Mustaҳkamlik- konstruktsiya elementlarini tashki kuchlarga qarshilik ko`rsatish qobiliyati. Bikrlik


Download 26.56 Kb.
bet2/7
Sana10.02.2023
Hajmi26.56 Kb.
#1186095
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Glossariy

Puasson koeffitsienti — materiallarni fizik konstanti bo`lib, tabiatdagi barcha materiallar uchun uning qiymati 0  i < 0,5
Elastiklik zonasi - materialni deformatsiyasi sof elastik deformatsiyadan iborat (material Guk qonuniga bo`ysunadi).
Umumiy oquvchanlik zonasi — materialda oqish jarayoni kuzatiladi (kuch o`zgarmas bo`lsa ҳam deformatsiya.ortib boradi), materialda qoldiq, (plastik) deformatsiya ҳosil bo`ladi.
Mustaҳkamlaiish zonasi — materialni xavfli kesimida bo`yincha ҳosil bo`ladi. Maҳalliy oquvchanlik zonasi - oqish jarayoni materialni xavfli kesimi (bo`yincha ҳosil bo`lgan kesim )da ortib boradi.
Proportsionallik chegarasi — materialni Guk qonuni o`rinli bo`lgan chegaradagi eng katta kuchlanishdir.
Oquvchanlik chegarasi - kuch deyarli o`zgarmas bo`lganda ҳam materialni deformatsiyasi ortib borishiga to`g‘ri kelgan kuchlanishdir.
Mustaҳkamlik chegarasi (vaqtli qarshilik) - material chidab turadigan shartli eng katta kuchlanishdir.
Ruxsat etilgan kuchlanish - mashina va inshoot qismlarini xavfsiz, ishonchli, emirilmay, elastik deformatsiya zonasida ishlashini ta`minlovchi eng katta kuchlanishdir.
Solishtirma (ҳajmiy) og’irlik - materialni ҳajm birligiga (sm3 ,m 3 ) to`g‘ri kelgan og‘irligi (kg, t, n, kn).
Potentsial enargiya - bo`ylama kuch ta`siridan brusni deformatsiyalanishi (cho`zilishi yoki siqilishi) oqibatida unda to`plangan energiya.
Ko`chish - brus ko`ndalang kesimini o`zining normali (brusni geometrik o`qi) bo`ylab siljishi.
Epyura - bo`ylama kuch, normal kuchlanish va ko`chishlarni brusni geometrik o`qi bo`ylab o`zgarish grafigi.
Statik noaniksistemalar- berilgan sistemadagi barcha noma`lum (bog‘lanish) lar, statikani muvozanat tenglamalaridan ortiq bo`ladi.
Statik noaniqlik darajasi- barcha noma`lumlardan, muvozanat tenglamalarini ayirmasi.
Qo`shimcha tenglama- berilgan sistemani deformatsiyalanish xarakterini ifodalaydi.

Download 26.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling