Mustaqil arafasida sobiq sssr va o’zbekiston sssrdagi


Mustaqillikning qo‘lga kiritilishi va uning tarixiy ahamiyati


Download 169.09 Kb.
bet3/6
Sana07.02.2023
Hajmi169.09 Kb.
#1174721
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
MUSTAQIL ARAFASIDA SOBIQ SSSR VA O’ZBEKISTON SSSRDAGI

2. Mustaqillikning qo‘lga kiritilishi va uning tarixiy ahamiyati
XX asr 90-yillariga kelib jahon va sobiq Ittifoqdosh o‘zgarishlar hamda yuzaga kelgan vaziyat o‘zbek xalqnining mustaqillik uchun bo‘lgan kurash jarayonini tezlashtirib yubordi.
1991-yilning 31-avgustida, o‘n ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston SSR Oliy Kengashining oltinchi sessiyasida Islom Karimov tantanali ravishda
O‘zbekiston Respublikasining mustaqilligini e’lon qildi. U o‘zining tarixiy nutqida quyidagilarni alohida ta’kidladi: «Mamlakat katta falokat yoqasiga, jar yoqasiga kelib qolganini ko‘rib turibmiz. Xalq o‘zining ertangi kuniga ishonchini kundan-kunga yo‘qotyapti. Odamlar o‘zining, oilasining, bolachaqasining tinchligiga kafolat istaydi. To‘kis, xotirjam hayot talab qilyapti. Bu istaklar, bu talablar safsatabozlik va va’dabozliklar ostida ko‘milib ketyapti. Bizning xalqimiz sabr-bardosh, yaxshilik, osoyishtalik, boshqa xalqlarga nisbatan xayrixohlik ruhida tarbiyalangan. Bu xalq bugunbizdan himoya talab qilyapti,tinch-totuv hayot, og‘ir mehnatiga yarasha turmush sharoitlari talab qilyapti. Bu – haqqoniy talabdir.
…O‘zbekiston rahbariyati hech qachon, qanday Ittifoq bo‘lmasin, kim bilan Ittifoq bo‘lmasin, qanday sharoit bo‘lmasin, ikkinchi darajali rolga rozi bo‘lmaydi, bunga yo‘l ham qo‘ymaydi. Tenglar ichida teng bo‘lish – xalqimizning asriy orzusidir».
Sessiyada «O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi to‘g‘risida» hamda «O‘zbekiston Respublikasining davlat bayrog‘i to‘g‘risida»gi masalalari ham kun tartibiga qo‘yilib, qizg‘in muhokama qilindi.
Oliy Kengash O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to‘g‘risidagi qonunni qabul qildi. So‘ngra Respublika Davlat mustaqilligi to‘g‘risidagi Bayonot qabul qilindi. O‘zbekiston SSR ning nomi O‘zbekiston Respublikasi deb o‘zgartirildi. Mustaqillik belgilangan kun 1-sentabr 1991-yildan boshlab milliy bayram va dam olish kuni deb e’lon qilindi. O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligi haqidagi bu hujjatlar o‘zbek xalqining asriy orzusi ro‘yobga chiqqanligining huquqiy ifodasi bo‘ldi.
«O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to‘g‘risida»gi qonun 17 moddadan iborat bo‘lib, mustaqil respublika uchun vaqtincha konstitutsiya rolini o‘ynaydigan bo‘ldi. Ushbu qonunda O‘zbekiston mustaqil demokratik davlat deb e’lon qilindi, ma’muriy-hududiy tuzilishi, hokimiyat va boshqaruv idoralari tizimini mustaqil belgilash qonunlashtirildi. Respublikaning davlat bo‘linishi hamda iqtisodiy asoslari ham qonunda o‘z aksini topdi. Shuningdek, ushbu hujjatda O‘zbekistonning Qoraqolpog‘iston bilan munosabatlari xususida so‘z borib, O‘zbekiston Qoraqolpog‘istonning hududiy yaxlitligini tan olishi haqida fikr yuritiladi, u O‘zbekiston tarkibida ekanligi e’tirof etiladi. Bunday qonunning qabul qilinishi o‘sha davrda erishilgan yutuqlarning yuqori cho‘qqisi bo‘ldi. Shunday qilib, o‘zbek xalqi asrlar davomida orzu qilgan mustaqillikka tinch yo‘l bilan, O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.Karimov boshchiligida respublika rahbariyatining oqilona yo‘l tutishi orqali erishildi.
O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi e’lon qilinishi bilan birga Davlat mustaqilligi bilan bog‘liq qonunlar tizimini yaratish zarur edi. O‘zbekiston erishgan istiqlolni mustahkamlash uchun mamlakatda referendum o‘tkazishga qaror qilindi. 1991-yili 18-noyabrda Oliy Kengash VIII sessiyasi O‘zbekiston Respulikasi referendumini o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Shunga muvofiq 29-dekabrda; «Siz Oliy Kengash tomonidan O‘zbekiston Respublikasi mustaqil davlat deb e’lon qilinishini ma’qullaysizmi?» mavzuida referendium o‘tkazishga katta tayyorgarlik ko‘rildi. Referendum yakuniga ko‘ra unda qatnashgan aholining 98,2 foizi O‘zbekiston mustaqilligini yoqlab ovoz berdi. O‘zbekiston mustaqil respublika deb e’lon qilinishi jahon jamoatchiligi tomonidan ham zo‘r qoniqish bilan kutib olindi. Fikrimiz isboti sifatida Amerika Qo‘shma Shtatlarining o‘sha paytdagi Prezidenti Jorj Bushning I. Karimov nomiga yuborgan telegrammasi hamda Shvetsiya bosh vaziri K. Bilodtning telegrammalarida ko‘rish mumkin. 24-sentabrda Toshkentda xalqaro anjuman o‘tkazildi. O‘zbeklar (Turkistonliklar) ning birinchi xalqaro uchrashuvida O‘zbekiston Prezidenti nutq so‘zladi. 1991-yil 14-sentyabrida O‘zbekiston Kompartiyasining Favqulodda XXIII se’zdida I.A.Karimov taklifi bilan O‘zbekiston Kompartiyasi KPSS tarkibidan chiqqanligi e’lon qilindi. Partiyaning bunday buyon faoliyat ko‘rsatmasligi e’tiborga olinib, ushbu partiya o‘rnida Xalq-Demokratik partiyasi tuzilgani e’lon qilindi. O‘zbekiston mustaqil davlat deb e’lon qilingan kunning o‘zidayoq mustaqil davlat ramzlarini joriy qilish yuzasidan amaliy choralar ko‘rildi. O‘zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog‘i to‘g‘risida, respublika gerbining nusxasi va Davlat madhiyasining musiqiy bayoni haqida maxsus qaror qabul qilindi. Unda Konstitutsiya komissiyasining ekspert guruhiga Davlat bayrog‘ining variantlari ustida ishlashni davom ettirish, Oliy Kengashning tegishli qo‘mitalariga Konstitutsiya komissiyasi ijodiy guruhi bilan hamkorlikda Davlat bayrog‘i, madhiyasi haqida qonun loyihalarini ishlab chiqib, navbatdagi sessiyaga taqdim etish topshirildi.
Mustaqilligimizning dastlabki kunlarida davlat boshqaruvida yangi tizimPrezidentlik respublika boshqaruvi shakli joriy etildi. 1991-yil 29-dekabrda o‘zbek xalqi xohish-irodasi bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentini sayladi. Saylovga jiddiy tayyorgarlik ko‘rilib, O‘zbekiston Respublikasi saylovlari muqobillik asosida o‘tdi. Oliy lavozimga ikki nomzod-O‘zbekiston XDP va O‘zbekiston kasaba uyushmalari federasiyasi nomzodi I.A. Karimov va «Erk» Demokratik partiyasi vakili Saloy Madaminov (Muhammad Solih) nomzodi qo‘yildi.
Saylovlar yakuniga ko‘ra 8 million 514 ming 136 ovoz yoki ovoz berishda qatnashganlarning 86 foizi Islom Karimov nomzodini, 1 million 220 ming 474 saylovchi (12,3 %) Saloy Madaminov nomzodini yoqlab ovoz berdi. Markaziy saylov komissiyasi okrug komissiyalari majlis bayonlarini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risidagi qonunning 35-moddasiga asosan Islom Abdug‘aniyevich Karimovni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga saylangan deb hisoblashga qaror qildi..
Xalqimizning ko‘p yillar davomida olib borgan matonatli kurashi natijasida qaror topgan mustaqil O‘zbekistonda bozor munosabatlariga asoslangan odil, haqqoniy demokratik jamiyat qurish stixiyali (ko‘r-ko‘rona) ravishda emas, balki jahon taraqqiyotining, chunonchi, buyuk zaminimizda yaratilgan tarixiy tajribalarga, g‘oyalarga, ma’rifiy-ilmiy taraqqiyotga amal qilgan holda ro‘yobga chiqdi.
O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan so‘ng kun tartibida jahon andozalariga mos keladigan davlat qurish, siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy sohada tub islohotlami amalga oshirish, ulami qonun bilan mustahkamlaydigan huquqiy tizimni vujudga keltirish vazifasi turar edi. Chunki sobiq sotsialistik tuzumga xos ijtimoiy munosabatlar va jarayonlar endilikda respublikada barpo qilinajak yangi jamiyat manfaatlariga mos kelmas edi. Mulkchilik, mulkka egalik qilish va uni boshqarish, ishlab chiqarish omillari, bozor mexanizmi, davlat- ning ijtimoiy-iqtisodiy hayotini normal izga solish ana Shunday jid- diy vangilanishlami taqozo etar edi.
Shuni ham aytish kerakki, jahonda hamma mamlakatbop ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning tamoyillari, barcha uchun tavsiya etish lozim bo‘lgan tayyor andozalari hech qachon bo‘lmagan va bo‘lmaydi ham. Shu bilan birga rivojlanishning madaniy, ma’rifiy, tarixiy jihatdan asrlar mobaynida shakllangan an’analari mavjud bo‘lgan O‘zbekistonday qadirniv makonda o‘ziga xos yo‘l tanlash uchun ancha-muncha izlanish lozim edi. Biroq, vaqtni boy bermay, tezkorlik bilan ish tutish lozim edi. Shuning uchun ham «Mustaqil O‘zbekiston tug‘ilgan kuniyoq oyoqqa turishga, o‘zi yurishga majbur edi».
Yana shuni ta’kidlash darkorki, O‘zbekiston o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgan paytda mamlakat ichkarisida bo‘lgani kabi uning tashqarisida ham unga ishonmaydigan, Shubha bilan qaraydiganlar bor edi. Hatto sobiq markazdagi ayrim «bashorat»chi O‘zbekistonga nisbatan «O‘zlaringni Mustaqil boshqarishga,
Mustaqil davlat qurishga qodir emassizlar», «Sizlar mute, qaram xalqsizlar», «Sizlar uchun biz fikrlaymiz, nazariya yaratamiz, sizlar esa bajarasizlar, xolos» deb shovinistlarcha g‘arazgo‘ylik qilsa, mamlakat ichkarisidagi ayrim toifalar o‘rtasida «Endi O‘zbekiston qanday yo‘ldan boradi? Qanday jamiyat quradi? Markazsiz yashay oladimi? Respublikada ijtimoiy-siyosiy barqarorlik ta’minlanadimi?» - qabilidagi savollar paydo bo‘lgan edi. Unga har kim o‘zicha javob qidirar edi.
Tabiiyki, ana shunday ziddiyatli va murakkab bir paytda O‘zbekiston uchun o‘ziga xos istiqlol va taraqqiyot yo‘lini tanlash, yangi jamiyat barpo qilish uchun o‘z andozasini ishlab chiqish g‘oyat dolzarb va ahamiyatli edi. O‘z navbatida bunday vazifani uddalash O‘zbekistondagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy vaziyat, odamlar o‘rtasida tarkib topgan munosabatlar, ularning dunyoqarashi, jumladan, diniy e’tiqodi, ruhiyati va xulq-atvor normalari shuni taqozo etardi. Ayni chog‘da, O‘zbekistonning o‘z ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish andozasini ishlab chiqishda rivojlangan mamlakatlarning ko‘p asrlik tajribasini o‘rganish, ularning foydali tomonlarini o‘zlashtirish bilan birga O‘zbekiston xalqining turmush tarzi va an’analariga ham tayanish lozim edi.
Shuning uchun ham O‘zbekiston mustaqilligining dastlabki kunidanoq, «jahon va o‘zimizning amaliyotimizdan olingan barcha unumli tajribani rad etmagan holda o‘z ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy taraqqiyot yo‘lini tanlab olishga kirishdi».
Albatta, mamlakat hayot-mamot bosqichida turgan bir paytda uning yangi jamiyatga o‘tishi bilan bog‘liq vazifalarni bajarish davlat rahbaridan yangi sharoitga mos boshqaruv tizimini ishlab chiqishni, jamiyatning iqtisodiy asosini vujudga keltirishni taqozo qiladi. Aholining barcha toifalarini yagona maqsad atrofida birlashtiruvchi g‘oyalar tizimini yaratishni talab etardi. O‘zbekistonning o‘ziga xos taraqqiyot yo‘li ana shu tarzda shakllandi. Mamlakat mustaqilligining tashabbuskori va rahnamosi sifatida Prezident xuddi ana Shunday paytda o‘zining qat’iy, ilmiy jihatdan asosli, hayotiy jihatdan yashovchan xulosalarini o‘rtaga tashladi.
Hali sobiq ittifoq mavjud bo‘lgan davrda I.Karimov respublika rahbarligiga (1989-yil, iyun) kelgan vaqtdan boshlab respublikaning ijtimoiy-siyosiy hayotida jiddiy ravishda yangilanishni, tub o‘zgarishlarni boshlab yuborgan edi.
1990-yil mart oyidayoq sobiq ittifoq respublikalari ichida birinchilardan bo‘lib, O‘zbekistonda prezidentlik boshqaruvining tashkil etilishi, g‘oyaviy qarashlari, siyosati yangilanayotgan jamiyatga mos bo‘lmayotgan O‘zbekiston Kompartiyasini Xalq demokratik partiyasiga aylantirilishi, hokimiyatning astasekin va izchillik bilan partiya idoralaridan Prezident, hukumat, mahalliy idoralar qo‘liga o‘tishi, o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilib, milliy qadriyatlaring tikla- na boshlagani O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li shakllanayotganini ko‘rsatar edi.
O‘zbekiston mustaqil bo‘lgach, I. Karimovning respublika rahbari sifatida xalq oldidagi mas’uliyati yana ham oshdi. U endi markazga bogliq bo‘lmagan holda, butun muammolarni o‘zi hal qilishga, har qanday ziddiyatlarga yuzma-yuz turib, faoliyat ko‘rsatishga majbur edi. Ana shunday qarama-qarshiliklar qurshovida uning katta siyosatchi sifatidagi rahbarlik mahorati kun sayin shakllanib, yangi mazmun kasb eta bordi.
Islom Abdug‘aniyevich Karimov umumxalq ovoz berish yo‘li bilan mamlakat Prezidenti etib saylanganidanoq o‘zining butun amaliy faoliyatida xalq va vatan manfaatini nazarda tutib faoliyat ko‘rsatdi. U Oliy Kengashning 1992-yil 4yanvarda bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari 1X sessiyasida shunday degan edi: «Menga qanday yuksak mas’uliyat yuklanganini his qilgan holda xalqning munosib turmush kechirishi uchun qanday yo‘llar tanlaganimiz haqida ba’zi fikrlar bilan o‘rtoqlashmoqchiman.
Xalq iqtisodiyotni barqarorlashtirish uchun qat’iy hara- katlar qilishni kutyapti. O‘tmish qoldiqlari xalq elkasiga og‘ir yuk bo‘lib qolgan. Eng muhim vazifalardan biri xalqning baxtli hayotini ta’minlashdir. Prezident shiddat bilan kirib kelayotgan bozor zarbalariga bardosh beruvchi, yordamga muhtoj kishilarni o‘z homiyligiga olishi kerak. Bular- ko‘p bolali, kam ta’minlangan oilalar, nogironlar...
Bundan keyin ham biz uchun shu tamoyil qat’iy bo‘lib qolaveradi».

Download 169.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling