Guruh muzokarasini o‘tkazish qoidalari
Muhokamani boshlashdash oldin muhokama muammosi, predmetini aniq shakllantirib oling. Muhokama etilayotgan muammoni barchalar tushinishlariga erishing.
Navbatmi-navbat gapiring. Gapirayotganning nutqini bo‘lishni yoqotish zarur. Agar kimdir gapira boshlasha, qolganlar jim bo‘lishlari zarur.
E’tibor bilan tinglang, gapirayotganning fikrini tushinishga harakat qiling. E’tibor bilan tinglash ko‘rsatkichi –gapirayotganning fikrini, pozisiyasini o‘z so‘zlar bilan qayta aytish qobiliyati.
Gapirayotganning o‘z hurmatiga tegadigan, ayniqsa negativ yo‘nalishdagi, baholi mulohazalar («yomon», «yomon emas», «bema’nilik» va boshqalar)ni olib tashlang.
Shahsiy muloqatga o‘tmang. Gapirayotganning hech qanday holatda shahsiy fazilatlariga («Sen nima butunlay karmisan?») o‘tmasdan faqat gaplarini, tanqid yoki muhokama qilish mumkin.
Tanqid asosli bo‘lishi zarur. «Bu bo‘lmaydi» degan so‘zlarning o‘rniga «Sen masalani noto‘g‘ri tushinibsan» deng, qo‘shimcha qilishga ishlang. E’tiborni xatolarda emas, balki taklifdagi rivojlantirish, qo‘shimcha qilish mumkin bo‘ladigan oqilona fikrni topishga yo‘naltirish zarur.
O‘tkazilgan tahlildan qanday xulosalar qilish mumkin?
Muhokamaga yakun yasang va muzokara natijalari yetarli darajada barcha guruh a’zolari fikrlarini aniq aks ettirishiga ishonch hosil qiling.
3-bosqich. Taqdimot
Guruh a’zolari birgalikda bajargan ish natijalarini ko‘rgazmali vositalar yordamida taqdimot etadilar
Boshqalar ushbu material qismini o‘zlashtirganligini aniqlash maqsadida o‘zaro tekshiruv savollarini beradilar
«ARRA» O‘ZARO O‘QISh TEXNIKASI
O‘zaro o‘qish umumiy bazaviy tamoyilga asoslangan: o‘quv guruhi kichik guruhlarga bo‘linadi. Har bir kichik guruh a’zosi o‘rganilayotgan mavzuning ma’lum sohasi bo‘yicha ekspert sifatida boshqalarni o‘qitadi.
Har bir guruhning maqsadi barcha ishtirokchilari mavzuni to‘la hajmda egallab olishidan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |