Мустакил ишларни ташкид этиш методикаси


Download 211.5 Kb.
bet9/19
Sana22.03.2023
Hajmi211.5 Kb.
#1286638
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19
Bog'liq
2 5395806047195636047b

Nazariy tayyorgarlik
Barcha sport turlarida muhim ahamiyatga ega bo‘lib, musobaqa qoidalarini bilishdan iborat. Shaxmat, shashka, aviamodellashtirish kabi sport turlarida bu tayyorgarlik eng muhim hisoblanadi. Shaxmat va shashka bilan shug‘ullanadigan sportchilar juda ko‘p uslubiv adabiyot
o‘qishadi, bu keyinchalik musobaqa paytida oldingi turli bosqichdagi musobaqalarda o‘ynalgan partiyalarning eng qiziqlarini esda tutish, raqibning fikr yuritishini avvaldan ko‘ra bilish va unga o‘zining kombinatsiyalari bilan qarshi turishga yordam beradi. Modellashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan sport turlarida nazariybilimlar tanlangan model turiga, motor va boshqa qismlarni to’g’ri tanlashga yordam beradi. Kemasozlik tarixini bilish sportchiga modelni to‘g‘ri bajarishga, samolyotsozlik tarixini bilish esa modelni yengil tezkor qilib qurishga ko‘maklashadi.
Texnik tayyorgarlik
Bu turdagi mashg‘ulotlar ikki xil bo‘ladi:
Birinchisi - mashqlarni yoki alohida bir harakatni texnik jihatdan to‘g‘ri bajarish kabi dinamik sport turlariga bog‘liq b o ‘lgan texnik usul va ko‘nikmalardir. Dinamik sport turlarining hammasida texnik tayyorgarlikka katta e’tibor beriladi, texnik to ‘g‘ri ijro etilgan
harakatlar tomoshabinlarning olqishlariga sazovor bo‘ladi. Masalan, argentinalik futbol yulduzlarining to‘p surishi, S.Bubkaning langar cho‘p bilan balandlikka sakrashidagi ajoyib texnik ijro, o ‘rta masofaga yugurishda jahon rekordchisi marokashlik S.Auitaning musobaqalarda ko‘rsatgan mahoratini aytib o‘tish mumkin. Texnik tayyorgarlikning ikkinchi turi haqida gapirganimizda biz texnik sport turlarini nazarda tutamiz. Masalan: kema modelchisi o’z modelini yasash va musobaqalarga tayyorlash uchun bir nechta kasbni bilishi lozim. Model korpusini yengil materialdan yasash uchun yog‘ochdan sinchkash yasash kerak - buning uchun duradgorlik kasbini yaxshi egallash zarur.

Modelni yaxshi bo‘yash uchun - bo‘yoqchilikdan


xabardor bo‘lish lozim. Palubaning ustki qurilmalarini yasash uchun esa
(ular mis, temirdan yasaladi) - tokarlik va chilangarlikni bilish kerak.

Download 211.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling