oshiriladi [28].



Download 351.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling