Musíqa (yunoncha— ilhom parilari)
Insonning M. faoliyati asosan 3 bosqichda amalga oshiriladi
Download 28.74 Kb.
|
Music
Insonning M. faoliyati asosan 3 bosqichda amalga oshiriladi: ijod, ijro va tinglash (uquv).
Musiqa tarixi. M.ning paydo boʻlishi masalasida turli ilmiy farazlar vujudga kelgan: hissiyotga toʻlgan nutq oxangi (G. Spenser), qushlarning sayrashi va hayvonlarning o’z juftlarini chaqirishi (Ch. Darvin), ibtidoiy odamlarning mehnat usullari (K. Byuxer) va ularning chaqiriq tovushlari (K. Shtumpf), jodu-sehrlash marosimlari (J. Kombarye) M.ning ilk manbalari hisoblanadi. Sharq mutafakkirlari ham M.ning vujudga kelish haqida ilmiy mulohazalar qoldirishgan. M. tarixini Forobiy inson nutqining shakllanish jarayoni va hissiyotlari bilan bevosita bogʻliq holda, Ibn Xaldun (14-asr) esa — ijtimoiy tizimlarning shakllanish qonuniyatlariga asoslangan holda tushuntirishgan. Xonandalik Inson ovozi vositasida yaralgan va aynan ovozda ijro etishga mo’ljallangan san’at namunalari paydo bo’lishi cholg’u musiqasiga nisbatan ancha qadimiyroqdir.Uning tarixi juda uzoq, ibtidoiy zamonlarga borib taqalada.Biroq o’sha paytda musiqa va qo’shiq kuylash ko’nikmalari kasbiy tus olmagan. Markaziy Osiyoda joylashgan ko’hna davlatlarda, shahar saroylarida vujudga kelgan professional musiqa san’atida yakkahonlik va hamnafaslik ijro shakllari qadimdan qo’llanilgan. G’arbiy Yevropa mamlakatlarida esa xonandalik kasbiy yondashuv dastavval cherkov musiqasi orqali paydo bo’lgan. Italiyada XVI (16)asrga kelib Vinchentso Galiley, Kachini, Peri va boshqalar cholg’u jo’rligi ostida yakkaxon ovoz u-n mo’ljallab musiqa asarlarini yarata boshlagan.Demak, ana shu davrdan e’tiboran Yevropa tom ma’noda xonandalik san’ati yuzaga kela boshlagan deb hisoblashadi soha tarixchilari. Shu boisdan G’arbiy Yevropa mamlakatlari vokal san’atining rivojlanish yo’lini mutaxassislar odatda uch davrga ajratishadi:
XVII asr xonandalik maktabi, ya’ni Kachinidan to Manchini davriga qadar; XVIII asr xonandalik maktabi- Manchinidan to Garsiaga qadar; Garsiadan e’tiboran shu kunlargacha. Download 28.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling