Kesimni statik momenti - kesim yuzasini, uni og‘irlik markazidan o`qgacha bo`lgan masofaga ko`paytmasi.
Markaziy o`qlar- kesimni statik momenti nolga teng bo`lgan o`qlar.
Kesimni og’irlik markazi — markaziy o`qlarni kesishgan nuqtasi.
Kesimni inertsiya momenti - kesim yuzasini uni og‘irlik markazidan o`qgacha bo`lgan masofani kvadratiga ko`paytmasi .
Qutb inertsiya momenti - kesim yuzasini, uni og‘irlik markazidan koordinata boshi (qutb) gacha bo`lgan masofani kvadratiga ko`paytmasi.
Markazdan kochuvchi inertsiya momenti - kesim yuzasini, uni og‘irlik markazidan koordinata o`qlarigacha bo`lgan masofalarni ko`paytmasi.
Bosh inertsiya o`qlari - markazdan qochuvchi inertsiya momenti (Jxy=0) nolga teng bo`lgan o`qlar.
Bosh inertsiya momenti- kesimni bosh inertsiya o`qdariga nisbatan olingan inertsiya momenti.
Murakkab shakl-oddiy shakllar to`plami Murakkab shaklni inertsiya momenti -oddiy shakllarni inertsiya momentlari to`plami.
Qarshilik momenti - kesimni inertsiya momentini, kesimni neytral o`qidan eng uzoqdagi nuqtagacha bo`lgan masofaga nisbati.
Balka - egilish deformatsiyasiga ishlovchi (qarshilik ko`rsatuvchi) brus.
Sof egilish — brusni ko`ndalang kesimidagi eguvchi moment ( M=const) o`zgarmas bo`ladi.
Ko`ndalang egilish - brusni ko`ndalang kesimida bir vaqtda eguvchi moment "M" va kesuvchi kuch "Q" mavjud bo`ladi.
Tayanch - konstruktsiya elementlarini ҳarakatini cheklovchi sabab.
Reaktsiya kuchlari - tayanchlarda ҳosil bo`luvchi bog‘lanish reaktsiyalari.
Eguvchi moment - brusni ko`ndalang kesimiga perpendikulyar tekislikda ta`sir etuvchi moment.
Kesuvchi kuch - brusni geometrik o`qiga tik yo`nalgan kuch.
Tekiskesim (Bernulli) gipotezasi - brusni ko`ndalang kesimi deformatsiyaga qadar tekis bo`lib, deformatsiyadan keyin ҳam tekisligicha qolishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |