Мустакил ишларни ташкид этиш методикаси


So‘zdan foydalanish uslublari


Download 211.5 Kb.
bet15/19
Sana22.03.2023
Hajmi211.5 Kb.
#1286638
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
2 5395806047195636047b

So‘zdan foydalanish uslublari
O‘qituvchi so‘z yordamida ko‘pgina vazifalarni amalga oshiradi, ya’ni so‘z orqali o‘quvchilar bilan o ‘zaro bog‘lanadi.
So‘z butun o ‘qitish va o ‘rgatish jarayonini faollashtiradi, vazifani aniq anglashga yordam beradi. So‘z orqali o ‘quvchi bilimlar oladi, terminologik farqlarni biladi, jismoniy tarbiyaga bo'lgan munosabatini aniqlaydi, o'rganayotgan jismoniy mashqlarni to‘g‘ri anglaydi. 0 ‘qituvchi so‘z yordamida o'quv materialini o'zlashtirib olinganlik natijasini tahlil qiladi, shu bilan birga, bolada o ‘z harakatini baholashning rivojlanishiga yordam beradi.
Shunday qilib, jismoniy tarbiya o'qituvchisi so'zning ikki vazifasidan foydalanish imkoniga ega bo'ladi: ma’noli, bu orqali o'rgatiladigan materialning mazmuni ifodalanadi, o'quvchilar hissiyotiga ta ’sir etiladi.
Ma’noli so'z funksiyasini amalga oshirish uchun o'qituvchining nutqi o'quvchilarga aniq va tushunarli bo'lishi kerak.
Bu quyidagi metodik tavsiyanomalarda aniq ifodalangan:
So'zning ma’noli mazmuni o ‘quvchilarning xususiyatlariga
va o ‘rgatish vazifalariga muvofiq boMishi kerak.
Aytaylik, yangi mashqni o ‘rganishdan oldin taxminiy tusliuntirishdan
foydalanish mumkin, texnik asosini o'rgangandan
so‘ng tafsilotlar tasvirini berish mumkin.
Idrok qilishning ko‘rsatmali uslublari
Bu guruh uslublari o'rganiladigan faoliyatni ko'rish va eshitishning idrok qilinishini ta ’niinlaydi. Harakat tempini, ritmini ko'rish, ba’zida eshitish shug'ullanuvchilarda faoliyat haqida har tomonlama kcngroq tasavvur hosil qiladi, kclgusi idrok uchun asos yaratadi. Idrok qilishning ko'rsatmali prinsiplarni amalga oshirishda asosiy hisoblanadi. Ularning yordamida o'quvchi jonli tomoshabinlik imkonini oladi. Shu
bilan birga, ba’zi odamlarda ko'rish zehni yaxshi, boshqalardaesa eshitish zehni yaxshi bo'lishini hisobga olish zarur. Uslublarning natija berishi, ko'p holda, o'rgatilayotganlarning yoshlariga taalluqli holda aniqlaydi. Masalan, kichik yoshda, ayniqsa, sezish zehni kuchli rivojlangan bo'ladi. Idrok qilishning ko'rsatmali ushibini qo'llash o'rgatish bosqichlariga bog'liq. Qoida bo'yicha, birinchi bosqichlarda ular tez-tez qo'llaniladi. Takomillashtirish bosqichida o'qituvchi ularni vujudga kelgan xatolarni to'g'rilash uchun qo'llaydi. O'qituvchi tomonidan harakat faoliyatlarning ko‘rsatilishi
(yoki o'qituvchining topshirig‘i bo‘yicha o'quvchi tomonidan)
o'rgatish uslubining o'ziga xosligidan iborat. Ko'rsatish yordami
bilan o'rgatish asosida o'xshashlik yotadi.



Download 211.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling