Мустакил ишларни ташкид этиш методикаси


Download 211.5 Kb.
bet4/19
Sana22.03.2023
Hajmi211.5 Kb.
#1286638
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
2 5395806047195636047b

1. Yuqori muvaffaqiyatga erishishga yo‘naltirish, chuqurlashtirilgan ixtisoslik va individualizatsiya.
Maksimumga, sport muvaffaqiyatining yuqori cho‘qqisiga intilish sportning asl ma’no, mohiyatidir. Bunday o‘rnashish sport faoliyatini tashkil qilish tizimi bilan kengaytiriladi va shakllanadi (mukofotlash, unvon berish, matbuotda yoritish va boshqalar). Taraqqiyotlashtirish g‘oyasi ayniqsa, tanlangan sport turining chuqurlashtirilgan yillik va ko‘p yillik ixtisosligida sportchining funksional, psixofunksional va texnik imkoniyatlarini samarali rivojlanishini ta’minlovchi harakat vositalari va uslublarini qo‘llash yordamida amalga oshiriladi.
Chuqurlashtirilgan ixtisoslikni sport rivojlanishining zamonaviy bosqichida yuqori natijalarga erishishning o‘zgarmas sharoiti deb qaralishi kerak. Bu holat murakkab koordinatsiyali, vaqt difitsiti, haqiqatda xatarlilik bilan bog‘liq asosiy mashq vositalari sifatida foydalaniladigan sport turlarida ahamiyatga ega.
Chuqurlashtirilgan ixtisoslik nafaqat inkor qilmaydi, balki trenirovka jarayonida boshqa sport turi vositalaridan foydalanishni ham nazarda tutadi. Bu ko‘rinishni maqsadga muvofiqligi, sport ixtisosligini almashtirgan ayrim sportchilarni tez yuksalishining ko‘pgina misollarida isbotlangan. Xususan, akrobatika sport gimnastikasi (sakrash, juft guruhli mashqlar), qisqa masofaga yugurish va sakrashga (akrobatik sakrash) ixtisoslashtirilgan shaxslarda intilishlar sonini oshishi natijalari yagona xodisa emas. Empirik faktlar sport turlari sparringi (...Lonskiy) g‘oyasi bilan mujassamlandi, va o‘zining taraqqiyotini isbot qilib, fuqarolik xuquqi egallandi.
Sport akrobatikasida individuallashtirish prinsipi turi (sakrash, juft, guruhli mashqlar), o‘rni (yuqoridagi, o‘rtadagi, pastdagi) trenirovka vositalari va miqdorni tanlash kengaymoqda.
2. Sportchining umumiy va maxsus tayyorgarligi birligi.
Sportchining umumiy va maxsus tayyorgarligi birligi shaxsning har tomomnlama garmonik rivojlanish prinsipi ro‘yobga chiqaruvchi sportning asosiy qoidasidan biri hisoblanadi. Sportchini tanlangan sport turida rivojlanishi faqat organizmning umumiy funksional imkoniyatlarini o‘sgan, bilim va ko‘nikmalarni doimiy kengaygan samarali takomillashgan, umumiy va harakat madaniyati oshgan sharoitlardagina bo‘lishi mumkin. umumiy va maxsus tayyorgarlikning birligi deganda, dialektika tomondan qarama-qarshilik birligi sifatida tushunish kerak. Bu tomonlarning nisbati maqsadga muvofiq va foydalidir. Sport akrobatikasida sportchi faoliyati kriteriyasi ko‘rinishida foydalaniladigan sifat ko‘rsatkichlari, umumiy va maxsus tayyorgarlik vositalarini ratsional nisbati sportchining artistik faoliyati va erkinlik, nafislik, engillikni ta’minlovchi texnik mahoratini yaratish kafolati hisoblanadi.

Download 211.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling