Мустакил ишларни ташкид этиш методикаси


-BOB. JISMONIY MASHQLARGA O’RGATISH USLUBLARI va TAYYORGARLIGI


Download 211.5 Kb.
bet8/19
Sana22.03.2023
Hajmi211.5 Kb.
#1286638
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19
Bog'liq
2 5395806047195636047b

2-BOB. JISMONIY MASHQLARGA O’RGATISH USLUBLARI va TAYYORGARLIGI
2.1 Jismoniy tayyorgarlik – sportchining funksional imkoniyatlari darajasini ko‘tarishga qaratilgan jismoniy qobiliyatlarni takomillashtiruvchi maxsus jarayon. Umumiy va maxsus tayyorgarlikka ajratiladi.
Umumiy jismoniy tayyorgarlik (UJT) sportchining har tomonlama jismoniy rivojlanishiga qaratilgan. UJT atamasi, turli sport turlari vakillari uchun bu jarayonning umumiyligini bildiradi, lekin bi-biriga aynan o‘xshamaydi. UJT trenirovka samarasini tayyogarlik mashqlaridan asosiyga o‘tkazish qouniyatlarini hisobga olish asosida quriladi. Masalan, akrobatning umumiy jismoniy tayyorgarligi tizimida og‘irlik sifatida shaxsiy tana og‘irligi yoki yuqori tezlikda mashq bajarishga to‘sqinlik qilmaydigan maksimal 60-75% og‘irlikdagi shtangadan foydalaniladi. Tezkorlikni rivojlantirish uchun, an’ana bilan yugurish bilan bir qatorda turli sakrashlar, sakrab tushishilar, balandlikka sakrash, shu bilan birga qo‘l-oyoq va gavda bilan tezkor tempda harakatlanish, signal bo‘yicha tezlikka reaksiya va boshqalardan foydalaniladi.
Egiluvchanlkni ayniqsa umurtqa pog‘onasining xarakatchanligini takomillashtirish egiluvchanlikni boshqarishni ta’minlovchi, tegishli mushak guruhlarini mustahkamlash bilan birga tashkil qlinadi. Bu sifatni tarbiyalash uchun muvozanat saqlash va harakatning yoqimliligini takomillashtirishni doimo hisobga olinadi.
Bu erda davomlik, jadallik va takrorlashlar soni individual tayyorgarlik hama trenirovka davrining hisobga olib o‘zgartiriladi.
Epchillikni tarbiyalash sport va harakatli o‘yinlar arsenalining turli-tuman vositalari yordamida amalga oshiriladi. Bu vazifani amalga oshirishda koordinatsiyani rivojlantiruvchi gimnastika mashqlari va to‘siqlarni engish bilan bog‘liq turli estafetalar bebaho xizmat ko‘rsatish mumkin. Qo‘shimcha sport turlaidan sport gimnastikasi, batutda sakrash, suvga sakrash, slalom, futbol va boshqa turlar, musobaqa faoliyati muvoffaqiyatini aniqlovchi epchillik sifatida tavsiya etish mumkin.
Umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik solishtirma og‘irligining maxsus jismoniy tayyorgarlik tomonga o‘sish xajmi nisbati.
Jismoniy tayyogarlikni kelgusida takomillashtirishning eng faol muammolari qatoriga quyidagilarni kiritshi mumkin:
1. Akrobatik sakrash va juftli mashqlardagi, uning rolini (pastki, o‘rta, yuqori) hisobga olib, muvoffaqiyatini aniqlovchi jismoniy qobiliyalarning o‘ziga xos xususiyatlari va nisbati bo‘yicha vakllarni aniqlash. Akrobatik turlari uchun qo‘llaniluvchi har taraflamalilik g‘oyasi barcha sifatlarni bir tekis rivojlanishidek qarolmaydi. Har bir turning sport natijalarini eng yuqori taraqqiyotini
ta’minlashga qodir bo‘lgan, turli rivojlanish komponentlaridan tashkil topgan har tomonlamalik o‘lchvlari mavjud.
2. Jismoniy tayyorgarlik nazorat yuklamalarini ishlab chiqish. Yuklama ko‘rsatgichlari har bir akrobatika turidan yutuqlarni aniqlovchi jismoniy qobiliyatlarning optimal nisbati asosida belgilanadi.
3. Jismoniy tayyorgarlik vosiatalari tarkibini optimallash. Bu masalani hal qilish asosiga sportchining jismoniy sifatlarini eng yaxshi (ideal) simbiozlari to‘g‘risidagi tasavvurlar kiritiladi.akobat obrazi xarakat tezligi bilan birlashadi, sakrovchanlik va o‘zgacha “taranglik” bilan engillik ilmoziyasi yaraladi, vaznsizlik nafaqat sarash vaqtida, balki ko‘chish vaqtida ham bo‘ladi. Bundan ko‘rinib turibdiki, umumiy jismoniy tayyorgarlk vositalari bu sifatlarni tarbiyalashga yordam berishi kerak.
Bunda mashqlarning maxsus tanlovchi va ularning akrobatik sakrashlar uchun tipik bo‘lgan tartibda bajarish bilan erishiladi.
4. Akrobatlarning jismoniy va maxsus jismoniy tayyorgarligi vositalarining eng qulay nisbatini topish.
Sport - bu odam faoliyatining keng ma’nodagi tushunchasidir. U jamiyatning uzoq tarixidan ma’lum bo‘lib, jamoalar, guruhlar o’rtasidagi bellashuvlarda shakllanib,

odam organizmi faoliyatining, qobiliyatining eng yuqori pog‘onasini namoyon qilish bilan ifodalanadi.


Bugungi kunda ham sport jamiyatimizda katta g‘oyaviy, siyosiy
va iqtisodiy ahamiyatga ega sohadir. Sportchilarni tayyorlash haqida gapirganda biz amerikacha sport tayyorgarligi mashg‘ulotlari, Angliya va Finlyandiya, Olmoniya vaAvstraliya hamda boshqa tizimdagi tayyorgarlik mashg‘ulotlarini
nazarda tutamiz. Bu sport tayyorgarliklarining hammasi o‘z vaqtida ijobiy natija bergan, ushbu darslikda esa gap O’zbekiston Respublikasida sport, jismoniy tarbiya harakatida o‘zlashtirilgan va qo‘llanilib kelingan sport-tayyorgarlik mashg‘ulotlari haqida gap boradi. Tayyorgarlik mashg‘ulotlarining o‘zi nima? Bu sportchilarni xilma-xil sport turlariga, musobaqalarga tayyorlash, qanday musobaqa bo‘lishidan qat’i nazar, bu musobaqalarda yaxshi natijalarga erishish uchun odam organizmi mashqlarni boshqalarga nisbatan tez, ixcham,
chiroyli bajara olishi shart. Tayyorgarlik mashg‘ulotlari yagona pedagogik jarayon sifatida
ikki xil turga bo‘linadi: umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik. Umumiy jismoniy tayyorgarlikda sportchilarnnng hamma jismoniy sifatlarini (kuch, tezkorlik, chaqqonlik, egiluvchanlik va chidamlilik) har tomonlama tarbiyalashga qaratiladi.
Jismoniy tayyorgarlik va sport musobaqalari tayyorgarligi asoslari quyidagi mashg‘ulotlarga tayanadi:

Download 211.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling