Siljishdagi Guk konuni - ( G )materiallarni proportsionallik chegarasida urinma kuchlanish bilan siljish burchagi orasidagi munosabat.
Siljishdagi elastiklik moduli "G" - urinma kuchlanish " " bilan siljish burchagi " " orasidagi proportsionallik koeffitsienti.
Buralish - tashqi kuch ta`siridan brusni ko`ndalang kesimida burovchi moment "Mb" ni mavjud bo`lishi.
Burovchi moment - brusni geometrik o`qiga nisbatan olingan moment (brus ko`ndalang kesimini normaliga nisbatan olingan moment).
Urinma kuchlanish - burovchi moment "Mb" ta`sirida ҳosil bo`lib, brusni ko`ndalang kesim yuzasiga urinma yo`naladi.
Doiraviy kesimni qutb qarshilik momenti- qutb inertsiya momentini doirani radiusiga nisbati.
Nisbiy buralish burchagi - brusni birlik uzunligiga to`g‘ri kelgan buralish burchagi.
Buralishdagi bikrlik "G Jp "~brusni buralish deformatsiyasiga bo`lgan qarshiligi. Murakkab qarshiliklar (murakkab deformatsiyalar) – tashqikuchlar ta`siridan brusni ko`ndalang kesimida ikki va undan ortiq ichki kuchlarning mavjud bo`lishi. Qiya egilish – eguvchi moment tekisligi, brusni bosh inertsiya tekisliklari (ZOX, ZOY) bilan to`g‘ri kelmasligi.
Markaziy bo`lmagan siqilish yoki cho`zilish – brusni ko`ndalang kesimida bir vaqtda siquvchi yoki cho`zuvchi bo`ylama kuch ―N‖ va eguvchi moment ―M‖ ni mavjud bo`lishi.
Kesimni neytral o`qi – normal kuchlanish 0 nolga teng bo`lgan kesimdagi nuqtalarni geometrik o`rni.
Mustaҳkamlik sharti – materiallarni elastik deformatsiya zonasi (proportsionallik chegarasi) da ishlashini ta`minlovchi shart.
Kesim yadrosi – tashqi bo`ylama kuch, kesim og‘irlik markazi atrofida chizilgan soҳa ichidagi biror nuqtaga qo`yilgan bo`lsa, brus ko`ndalang kesim yuzasining barcha nuqtalarida bir xil ishorali kuchlanish ҳosil bo`ladi.
Mustaҳkamlik nazariyasi – materiallarda xavfli ҳolat boshlanishini gipotezalar asosida turli faktorlarga bog‘lab tekshirish.
Xavfli ҳolat – plastik materiallar uchun qoldiq deformatsiyaning mavjud bo`lishi, mo`rt materiallar uchun esa materialning darz ketishidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |