- ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ ОЛИЙ ВА ЎРТА МАХСУС ТАЪЛИМ ВАЗИРЛИГИ З.М.БОБУР НОМИДАГИ АНДИЖОН ДАВЛАТ УНИВЕРСИТЕТИ Tarix va ijtimoiy fanlar fakulteti tarix yo’nalishi 4- B gurux talabasi Axmadjonova Nigoraning Jaxon san’ati tarixi fanidan Бажарди: Axmadjonova N Текширди: Abdullayev A
- 22. Vizantiya, Sharqiy Yevropa va Kavkaz orti san`ati.
- МАVZU: XII – XIV asrlarda Vizantiya san’ati
- Р Е J А :
- Sharq va g`arbda o`rta asrlar tarixining davriy chegarasi,
- Yer yuzida feodalizm formatsiyasining paydo bo`lishidan tortib, uning rivojlanishi va nihoyat, uning inqirozidan keyingi formatsiyaga o`rnini bo`shatib berguncha bo`lgan davrdagi san`ati, odatda, o`rta asrlar san`ati deyiladi. Bu san`at turli mamlakatlarda turli vaqtda boshlangan va davom etgan. Jumladan, Yevropada u Buyuk Konstantin podsholik qilgan davrdan (IV asr) boshlanadi. Uning dastlabki inqirozi esa XIII-XIV asrlardagi Italiyadagi shahar-davlatlarning vujudga kelishi bilan tezlashadi. Yevropadagi ayrim mamlakatlarda feodalizm VII-VIII asrlar va undan kech ham boshlanib, XVII asrlarning so`ngigacha davom etgan (masalan, Vizantiya, Qadimgi Rus). Aksincha, Sharq mamlakatlarida (masalan Xitoy, Hindistonda) o`rta asrchilik birmuncha erta boshlangan. Lekin uning inqirozi cho`zilib ketib, XIX asrgacha va undan keyinroq ham davom etgan.
- O`rta asrlarda me`morchilik yetakchi o`rinni egalladi. Bizgacha o`rta asrlar me`morchilik san`atining juda ko`p nodir yodgorliklari saqlanib
- 2., Vizantiya Sharqiy Yevropa va Kavkaz orti san`ati.
- Vizantiya san`atining o`ziga xos tomonlari IV asrda uning maydoniga xristian dinining kirib kela boshlagan davridan shakllana bordi. Bu xususiyat Vizantiyaning dastlabki gullagan davri VI-VII asrlarda yaqqol namoyon bo`ldi. Konstantinopal bu davrda katta Vizantiya imperiyasining faqat siyosiy markazi emas, balki madaniy o`chog`iga ham aylandi.
- Vizantiya me`morchiligi uslubi grek va rim me`morchiligi an`analarining mahalliy an`analar bilan uyg`unlashishidan vujudga kelgan. Jumladan, Konstantinopoldagi Sofiya ibodatxonasi o`z konstruktiv tuzilishi jihatidan Panteon ibodatxonasi konstruksiyasiga o`xshab ketadi, lekin bu o`xshashlik bir muncha yashiringan holda talqin etilishi bilan xarakterlanadi. Vizantiya rangtasvirining nodir namunasi XII asr birinchi yarmida Konstantinopollik usta tomonidan ishlangan «Vladimir Bibi maryami» ikonasi hisoblanadi. Vizantiya san`ati madaniyati, jahon xalqlari san`ati va madaniyatining rivojlanishiga katta ta`sir o`tkazadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |