Мустакил ишларни ташкид этиш методикаси


Sport akrobatikasining o‘ziga hos xususiyatlari va ularni o‘quv-trenirovka jarayonida hisobga olish


Download 211.5 Kb.
bet7/19
Sana22.03.2023
Hajmi211.5 Kb.
#1286638
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19
Bog'liq
2 5395806047195636047b

1.3 Sport akrobatikasining o‘ziga hos xususiyatlari va ularni o‘quv-trenirovka jarayonida hisobga olish.
O‘quv-trenirovka jarayonini to‘g‘ri boshqarish sport turining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olish muqarrarligini ko‘zda tutadi. Belgilangan holat butunlay sport akrobatikasida ham bog‘liq. Sanab o‘tilganlarni qat’iy emasligini ko‘rsatishga urinmasdan, ulardan asosiylarini belgilab o‘tamiz.
1.Akrobatika vositalari insonning hayotiy harakat tajribasidan o‘zlashtirilmagan. Sport mashqlarining evristik roli insonning funksional imkoniyatlarini aniqlashdan tuzilgan. Tezkorlik potensiali haqida inson kuch imkoniyatlarining ancha yorqin namoyon bo‘lishini, shtangani to‘g‘ri qo‘llar bilan ko‘tarish deb hisoblash mumkin. chidamlilikni eng yuqori ko‘rsatkichi marafon masosfasini rekord vaqtda engib o‘tish hisoblanadi. Epchillikni cho‘qqisi akrobatik mashqlardir. Keltirilgan misollar ilmiy asoslashni da’vo qilmaydi, chunki har qanday sport mashqlarida maksimal natija jismoniy sifatlardan birini ko‘proq rivojlanganligi hisobiga erishilishi mumkin.
Keltirilgan misollar – sport harakatidagi jismoniy sifatlar (bajarish) to‘g‘risidagi tasavvurni hozirgi namunasidir.
2.Akrobatik mashqlarning ko‘pchiligi vaqtning qisqaligi va nozik koordinatsiya bilan bog‘liq. G‘ujanak bo‘lib orqaga uch karra salto, 720º ga burilish bilan ikki karra salto, gavda bilan bajarilgan ikka karra salto va g‘ujanak bo‘lib tempda ikki karra salto akrobatik mashqlar koordinatsiyasining murakkabligi va vaqt qisqaligi namunasidir.
3.Ko‘pgina akrobatik mashqlar haqiqatda xatar, bir joydan boshqasiga tez va ko‘p o‘tish zarurati bilan harakat sur’atining ko‘tarilishi bilan bog‘liqdir (dinamika mashqlarini statik bilan koleydoskopik almashishi).
4.Akrobat faoliyatining o‘lchovi miqdorli ko‘rsatkich bilan emas (metr, kilogramm, soniya), balki sifatliligi – engil, bemalol, nafis, artistonaligi bilan belgilanadi.
5.Akrobatikada jismoniy sifatlardan birini ko‘proq rivojlantirish asosida (sprintdagi tezkorlik yoki og‘ir atletikadagi kuch kabi) yuqori sport natijasiga erishib bo‘lmaydi.
6.Akrobat faoliyati harakati qat’iy differensiyali, fazoviy, vaqt va kuch parametrlari bilan bog‘liq.
7.Sport akrobatikasi mustahkam kinematik asosga ega sport turlariga kiradi.
Yuqorida keltirilganlar sport akrobatikasi xususiyatlarining to‘liq ro‘yxati o‘quv-trenirovka jarayonini xarakterlar va o‘ziga xosligini aniqlaydi. Hayotiy harakat tajribalarida o‘xshashliklarni mavjud emasligi vazifalarni yaratish bosqichida ma’lum qiyinchiliklar tug‘diradi, trenerning kasbiy bilimdonligiga, kinogrammani etarlicha izohlashga va qo‘llashga tayyorligiga, harakat malakalarini modellashtira olishiga, uni konstruktiv komponentlariga ajrata olishiga bog‘liq.
Kinogrammani tahlil qilish, akrobatik mashqlarni ko‘rib chiqish, ularning ko‘pchiligi harakatning tashqi shaklining turlichaligiga qaramasdan, ko‘pincha bajarish sifati va ishonchliligiga bog‘liq bo‘lib, puxta ishlagan tuzilishi bo‘yicha o‘xshash kopmonentlardan foydalanishga imkon beradi. Masalan, barcha orqaga salto qilishni o‘zlashtirish muvaffaqiyati sur’atlidan tashqari, ko‘pincha gavdani to‘g‘ri tutib sakray olishga va qo‘llarni yuqoriga faol siltashga bog‘liq. Juft mashqlardagi barcha sakrash va saltolarning o‘xshash belgilari kerakli yo‘nalishiga kuchli va mos depsinishni amalgan oshira olish bilan tamomlanadi. Konstruktiv komponentlar sport saroyi va don uchun bino qursa bo‘ladigan qurilish materiallari xossalarini hosil qiladi.
Akrobat faoliyatidagi sifatli kriteriyalar trenerga ko‘pgina boshqa sport turlari pedagoglarga o‘xshash bo‘lmagan majburiyatini qo‘yadi. Akrobatika treneri harakat ko‘nikmalarini shakllantirish va jismoniy hamda ahloqiy-irodaviy sifatlarini tarbiyalash qonuniyatlarining asosiy psixofiziologik bilimlar bilan xoreografiya, pantomima, mumtoz va xarakaterli raqslar, balet masalasini ajrata olishi kerak. U yaxshi estetik didga ega bo‘lishi kerak. Musiqani bilishi, tashkil qila olishi, ijodkor shaxs bo‘lishi kerak. Trenirovka jarayonidagi har qanday mashq asosiy vazifa bilan bir qatorda gimnastika usulini shakllantirish masalasini ham xal qilishi kerak.
Har tomonlama jismoniy rivojlanish, akrobatikaning o‘zgarmas talablari sifatida, akrobatika turi va sportchining vazifasiga muvofiq ravishda amalgan oshiriladi. UJT vositalari va faoliyatning o‘ziga xos xususiyatlari, alohida sifatlarni rivojlantirish kabi asosiy ish hisobida ham mos bo‘lishi kerak. Akrobatikada tezkorlik, epchillik, egiluvchanlik, chidamlilik va kuchni eng yuqori darajada rivojlantirmasdan, jasurlik, qat’iyatlilik, o‘zini o‘zi qo‘lga olishni tarbiyalamasdan, musobaqa kurashida keskin vaziyatdagi nozik va murakkab koordinatsiyasi bilan bog‘liq faoliyatda keltirilagn sifatlarni namoyon qila olishiga ko‘nikmasdan yuqori sport natijalariga erishib bo‘lmaydi.
Vazifalarning serobligi umumiy jismoniy tayyorgarlik vositalarini tanlashga integrativ yondoshishni maqsadga muvofiqligini bayon etadi. Masalan, kuchni rivojlantirish uchun mashqlarni qat’iy gimnastika uslubida tezkor rejimda ko‘p marotaba takrorlashlar bilan o‘tkazish mumkin (tezkor-kuch chidamlilikni takomillashtirish bilan bir qatorda gimnastika usulini shakllantirish). Har qanday mashq, ilgari ta’kidlaganidek, ma’lum sifatlarni rivojlantirish bilan birga gimnastika usulini shakllantirishni amalga oshirish kerak.
Akrobatik mashqlari tirmashishning mustahkam kinematik asosi trenerlarning ko‘pincha sistematiklik, tushunarlilik prinsipi e’tiborsiz qoldirish, shug‘ullanuvchini etarlicha psixofiziologik tayyorgarlikka ega bo‘lmasdan mashqlarni o‘rgatishga kirishishga majbur qiladi. Haqiqatda “tortib kelish” deb nomlangan tezlanishga o‘xshash xatoliklar, ehtimol izoh talab qilmaydi.



Download 211.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling